Imom al-Buxoriy otasining bobosi al-Mug‘iyra Buxoro hokimi Yaman alJuafiydan islom dinini qabul qilgan bo‘lib, Buxoroni vatan tutib yashab qolgan
AT-TERMIZIYNING «ASH-SHAMOIL AN-NABAVIYYA» ASARI
Download 26.78 Kb.
|
Islom madaniyati pdf
AT-TERMIZIYNING «ASH-SHAMOIL AN-NABAVIYYA» ASARI
Abu Iso at-Termiziyning boshqa bir yirik asari «Ash-shamoil an-nabaviyya» («Payg‘ambarning alohida fazilatlari») deb ataladi. Bu asar ba’zi manbalarda «Ash-shamoil fi shamoil an-nabiy sallollohu alayhi vassallam», «Ash-shamoil alMuhammadiya» nomlari bilan ham keltirilgan. Asar payg‘ambar alayhissalomning shaxsiy hayotlari, u zotning suvrat va siyratlari, ajoyib fazilat va odatlariga oid to‘rt yuzu sakkiz hadisi sharifni o‘ziga jamlagan qimmatli manbadir. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, ushbu mavzu ya payg‘ambar alayhissalomning fazilatlari, odatlari haqidagi hadislarni to‘plash bilan juda ko‘p olimlar, muhaddislar shug‘ullanganlar va bu xildagi hadislar turli-tuman kitoblardan o‘rin olgan. Lekin at-Termiziy asarining boshqalardan afzalligi va farqi shundaki, muallif imkoni boricha payg‘ambar alayhissalom fazilatlariga doir barcha hadislarni muntazam ravishda to‘plab, mantiqan izchil bir holatda tartibga keltirgan va o‘ziga xos mustaqil, yaxlit kitob shaklida tasnif qilgan. «Ash-shamoil an-nabaviyya» azaldan islomshunos olimlar va tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga jalb qilib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharxlar va hoshiyalar ham yozilgan. Ulardan Abdurauf al-Munoviy al-Misriyning (vafoti 1003 hijriy yili) «Sharh ush-shamoil», Ali ibn Sulton al-Haraviy al-Qoriyning (vafoti 1192 hijriy yili) «Jam’ ul-vasoil fi sharhi ash-Shamoil», Sulaymon ibn Umar ibn Mansur alJumalning «Al-Mavohib al-Muhammadiyya bisharh ash-shamoil at-Termiziyya» kabilarni keltirish mumkin. Bu asarning bir qo‘lyozmasi Qohiradagi al-Azhar kutubxonasida 144 hadis ilmi raqami ostida saqlanmoqda, Muhammad ibn Jasus al-Molikiyning (vafoti 1182 hijriy yili) «Al-Favoid al-jaliyla al-bahiyya ala «Ashshamoil al-Muhammadiyya (bu asar 1927 yilda nashr qilingan) va nihoyat al- Azhar universitetining sobiq shayxi Ibrohim al-Bojuriyning (vafoti 1277 hijriy yili) «al-Mavohib al-Laduniyya ala ash-shamoil at-Termiziyya» kabi sharhlarini ko‘rsatish mumkin. Kezi kelganda shuni ham ta’kidlash kerakki, asar tili oddiy va ravonligi, soddaligi bilan ham ajralib turadi. Muhim tarixiy manba sifatida «Ash-shamoil annabaviyya» fors va turk tillariga ham tarjima qilingan. 1248 hijriy yili Hisomiddin an-Naqshbandiy tomonidan turkiy tilga qilingan tarjimasi arab tilini bilmaydigan turkiy xalqlar uchun g‘oyatda foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. AtTermiziyning ushbu asariga sharh yozgan shayx ibrohim al-Bojuriy: «Imom atTermiziyning «Ash-shamoil an-nabaviyya» kitoblari o‘z bobida yakkayu yagona asardir. Uning ovozasi Mag‘ribu Mashriqqa borib yetdi»[52], — deb ta’kidlaydi. Mashhur olim Ali ibn Sulton al-Haraviy al-Qoriy o‘zining yuqorida zikr qilingan «Jam’ al-vasoil fi sharh ash-Shamoil» nomli sharhida at-Termiziyning ushbu asari xususida shunday deb yozadi: «Rasululloh sallollohu alayhi vassallamning fazilatlari, axloqlari haqida tasnif etilgan musannafotlarning eng chiroyli va yaxshisi bu Imom at-Termiziyning payg‘ambar siyratlari haqidagi mukammal va muxtasar kitoblaridir. Bu kitobni mutolaa qilgan har kishi janob payg‘ambarni ko‘rganday va ul zotning har bobidagi mahosini shariflaridan bahramand bo‘lganga o‘xshaydi»[53]. Oldinroq eslatib o‘tganimizdek, asarning Saudiya Arabistonida istiqomat qilgan vatandoshimiz Sayyid Maxmud Taroziy tomonidan ona tilimizga qilingan muxtasar tarjimasi 1990 yili Imom at-Termiziyning 1200 yillik yubileyi munosabati bilan Toshkentda qaytadan nashr qilindiki, bu hol buyuk muhaddisning qimmatli asarini o‘rganishda katta ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. «Ash-shamoil an-nabaviyya»ning tuzilishi va tarkibi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu muxtasar asar ellik olti bobga bo‘linib u «bobun joa fi xalqi Rasululloh sallollohu alayhi vassallam», ya «Rasululloh sallollohu alayhi vassallamning jismi karimlari haqida rivoyat qilingan hadis shariflar bobi» dan tashkil topgan. Umuman olganda, mazmun-mohiyatiga ko‘ra asarni ikki asosiy qismga bo‘lish mumkin. Birinchi qismga mansub hadislar payg‘ambar alayhissalomning suvrat (tashqi qiyofa)lariga bag‘ishlangan. Bularga ko‘ra payg‘ambarimiz novcha ham, pakana ham bo‘lmay, balki o‘rta bo‘ili, yag‘rindor, qo‘llari bo‘lali, go‘shtdor va doimo jun bilan qoplangan, kaftlari bo‘liq, qirg‘iyburun, peshonalari keng, ko‘zlari katta-katta bir zot bo‘lgan. Asarning ikkinchi qismida keltirilgan hadisi shariflar esa payg‘ambar alayhissalomning siyratlari — ichki dunyosi va axloqiy fazilatlarini bayon qiladi. Bu hadislar bilan tanishar ekanmiz, Muhammad alayhissalom axloqiy jihatlardan namunaviy, mukammal bir siymo ekanligini, muomalada u zotning kattayu kichik, ayol erkak, boy-kambag‘allar bilan o‘zini bir xil muomalada tutishlarini, ro‘zg‘or va oila yumushlarida o‘z ayollariga astoydil ko‘maklashib yordam berishlarini, basharti biror gunoh qilib qo‘ygan kishi uzr so‘rasa, uning gunohlarini kechirganlarini, yo‘lda uchragan barcha kishilarga birinchi bo‘lib salom berib, samimiy hol-ahvol so‘rashlarini bilib olamiz. «Ash-shamoil an-nabaviyya»ning XVI asrga oid qo‘lyozmasi Toshkentda, O’zbekiston musulmonlari diniy idorasi kutubxonasida saqlanmoqda. 1980 yilda Toshkentda mazkur diniy boshqarma buyurtmasi bilan «Ash-shamoil annabaviyya»ning ushbu qo‘lyozmasi ofset tariqasida nashr etilgan bo‘lib, undagi qisqacha so‘zboshi O’rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi hay’atining sobiq raisi, marhum muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon hazratlari tomonidan yozilgan. Bundan tashqari «Ash-shamoil an-nabaviyya»ning ayrim qo‘lyozmalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ham saqlanmoqda. Download 26.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling