Immunityet to'G'risida ummiy tushuncha


Download 52.5 Kb.
bet1/2
Sana20.12.2022
Hajmi52.5 Kb.
#1040526
  1   2
Bog'liq
immunityet-to-g-risida-ummiy-tushuncha


IMMUNITET HAQIDA TUSHUNCHA
Reja


1.Immunitet to`g`risidagi ta`limot asoslari.
2. Tabiiy Immunitet va uning turlari.
3. Suniy Immunitet va uning turlari.
4. Immunitet nazariyalari.
5. Xulosa.
6. Foydalanilgan adabiyotlar.

Immunitet deb odam yoki hayvon organizmining patogen mikrobga yoki uning zaharli moddasiga chidamli bo`lib qolishiga va organizm patogen mikrobga duch kelganda kasal bo`lmasligiga aytiladi. Immunitetni tekshiruvchi fan immunologiya deyiladi. Immunitetning hosil bo`lishi juda murakkab hodisa bo`lib, u bugun organizmning qatnashishi bilan vujudga keladi. Immunitetning hosil bo`lishida markaziy nerv sistemasining roli juda katta.


Organizmni turli natogen mikroblardan qo`riqlab turishda, ya`ni organizmining Immunitetli bo`lishiga asosan organizmning anatomik va fiziologik xususiyatlari sababchidir.Odamning terisi,shilliq pardalar,limfatik bezlar,oshqozondagi NSI,jigarda hosil bo`ladigan o`t va boshqalar organizmni miqdordan saqlovchi vosita sifatida xizmat qiladi.Organizmda Immunitetning hosil bo`lishiga tashqi muhiit ham tasir qiladi.Masalan,organizmning qizishi, juda sovushi va kuchsizlanishi ham organizmdakasalikkaqarshi chidamli moddalarning ishlab chiqarilishini pasaytiradi.Organizmning buday bo`lishiga molning tuyimli oziq bilan boqilmasdan,em-xashakda A va S vitaminlari va Sa va R tuzlarining etarli bo`lmasligi ham sabab bo`ladi. Immunitetning vujudga kelishiga qarab tabiiy va suniy bo`ladi. Tabiiy vasuniy immunitet ham har xil formada va ko`rinishida bo`lishi mumkin.
1) Tabiiy- tug`ma immunitet.Bu immunitet organizmning anatomik va fiziologik xususiyatlaridek nasildan- nasilga o`tadigan xususiyat bo`lib,u hayvon va odamda ham bo`ladi,hayvonlar esa bu kasalliklarga immunitetlidirlar.Shuning uchun hayvonda bo`ladigan bo`nday immunitet tabiiy tug`ma immunitet deyiladi.Xuddi shunga o`xshash odamda ham ayrim kasalliklarga nisbatan tabiiy tug`ma immunitet bo`lishi mumkin. Masalan,cho`chqalarda bo`ladigan toun (chuma) kasalligini virusi odamga o`tsa ham odam kasal bo`lmaydi. Odam bu kasalliklarga nisbatan immunitetlidir. Tabiiy – tug`ma immunitet hosil bo`lish sababi har xildir. Masalan, Mechnikov qoqshol kasalligini hosil qiluvchi mikrobning toksini yani zaharining katta dozasini kaltakesak va toshbaqaning terisi ostidan yuborib,bu toksin ularoga hech tasir etmaganini,ular bu toksinga immunitetli ekanligini aniqladi.
Tabiiy tug`ma immunitetning paydo bo`lishining boshqa sababi ham bor. Buni L. Pasterning tajribasidan bilish mumkin. L. Paster qurbaqaning ko`ydirgi kasalligiga immunitetli bo`lishini tekshirib, baqaningtana temperaturasining past bo`lishi va bo`nday temperaturada kuydirgi kasalligining mikrobi ko`payib yashay olmasligini aniqladi. Agar qurbaqaning tana temperaturasini suniy ravishda 36-37o ga etkazib, keyin unga kuydirgi kasalligini qo`zg`atuvchi mikrobni yuqtirilganda qurbaqa ham kuydirgi kasali bilan kasallanishini aniqladi. Shu bilan L. Paster tovuqning qo`ydirgi kasalligiga immunitetligini tekshirib, uning sababini aniqladi. Agarda tovuqning tana temperaturasi sun`iy ravishda pasaytirilib, keyin kuydirgi kasalining mikrobi yuqtirilsa, bunday sharoitda tovuq ham kuydirgi kasali bilan kasallanishini aniqladi.
Demak, qurbaqa bilan tovuqning kuydirgi kasalligiga immunitetli bo`lishi, ularning tana tempuraturasining mikrob uchun noqulay bo`lishidir.
Hayot davomida orttirilgan yoki spesifik immunitet: orttirilgan immunitetning xususiyati shuki, kasallikni qaysi mikrob qo`zg`agan bo`lsa organizmda o`sha mikrobga qarshi maxsus immunitet modda hosil bo`ladi va kelajakda organizmning faqat shu kasallikka nisbatan immunitetli bo`lishiga xizmat qiladi. Ana shu xususiyati uchun bu immunitetni spesifik immunitet ham deyiladi.
Orttirilgan immunitetning tabiiy tug`ma immunitetdan farqi shuki, orttirilgan immunitet nasldan-naslga o`tmaydi. Bu immunitetni hayvon va odamlar o`z hayot faoliyati jarayonida hosil qiladilar. Orttirilgan immunitet uzoq muddat davom etadi va ayrim kasalliklardan so`ng umrbod saqlanadi. Orttirilgan immunitet paydo bo`lishi natijasida odamlar qizamiq, ko`kyo`tal, qorin tifi, skarlatini kabi kasalliklar bilan bir marta kasallanib, sog`aygandan keyin, 2- chi marta bu kasallik bilan umuman og`rimaydi.
Sun`iy immunitet va uning turlari: sun`iy immunitetni hosil qilish uchun 2 xil usuldan foydalaniladi. 1) Ba`zi yuqumli kasalliklarga qarshi sun`iy immunitet hosil qilishda organizmga tayyor immun moddali qon zardobi yuboriladi.Masalan, yadador bo`lganlarni tetanus va gazli gangerina kasalligidan saqlash uchun ularga anfitoksinli zardob yuboriladi. Bunday immunitetni sun`iy passiv immunitet ham deyiladi. Bunday immunitet organizmga immunli zardob yuborilgandan so`ng 12-20 soat o`tgach hosil bo`ladi va u uzoq saqlanmaydi, 20-25 kun saqlanadi. Shunday bo`lsa ham kasallikning oldini olish uchun ishonchli usul hisoblanadi va keng qo`llaniladi. Sun`iy immunitetning ikkinchi usuli: bunda organizmga vaksina yuboriladi. Vaksina bilan suniy immunitet hosil qilishni vaksinasiya yoki emlash deyiladi. Vaksina deb o`ldirilgan yoki tirik, lekin kuchsizlantirilgan mikrobdan iborat biologik moddaga aytiladi. Vaksina bakteriologik institutlarning maxsus laboratoriyalarida tayyorlandi. Vaksina olish uchun mikrob quyuq yoki suyuq ovqatda o`stiriladi. Organizmga vaksina yuborib sun`iy immunitet hosil qilish kuchli va uzoq vaqt davom etadi. Masalan buzoqlarning parativ kasalligiga qarshi vaksina olti oylik kuydirgi kasalligiga qarshi vaksina bir yillik immunitet hosil qiladi.
Ilgari vaqtlarda chechakka qarshi vaksina qilishni Xitoyliklar keyinroq Kavkazlilar qo`llagan. 1744-1745 yillarda rus vrachi Danilo Samoylovich tovun kasaligiga qarshi vaksina qo`llaydi. 1796 yilda ingliz vrachi Eduard Djenner chechakka qarshi vaksina tayyorlab, bu kasallikning olishni topdi. Hozirgi vaqtda vaksina yordamida qutirish, chechak, tifi, paratif, vabo, tovun, brusellyoz, sil, qorason, saramas va boshqa kasalliklar davolanmoqda. Vaksinasiya organizmni ko`p kasalliklarga qarshi immunitetli qiladi. Ya`ni kasallikni oldini oladi va uni yuqotadi. Bu usul ishonchli va fanga asoslangan usuldir.
Immunitet nazariyalari.
Hozirgacha immunitet hodisalarini to`liq va asosli ravishda tushuntira oladigan yaqqol bir nazariya yo`q. Lekin hozirgacha immunitet to`g`risida bir nechta nazariyalar bo`lgan.
1. Ulardan biri paster nazariyasidir. Bu nazariya bo`yicha patogen mikrob organizmga kirib ko`payadi, kasallik qo`zg`agan davrda mikrob ovqatlanishi uchun hayvon yoki odam organizmidagi kerakli ovqat moddani kamaytiradi. Natijada kasal hayvon organizmida mikrobga kerakli ovqat modda kamayib qoladi va organizmda mikrob ko`payib yashay olmaydi. Shuning uchun organizm immunitetli bo`ladi deb tushuntiradi. Pasterning bu nazariyasi mexanik va ilmiy tomonidan noto`g`ri nazariya bo`lib, hozir bu nazariyaga amal qilinmaydi.
2. Bezredkoning mahalliy immunitet nazariyasi. Bezredko sun`iy immunitet to`g`risida tekshiruvlar olib boradi. Bezredko vaksinasiya natijasida ayrim to`qima va organlarning areaktiv va immunitetli bo`lishiga mahalliy immunitet deb nom beradi va shu bilan mahalliy immunitet nazariyasining asoschisi bo`ldi. Bezredko paratif, dezinteriya, qorin tifi, vabo kasalligiga infeksiya darvozasi ichak yo`li ekanligini va kasallikni qo`zg`atuvchi mikrob faqat ichak yo`llarida joylashib kasallik hosil qilishini aniqladi.
Bezredko har bir kasallikda kasalik kiradigan yani mikrob kiradigan darvozani mahkamlash lozim, ana sho`nday qilinganda organizm immunitetli bo`ladi degan nazariyani ishlab chiqadi. Shuning uchun Bezredko teri kasalliklariga qarshi,faqat terining o`zining vaksinasiyalash-emlash kifoya degan xulosaga keldi va bunday immunitetni “mahalliy immunitet” deb atay boshladi. Bezredkoning ana shu “mahalliy immunitet” nazariyasi juda ko`p tanqid qilindi, chunki Bezredko fikricha ayrim organ va to`qimalar o`zicha alohida immunimtitli bo`ladi deyishi noto`g`ridir. Chunki har bir organda infeksion jarayon boshlansa, bu jarayon faqat shu organda emas, qon va nerv sistemasi natijasida butun organizmga ta`sir etadi. Bezredko esa organizmdagi jarayonlarning birligini hisobga olmay, go`yo har bir organ o`zicha immunitetli bo`lishi mumkin deyiladi. Bu fikr noto`g`ri metofiziklarcha tushunish bo`lib, amaliy tomondan isbot qilinmagandir. Masalan, ichak kasalligiga qarshi vaksina ishlatilsa, shu vaksina organizmga ta`sir etib, qonda ham immun modda paydo qiladi. Ana shuning uchun ham Bezredkonning mahalliy immunitet nazariyasi noto`g`ridir.
3)Erlix nazariyasi. Immunitet hodisalarini tushuntirishda Erlix nazariyasi ham uzoq vaqt xukm suradi. Erlix ximik bo`ladi, shuning uchun u immunitet nazariyalarini kimyoviy reaksiyalarga o`xshatib tushuntiradi. Erlix, mikrob toksini antitoksin ta`sirida neytrallanishini (ikkala moddaning xususiyatining yo`qolishi) kuchli ishqor bilan kuchli kislota aralashgandagi hodisaning xuddi o`zi deb hisoblangan. Keyingi tekshirishlarda Erlix nazariyasi ham rad etilgan noto`g`ri nazariyadir.
4) Arrenius va Madson nazariyasi ham immunitet hodisalarini kimyoviy nuqtan nazardan tushuntiruvchi nazariyadir. Bular toksin bilan antitoksin juda kuchsiz ishqorlardek birlashadi va bir-birini neytrallaydi deb hisoblaganlar. Bu ham noto`g`ri nazariyadir.
5) Bordenning adsorbsion nazariyasi-“Danish fenomeni” deb atalgan immunitet reaksiyasi asosida vujudga kelgan. Danish fenomeni qo`yidagilardan iboratdir. 1. xissa aktitoksinli zardobga 1 xissa toksin aralashtirib neytrallangandan keyin biror hayvonga ukol qilinsa,undan hayvon zaharlanmaydi. Agar shu tajriba ozroq o`zgartirilsa, yani antitoksinli zardobdan 1 xissa, olib unga yarim xissa toksin aralashtirilsa va bir necha vaqtdan keyin toksinning qolgan yarimi qo`shilsa, bu aralashma neytrallanmay qoladi va hayvonga yuborilsa uni zaharlab o`ldiradi. Shu hodisani hisobga olib Borde antitoksin bilan toksinning neytrallanishi kimyoviy reaksiyaga o`xshamaydi,balki bu adsorbsiya jarayonidir degan xulosaga keladi.Bu ham notug`ri nazariyadir.
6) Gumoral nazariya:- organizmning mikrobdan saqlanishi, yani immunitetli bo`lishi qonning suyuq qismidagi immun modda zarlobiga bog`liq degan nazariya kelib chiqdi . Bu nazariya tarafdorlari Buxner, Bering , Netal va Erlixlardir. 7) Fagositar nazariya yoki I.I Mechnikovning fogositoz haqidagi ta`limoti. Bu nazariyani buyuk rus olimii Mechnikov yaratgan. Mechnikov organizmni immunetitli bo`lishida fagositoz hodisasining ahamiyatini to`liq va materialistik asosda isbotlab berdi.
Masalan, Mechnikov shunday tajriba qiladi. Biror hayvon organizmiga erimaydigan zarracha yoki tikan kiritadi. Keyin shu erda fagositoz qiluvchi mezodermal hujayralar to`plana boshlaydi. Shundan keyin Mechnikov tikan atrofida to`planayotgan hujayralarni organizmga kirgan tikanga qarshi ta`sir etishini aniqlaydi. Umuman Mechnikov hayvon va odam hujayralarining mikroblarni fagositoz qilib eritib hazm qilishini organizmning mikroblarga qarshi kurash chorasi bo`lsa kerak deydi. Buni asoslash uchun Mechnikov dafniyalarga patogen zamburug`larning sporasini yuqtiriadi, natijada hujayrada sporalarning hazm bo`lib ketganini va xech qanday kasallik hosil qilmaganini aniqlaydi. Shu tekshiruvga asoslanib Mechnikov fagositoz organizmga kirgan zararli narsalarga qarshi kurash chorasi ekanligini aniqlaydi. Fagositoz qilishda qondagi leykositlar va monositlar rol uynaydi.
Shunday qilib, Mechnikov nazariyasiga ko`ra, organizmning turli mikroblardan qo`riqlanib immunitetli bo`lishi uchun teri, shilliqli pardalar, organizmdagi suyuqliklar, fagositoz hamda gumoral omillar ham mikrobga qarshi kurashar ekan. Organizm kasal davrida fagositoz va gumoral omillarning boshqarilishi markaziy nerv sistemasining ishtirokida vujudga keladi. Chunki markaziy nerv sistemasi organizmning yashash jarayonini normal yo`lga soluvchi organdir. Yuqumli kasallik uzoq davom etsa fagositoz ham bir xil bo`lmasligi mumkin. Ba`zi kasal hayvon organizmida fagositoz juda sust bo`lishi natijasida kasallik juda cho`zilib ketishi mumkin. Biri-bir organizmda mikrobni fagositozga tayrlab beruvchi moddalar hosil bo`ladi. Bu moddaga opsonim deyiladi. Opsonim ta`sirida fagositoz juda zo`rayadi va organizmning kasallikdan qutilishiga ancha yordamlashadi. Fagositozning aktivligini fizikaviy va kimyoviy omillar ta`sirida ham kuchaytirish yoki susaytirish mumkin. Masalan, past temperaturada xinin, xolestrin fagositozning aktivligini susaytirsa, optimal temperaturada K va Md tuzlari fagositozning aktivligini oshiradi.

Adabiyotlar:





Download 52.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling