Immunosorbentlar va ularni olish usullari


Limfotsitlarni qon yaratuvchi o’zak hujayralar bilan hamkorligi


Download 138.6 Kb.
bet10/22
Sana30.04.2023
Hajmi138.6 Kb.
#1403185
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Immunosorbentlar va ularni olish usullari (2)

Limfotsitlarni qon yaratuvchi o’zak hujayralar bilan hamkorligi.
B-limfositlar – suyak iligida ishlanadi va ammo keyingi tafovutlanishi ichak, chuvalchangsimon oʻsimta, tanglay va halqum limfoid toʻqimasida kechadi. Qushlarda bu limfotsitlar fabritsiy xaltasi (bursa)da rivojlangani sababli B nomini olgan. Ular limfotsitlarning 20-30% qismini tashkil qiladi. B limfotsitlarning asosiy funksiyasi antitelolar hosil qilish orqali gumoral immunitet yaratishdir. Antigenlar bilan uchrashgandan soʻng B limfotsitlar koʻmik, taloq va limfa tugunlariga borib koʻpayadi va plazmatik hujayralarga aylanadi. Plazmatik hujayralar esa immunitetning gamma globulinlarini ishlab chiqarishga javobgardir. B limfotsitlarning oʻzi: B killerlar, B xelperlar, B supressorlar va immunologic xotira hujayralari ajratiladi.
T-limfositlar suyakda sintezlangandan keyin, timusda qayta ishlanadi va hujayraviy immunitetni hosil qiladi. Ular barcha limfotsitlarning 40-70% qismini tashkil qiladi. T limfotsitlar hujayra immuniteti reaksiyalarini bevosita amalga oshiradi. Ular yot hujayralar, jumladan oʻsma hujayralari, yot transplantat hujayralar va mutant hujayralarni fagositoz orqali yemirilib genetik gomeostazni amalga oshiradi. T limfotsitlar limfokinlar nomli immunitet mediatorini ishlab chiqaradi va immun xotira vazifasini bajaradi. T limfotsitlar ham bir necha turlarga boʻlinadi: T killerlar – yot hujayralarga (antigenlarga) xujum qilib ularni yemiradi yaʼni hujayra immuniteti reaksiyasini amalga oshiradi. T xelperlar (yordamchilar) hujayra va gumoral immunitetning sodir boʻlishini yengillashtiradi. T supressorlar B limfotsitlarning xaddan ortiq reaksiyalarini blokada qilib, boʻgʻib qoʻyadi. Limfotsitlarning yana bir turi – xotira hujayralarining vazifasi antigenni eslab qolish va ikkinchi marta organizmda paydo boʻlsa, ishonchli mudofaani taʼminlashdan iborat.
Tabiiy killerlar (natural killerlar/NK) hujayraning tugʻma immunitetni hosil qiladi. Bunda NKlar IgG bilan qoplangan har qanday hujayrani oʻldiradi. Bu jarayon antigenga bogʻlangan hujayra vositachiligidagi sitotoksiklik deyiladi. NKlar oʻsma hujayralariga va virus bilan zararlangan hujayralarga yuqori sitotoksik ta’sir koʻrsatadi.Limfotsitlarning funktsional subtiplari morfologik jihatdan ajralib turmaydi, ammo ular immunokimyoviy usullar bilan aniqlanadigan, oʻziga xos sirt molekulalariga ega. NK hujayralarida identifikatsiya qiluvchi sirt markerlari yoʻq.
Limfotsitlar filogenezi

Download 138.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling