Fermentlarni immobillash va barqarorlash texnologiyasi. Reja
Download 239 Kb.
|
fermentlarni immobillash va barqarorl
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fermentlami tashuvchilarga adsorbsiyalash orqali immobillash
Fermentlarni immobillash va barqarorlash texnologiyasi. Reja: 1.Fermentlarning immobillash guruhlari. 2.Immobillashgan fermentlarning katalitik xususiyatlari 3.Immobilizatsiyaning ferment holatiga ta’siri. Fermentming immobillash deganda, uni shunday bir muhitga kiritilishini tushunish kerakki, bu muhitda ferment umumiy hajmning ma'lum (cheklangan) qismidagina o'zining xatti-haraka-tini erkin bajara olishi kerak. Fizikaviy immobillashda ferment tashuvchi bilan kovalent bog'lar orqali birikmaydi. Shunga ko'ra mavjud fizikaviy immobillash usullarini quyidagi to'rt giiruhga bo'lish mumkin (46-rasm). erimaydigan tashuvchilar tomonidan adsorbsiyalashga asoslangan usullar guruhi; fermentni gel (iviq) modda teshik (pora)lariga kiritishga asoslangan usullar guruhi; fermentni reaksion tizim hajmidan yarimo'tkazgich to'siq (membrarm)lar yordamida saqlashga asoslangan usullar guruhi; ferment shunday ikki fazali reaksion muhitga kiritiladiki, u muhitning bir qismida ferment eriy olishi mumkin bo'lgan usullar guruhi. / Yarimo'tkazgich membrana 46-rasm. Fermentlarning immobillash usullari: a - erimaydigan tashuvchilarda adsorbsiyalash, b - gelning g'ovaklariga kiritish, J- yarimo-tkazgich membrana orqali fermentni ajratish. с - ikki fazali reaksion muhitni ishlatish. Fermentlami tashuvchilarga adsorbsiyalash orqali immobillash Fermentlami tashuvchilarga adsorbsiyalash orqali immobillash usuli fermentlami immobillashning eng qadimiy usullari-dan hisoblanadi. 1916-yilda J.Nelson vaE.Griffin faollashtirilgan ko'mir va aluminiy gidroksidi geliga invertaza fermentini adsorb-siya usulida immobillaganlar. Adsorbsion immobillash usuli o'zining oddiyligi bilan ajra-lib turadi. Tashuvchiga ferment eritmasini qo'shib, adsorbsiyalan-magan fermentni bir necha marta yuvib tashlash mumkin. Adsorb-siya yo'li bilan immobillash usulining qulayligi shundaki, ishlatila-digan tashuvchilar arzon va keng tarqalgan (47- a, e rasm). Tashuvchilami turli konfiguratsiyada va g'ovakli holatlarda olish mumkin. Ba'zi hollarda oqsil molekulalarining tashuvchiga adsorbsiyasi yetarli darajada spetsifiklikka ega bo'ladi. Fermentlar bilan tashuvchi orasidagi bog'ning unchalik mustahkam emasligi, bu usulning kamchiliklaridan biridir. Chunki reaksiya mobaynida fermentning tashuvchidan desorbsiyalanishi qimmatbaho biokata-lizatorni yo'qotishga va reaksiya mahsulotlarini ifloslanishiga olib keladi. Download 239 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling