Immun tizimi. Reja: Immun tizimi. Immun tizimi a’zolari tasnifi. Organizmning fiziologik himoya tizimi


Download 31.57 Kb.
bet2/3
Sana06.02.2023
Hajmi31.57 Kb.
#1171506
1   2   3
Bog'liq
JALOLOV O , AXATOV M Mikrobiologiya Mustaqil isah

SUYAK KO’MIGI
Suyak ko’migi (medulla ossgum) markaziy qon yaratuvchi organ bo’lib, embriondan keyingi (postembrional) davrda qon o’zak hujayralarining yagona manbai bo’lib hisoblanadi. Bu yerda yetuk T-limfotsitlardan tashqari, boshqa qonning barcha shaklli elementlari: eritrotsitlar, granulotsitlar, B-limfotsitlar va qon plastinkalari (trombotsitlar) yetiladi.

Taraqqiyoti. Ko’mikning rivojlanishi tog’ayning suyaklanishi bilan parallel yuz berib, u embrion taraqqiyotining ikkinchi oyida dastlab o’mrov suyagida paydo bo`ladi. Ko’mik kurtagi dastavval periost tomondan bo’lajak suyak kurtagiga o’sib kiruvchi mezenxima hujayralaridan iborat bo’ladi. Shu yo’l bilan 3 oyda yassi suyaklarda (o’mrov, qovurg’a, to’sh, umurtqa va boshqa suyaklarda), 4 oyda esa naysimon suyaklarda suyak ko’migi paydo bo’ladi. Mezenxima differensiallashib, mikromuhit hosil qiluvchi retikulyar to’qimaga aylanadi. Bu to’qimaga qon tomirlar o’sib kirib, sinusoid gemokapillyarlarni hosil qiladi. Shu bilan birga mezenxima hujayralaridan qon tomirlar atrofida qonning o’zak hujayralari hosil bo`ladi. Embrion taraqqiyotining 6–7 oylarida suyak ko’migida qon yaratilish faoliyati boshlanadi va unda asosan eritrotsitlar, qisman granulotsitlar va qon plastinkalari hosil bo’ladi. Embrion taraqqiyotining oxirgi oylarida naysimon suyaklarning diafiz qismida joylashgan suyak ko’migida yog’ hujayralari paydo bo’ladi. Bu hujayralar bo’lg’usi sariq suyak ko’migining kurtaklari hisoblanadi. Sariq suyak ko’migi (ilik) yosh ulg’ayishi bilan ko’payib borib, naysimon suyaklar-ning diafizini to’ldiradi va deyarli yog’ hujayralaridan iborat bo’ladi. Homila tug’ilishi paytiga kelib qizil suyak ko’migi markaziy qon yaratuvchi a’zo sifatida xizmat qiladi.

ZAMBURUG‘LI KASALLIKLAR QANDAY PAYDO BO‘LADI?


O‘simlik parazitlariga mansub zamburug‘lar havoda, tuproqda va suv havzalarida nofaol hayot kechiradi, odam yoki hayvon terisiga tushganda esa kasallik keltirib chiqaradi. Ana shunday zamburug‘lar sabab organizmda rivojlanadigan kasalliklar haqidagi savollarimizga Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o‘rinbosari Ilhom RAHIMOV javob berdi. — Kasallik chaqiruvchi zamburug‘lar inson organizmiga qanday o‘tadi?
— Zamburug‘larning 100 000 dan ortiq turlari ma’lum bo‘lib, ulardan 500 taga yaqini odam va hayvonlar uchun patogen hisoblanadi, ya’ni kasallik paydo qiladi. Zamburug‘li kasalliklar bemordan yoki kasal hayvondan odamga (asosan, bemor bilan bevosita muloqotda bo‘lganda yoki uning zararlangan buyumlaridan foydalanganda) o‘tadi.
Ular tashqi muhitning turli omillariga chidamli, masalan, ochiq suv havzalari, o‘rin-ko‘rpalar, kiyim-bosh, gilam hamda sochlarga tushganda bir necha yilgacha kasallik chaqirish qobiliyatini saqlab qoladi.
Atrof-muhit holati (ekologiya) buzilishi, turli xil dori vositalari (antibiotiklar, sitostatiklar, steroidli gormonlar) pala-partish, yuqori miqdorda yoki uzoq muddat qabul qilinishi yoki og‘ir kechuvchi yo‘ldosh kasalliklar (o‘sma, qandli diabet va boshqalar) mavjudligi ko‘pincha zamburug‘li kasalliklar kelib chiqishini tezlashtiradi.
Bunday omillar ta’sirida organizm immun tizimi faoliyati susayadi va zamburug‘larning ko‘payishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
— Zamburug‘lar sababli rivojlanuvchi kasalliklarning qanday turlari bor?
— Zamburug‘larning achitqisimon turi patogen hisoblanadi. Ular (kandida zamburug‘lari) tabiatda juda keng tarqalgan bo‘lib, meva-sabzavot, sut mahsulotlari, shuningdek, odam, hayvon terisi hamda shilliq qavatlarda saprofit holatda yashaydi va faqat muayyan sharoitlarda kandidozlar deb ataluvchi o‘ziga xos kasallikni keltirib chiqaradi. Me’da-ichak xastaliklari, vitaminlar muvozanatining buzilishi, leykoz kasalligi, antibiotiklar bilan tartibsiz davolanish kandida zamburug‘larining faoliyatini oshirib, kasallik vujudga kelishiga olib keladi.
Kasallikning klinik kechishiga qarab:
📌shilliq qavat va teri kandidozi,
📌kandidozli onixomikoz,
📌paronixomikoz,
📌surunkali generalizasiyalashgan bolalar kandidozi alohida ajratiladi.
Bunda bemor tanasida to‘q qizil rangli, aniq chegaralangan, usti gardish bilan qoplangan dog‘lar paydo bo‘ladi. Barmoqlar orasidagi kandidozli eroziya asosan qandolatchilar, idish-tovoq yuvuvchilar va boshqalarda uchraydi.
Jarayon 3-, 4-barmoqlar orasida, to‘q qizil rangli, aniq chegaralangan va o‘rtasida seroz suyuklik bo‘lgan eroziya borligi bilan ifodalanadi.
Og‘iz shilliq qavati kandidozi esa tashqaridan kirib kelgan zamburug‘ hisobiga rivojlanishi mumkin

Download 31.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling