Immunosorbentlar va ularni olish usullari


Download 32.58 Kb.
bet2/8
Sana21.04.2023
Hajmi32.58 Kb.
#1371615
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Immunosorbentlar va ularni olish usullari 55555555555555555

Antigen va antitananai kovalent immobillash
Fermentlarni immobillash ikki xil metod bilan amalga oshiriladi: fizikaviy va kimyoviy.
Fermentlarni fizikaviy immobillash – bu fermentni shunday bir muhitga joylashtirish bo‘lib, bunda ferment umumiy xajmning bir qismigina kira oladi. Fizikaviy immobillashda ferment bilan tashuvchi kovalent bog‘ bilan bog‘lanmaydi. Fermentlarni bog‘lashni 4 tipi ma’lum:
-erimaydigan tashuvchilarda adsorbtsiyalanish;
- gelь porasiga kiritish;
- yarimo‘tkazgich membrana yordamida fermentni reaktsion sistemaning qolgan xajmidan fazoviy ajratish;
- ikki fazali muhitga o‘tkazish, bu erda ferment eriydi va fazalardan biridagina joylashishi mumkin.
Adsorbtsion immobilizatsiya fermentlarni immobillashning qadimgi usuli bo‘lib, unga 1916 yili asos solingan. Bu usul juda oson va u fermentning suvli eritmasi bilan tashuvchi orasidagi kontakt hisobiga amalga oshadi. Adsorbtsiyalanmagan oqsil yuvib tashlangandan so‘ng ferment ishlatishga tayyor bo‘ladi. Tashuvchining yuzasida fermentning adsorbtsiyalangan molekulasi tashuvchi va oqsilning yuzaki guruhlarining Van-der-vaalьs o‘zaro ta’sirlashuvi, vodorod bog‘lari, elektrostatik va gidrofob o‘zaro ta’sirlashuvlar hisobiga ushlanishi mumkin. Har bir bog‘lanish tashuvchining kimyoviy tabiati va ferment molekulasining yuzasidagi funktsional guruhlarga bog‘liqdir.
Tashuvchi bilan ferment o‘rtasidagi ta’sir kuchli bo‘lib, biokatalizatorning sorbtsiyasi uning strukturasini buzishi mumkin. Masalan, ba’zi o‘simlik hujayralarini tsitodeks granulalarida adsorbtsiyalanishida hujayra devori tashuvchi zarrachasi yuzasining relyefeni takrorlab deformatsiyalanishi mumkin. Adsorbtsion immobilizatsiyaning afzalligi uning qulayligi va sorbentlarning arzonligidadir. Ularga istalgan konfiguratsiyani berish va kerakli darajada g‘ovak qilish imkoniyati mavjud. Eng muhimi - bu metodning oddiyligidir. Adsorbtsion bog‘lanishda fermentni tozalash ham mumkin. Ushbu metodning kamchiligi tashuvchi, hamda aniq bir fermentni immobillash uchun optimal sharoitni to‘g‘ri tanlay imkonini beradigan umumiy yo‘riqnomaning yo‘qligidir.Ko‘rsatilgan kamchiliklarni immobillangan fermentlarni gelga kiritish bilan bartaraf qilish mumkin. Ushbu metodning maqsadi – ferment molekulasini polimer zanjirlaridan to‘qilgan 3 fazali to‘rga (gelga) o‘tkazishdir. Geldagi qo‘shni zanjirlar orasidagi o‘rtacha masofa kiritilgan ferment molekulasining razmeridan kichikdir. Shuning uchun u polimer matritsani tark etolmaydi va atrofdagi eritmaga chiqolmaydi, ya’ni immobillangan holatga bo‘la olmaydi.Fermentlarni gelda immobillashning 2 ta asosiy usuli ma’lum. Birinchisida ferment monomerning suvli eritmasiga solinadi, keyin polimerizatsiyalanadi. Natijada polimerli gel hosil bo‘ladi. Reaktsion aralashmada ko‘pincha polimerga uch o‘lchamli to‘r strukturasini beruvchi bifunktsional (molekulasida 2 ta qo‘sh bog‘i bor bo‘lgan) agentlar qo‘shiladi. Ikkinchi holatda ferment tayyor polimer eritmasiga solinadi va unga gelsifat holatga o‘tkaziladi. Fermentlarni polimer gelga kiritish bilan immobillash preparatga istalgan geometriya konfiguratsiya berish bilan birga tashuvchida biokatalizatorlarni tekis taqsimlash mumkin. 



Download 32.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling