REJA: 1.Statistik ma`lumotlarni taqdim etish. 2.Statistik jadvallar 3. Statistik grafik va diagrammalar. Statistik ma’lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish qulay bo‘lsin, ularni o‘qish va tushunish Statistik ma’lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish qulay bo‘lsin, ularni o‘qish va tushunish oson bo‘lsin. Ularni taqdim etishning 3 ta usuli mavjud: - matnda so‘z bilan bayon etish, - jadval shaklida ifodalash; - grafiklar orqali tasvirlash. Ma’lumotlarni so‘z bilan matnda bayon etish ko‘rinishda yaxshi yo‘lga o‘xshab tuyulsa ham, ammo subyektning mahoratiga, ma’lumotlarni talqin qilishdagi o‘ziga xoslikka bog‘liq. Bundan tashqari, bu holda ularni har taraflama tushunish, bog‘lanishlarini payqash birmuncha og‘irlashadi. Statistik jadvallar Statistik jadvallar deb o’rganilayotgan hodisa va voqealar to’g’risidagi ma’lumotlarni tartibli, ko’rgazmali ifodalashga aytiladi. Statistik jadvallar o’z egasi va kesimiga ega bo’lishadi. Jadvalda gap nima ustida borayotgan bo’lsa, o’sha hodisa jadvalning egasi deyiladi. Egani tavsiflovchi ko’rsatkichlar esa jadvalning kesimi deyiladi Statistik jadvallar - Oddiy jadvallar deb egasi faqat hodisalar, yillar, ob’ektlar ro’yxatidan tashkil topgan jadvallarga aytiladi.
- Guruhiy (gruppali) jadvallar deganda jadval egasi biron-bir belgi bo’yicha guruhlarga ajratib berilgan jadvalga aytiladi.
- Kombinatsion jadval deganda, bir marta guruhlangan jadval egasi yana guruhlarga, ular yana guruhcha osti guruhlariga ajratilgan, jadval kesimi ham guruhlangan ko’rinish olgan jadvallar tushuniladi.
- Statistik grafiklar – bu raqamli miqdorlar va ularning nisbatini nuqta, chiziq, figura va boshqa geometrik shaklda shartli tasvirlanishidir.
Statistik grafiklar - Diagramma – bu grafiklarning keng tarqalgan turidir. Ular bir-biriga bog’liq bo’lgan kattaliklarni turli jihatlarini ifodalashda qo’llaniladi.
Diagramma - Taqqoslash diagrammalarining keng tarqalgan turlaridan biri bu ustunli diagrammalardir. Bunday diagrammalar eni bir xil bo’lgan to’g’ri to’rtburchakli ustunlardan tashkil topgan bo’lib, har bir ustun uzunligi (bo’yi) kuzatilayotgan kattaliklarni aks ettiradi.
- Tuzilmaviy diagrammalarning maqsadi - hodisalar (to’plam) ning har bir qismlari nisbati sifatida tavsiflanadigan statistik to’plamning tarkibini grafikda ifodalashdan iborat.
- Hodisalar vaqt bo’yicha o’zgarishini tasvirlash uchun dinamika diagrammalari tuziladi. Dinamika qatorlaridagi hodisalarni tasvirlash uchun ustunli, lentali, kvadrat, doiraviy, chiziqli, radial va boshqa diagrammalardan foydalanilishi mumkin.
Statistik grafiklar - Chiziqli grafiklarni tuzish uchun to’g’ri chiziqli koordinatalar tizimi qo’llaniladi. Odatda, abtsissalar o’qi bo’yicha vaqt (yillar, oylar va boshqalar), ordinatalar o’qi bo’yicha esa – tasvirlanayotgan hodisalar yoki jarayonlar miqdoriy ko’rsatkichlari joylashtiriladi.
Statistik grafiklar - Gistogramma – bu intervalli variatsion qatorlarni tasvirlash uchun xizmat qiladi. Bunda intervalli belgi o’lchovlari koordinata tizimi abstsissasida, intervalli belgining mos chastotalari (soni, vazni, salmog’i va h.k.) esa ordinata o’qida ma’lum masshtabda shkalalarda belgilanadi.
Statistik grafiklar - Poligon – diskret variatsion qatorlarni tasvirlash uchun qo’llaniladi. Bunda diskret qator o’lchovlari abstsissa o’qida, chastotalar esa ordinata o’qida tasvirlanadi va bu nuqtalar tutashtirilib siniq chiziq hosil bo’ladi. Intervalli qatorni ham poligon orqali tasvirlash mumkin. Bunda intervalli qatorni diskret qatorga (qatorning yuqori va quyi chegarasi o’lchovlari o’rtachasi) shartli keltirish lozim.
Statistik grafiklar - Kumulyata egri chizig’i - har bir qatorning chastotalari qo’shib borilishi orqali chastotalar yig’indisini ifodalovchi yangi qator tuziladi va har bir qator (ham intervalli, ham diskret bo’lishi mumkin) darajalari abstsissa o’qida, yangi tuzilgan chastotalar yig’indisi ko’rinishidagi darajalar ordinata o’qida belgilanadi.
Statistik grafiklar - Ogiva ham kumulyata egri chizig’i ko’rinishida bo’ladi, lekin koordinata o’qlari turlicha bo’ladi. Ya’ni abstsissa o’qida chastotalar yig’indisi, ordinata o’qida esa variatsion qator darajalari ifodalanadi.
Statistik grafiklar - Statistika xaritalari – grafik tasvirlash shakllaridan biri bo’lib, statistik ma’lumotlarni hududlar bo’yicha joylanishini chizmali geografik xaritalarda ifodalanishidir. Hududlar bo’yicha tasvirlash vositasi bo’lib shtrixli chiziqlar, fonli bo’yash yoki geometrik shakllar hisoblanadi.
Statistik grafiklar - Xaritagramma – bu sxematik geografik xarita bo’lib, xaritada tasvirlangan hududlarni ularga tegishli hodisa va jarayonlar xususiyati, sifat yoki miqdor ko’rsatkichi bo’yicha shtrixli nuqta yoki chiziqlar, turli xil ranglar orqali tasvirlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |