Imom al-Buxoriy otasining bobosi al-Mug‘iyra Buxoro hokimi Yaman alJuafiydan islom dinini qabul qilgan bo‘lib, Buxoroni vatan tutib yashab qolgan
AT-TERMIZIYNING «AL-JOMI’» VA «ASH-SHAMOIL ANNABAVIYYA» ASARLARIGA YOZILGAN SHARHLAR
Download 26.78 Kb.
|
Islom madaniyati pdf
AT-TERMIZIYNING «AL-JOMI’» VA «ASH-SHAMOIL ANNABAVIYYA» ASARLARIGA YOZILGAN SHARHLAR
«A’rizat al-Ahvaziy fi sharh al-Jomi’ lit-Termiziy» nomli sharhning muallifi al-Hofiz Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh al-Ashbiliy bo‘lib u Ibn al-Arabiy alMolikiy (vafoti 1151 yil) nomi bilan mashhur bo‘lgan. Asarning qadimiy to‘liq bir qo‘lyozma nusxasi Madinai Munavvaradagi kutubxonada saqlanadi, boshqa bir qulyozma nusxasi alloma ash-Shayx Rafiy’addin al-Buxoriyning kutubxonasida mavjud. Asar Qohirada ham nashr etilgan bo‘lib, lekin bu nashrda ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan. «Sharh al-Jomi’ lit-Termiziy» — Hofiz Abdul-Fath Muhammad ibn Sayyid an-Nos al-Yaamariy ash-Shofi’y (vafoti 1333 yil) uning muallifidir. Muallif asarning uchdan bir qismiga yetgan. Garchand u o‘n jilddan iborat sharh bitgan bo‘lsa-da, uning oxiriga yetkazish uchun fursat topmagan. Sharhning bunchalik cho‘zilib ketishligining boisi shundaki, muallif o‘z asari doirasini faqat hadis faniga aloqador masalalar bilan cheklab qolmay, balki unga boshqa fanlarga doir ma’lumotlarni ham kiritgan. Alloma al-Chalabiy shunday degan: «Agar muallif o‘z sharhida faqat hadis fani bilan chegaralanganda edi uni tamomiga yetkazar edi, lekin u (muallif) Ollohga hamd aytamizki, himmatli ish qilgan. So‘ngra undan qolganlarini oxiriga yetkazgan al-Hofiz Zaynuddin Abdurahim ibn Husayn al-Iroqiy bo‘lib, «alAlfiya»[56]ning muallifi (vafoti 1403 yil)dir. Bu kitobning to‘liq bir nusxasi Madinai Munavvaradagi kutubxonada saqlanadi. «Sharh al-Jomi’ lit-Termiziy» nomli sharh Zaynuddin Abdurrahmon ibn Ahmad ibn an-Nabiy al-Hanbaliy (vafot yili noma’lum)ning qalamiga mansub bo‘lib, yigirma jildda tugallangan, lekin qandaydir bir fitna vaqtida yonib ketgan[57]. «Al-A’rf ash-shaziy a’lo Jomi’ at-Termiziy»ning muallifi Sirojiddin Umar ibn Raslan al-Balqiyniy ash-Shofi’iy (vafoti 1402 yil). Ushbu sharh Imom atTermiziy asarining bir qismiga bag‘ishlanib, sharh oxirigacha yetkazilmagan[58]. «Sharh az-zavoid lit-Termiziy»ning muallifi alloma Sirojiddin Umar ibn Ali al-Mulaqqin (vafoti 1401 yil). Bu asar Imom al-Buxoriy va Imom Muslimning «Sahiyh» va Abu Dovud asaridan ortiqcha at-Termiziyda keltirilgan hadislarning sharhidir[59]. «Al-Lubb ul-albob fiy mo yaqulu at-Termiziy fil-bob» nomli sharhning muallifi Shayx ul-islom al-Hofiz ibn Hajar al-Asqaloniy[60] (vafoti 1448 yil) bo‘lib, bir jilddan iborat bu sharhning qo‘lyozmasi Madinai Munavvaradagi qutubxonada saqlanadi. Bu juda ham muhim asar bo‘lib, Imom at-Termiziy fiqhiy masalalarga doir»… haqidagi bobda» zikr qilingan hadislarni bayon qilishga bag‘ishlangan. Ushbu hadislar jarh (illatlari) va ularning tuzatish (ta’diyl)lari bilan birgalikda mufassal holda bayon qilingan. «Qut al-mug‘taziy» nomli asar alloma Jaloluddin as-Suyutiyning (vafoti 1505 yil) qalamiga mansub. Bu haqda Hoji Xalifaning «Kashf az-zunun» asarida (1-jild, 375-bet) hikoya qilinadi. Jaloluddin as-Suyutiy ushbu sharhida atTermiziyning «Sunan» asarini yuqori baholab uni quyidagicha ta’riflaydi: «Imom at-Termiziyning «Sunan» asari boblarga bo‘lingan. Bu ham bir ilm. Asardagi fiqh — huquqshunoslik masalalari ham bir ilm. Sahiyh bilan saqimni ajratuvchi ilalni aytishlari ham bir ilm. Ularning o‘rtasidagi hadis turlarini zikr etish ham bir ilm. Roviylarning nomlari va laqablari ham alohida bir ilm. Jarh va ta’diyl, Rasulullohni topgan va topmagan roviylarni belgilash isnodli rivoyaTermiziy Unda keltirganlarning hammasi ijmoliy ilm turlaridir. Ammo tafsiliysi juda ham ko‘p. Xullas, bu asarning qimmatli jihatlari majmualar to‘plamidir». «Naf’ Qut al-mug‘gaziy»ning muallifi alloma as-Sayyid Ali ibn Sulaymon ad-Dumantiy al-Bajma’viy al-Mag‘ribiy al-Molikiy ash-Shoziliy (vafoti 1877 yil). «Jomi’ at-Termiziy» nusxasining hoshiyasida chop etilgan. Muallif alloma Jaloluddin as-Suyutiyning oldin zikri o‘tgan sharhini muxtasar holga keltirib, kitob aslining foydali tomonlariga bir qadar xalal yetkazganki, kitobning nomi «Naf’ Qut al-Mug‘taziy» iborasi ma’nosini yo‘qotgan. Bu asar Qohira va Dehlida chop etilgan. «Sharh al-Jomi’ lit-Termiziy»ning muallifi al-Hofiz Zaynuddin Abdurrahmon ibn Ahmad ibn Rajab al-Hanbaliy (vafoti 1587 yil). Ushbu sharh haqida manbalarda juda kam ma’lumot keltirilgan. «Sharh al-Jomi’ lit-Termiziy» ham Shayx ul-islom al-Hofiz ibn Hajar alAsqaloniyning (vafoti 1148 yil) qalamiga mansub bo‘lib, muallif uni «Sahiyh alBuxoriy»ga yozgan yirik sharhi «Fath al-boriy»da zikr qilgan[62]. «Sharh al-Jomi’ lit-Termiziy» ash-Shayx Abul-Hasan ibn Abdulhodiy asSanadiy al-Madiniy (vafoti 1728 yil) bitgan bu sharh juda go‘zal bo‘lib, muallif uni al-Haram ash-Sharifda (Makkada) ta’lif etgan. Asar qirq qism (juz’)dan iboraTermiziy «Sharh al-Jomi’ lit-Termiziy»ning muallifi alloma Abu at-Tayyib (Muhammad ibn at-Tayyib) as-Sanadiy (al-Madiniy), vafoti 1698 yil), bu sharh arab tilida «bi qavlihi» «vaqavluhu» deyilib, uning bir qismi chop ham etilgan. «Sharh al-Jomi’ lit-Termiziy»ning muallifi alloma Siroj Ahmad as-arhandiy bo‘lib, fors tilida bitilgan bu sharhning ayrim qismlari nashr ham etilgan. «Muxtasar al-Jomi’ lit-Termiziy» alloma Muhammad ibn Uqayl al-Bolisiy ash-Shofi’iy (vafoti 1329 yil) qalamiga mansub bo‘lib, asarning xususiyatlari haqida mufassal ma’lumotga ega emasmiz. «Joizat ash-Sha’uziy» nomli sharh alloma Badiy’ uz-Zamon (vafoti 1892 yil) qalamiga mansub. Bu asar «Jomi’ at-Termiziy»ning urdu tiliga ag‘darilgan tafsirli tarjimasidir. «Muxtasar al-Jomi’ lit-Termiziy»ning muallifi alloma Najmiddin Sulaymon ibn Abu al-Quvvo at-Tufiy as-Sirsiriy al-Xanbaliy (vafoti 1311 yil). Bu muxtasar asardan al-Hofiz Salohiddin Xalli ibn Kiykeldi al-A’loiy ismli olim at-Termiziy asarida oliy sanad bilan rivoyat qilingan yuz hadisdan bir majmua yaratgan[63]. «Hadiyat al-lavza’iy bi-nukot at-Termiziy» alloma Abu at-Tayyib Muhammad Shams al-Haqq al-Aziymobodiy (vafoti 1911 yil) qalamiga mansub bu asar muallifning vafoti tufayli oxiriga yetmagan. Ushbu sharhda matnlarga qo‘shimcha isnodlarga taalluqli juda nafis tadqiqotlar ham mavjuddir. «Sharh ash-shamoil lit-Termiziy»ning muallifi ash-Shayx Abdurrauf alMunoviy (vafoti 1621 yil) bo‘lib, uning avvali: Ahl al-fazlning qadimda va hozirgi zamondagi shaklu shamoyillari va hokazo, alloma al-Munoviy unda zikr qilgan: «Uning sharhiga birinchi bo‘lib kirishgan tadqiqotchilarning yakkayu yagonasi Mavlono Isomuddin al-Isfaraiyniy bo‘lib, u o‘zidan burun hech kim ochmagan uning sirlaridan pardani ko‘tarishga muyassar bo‘ddi. Lekin naqliy (an’anaviy) fanlardan hisoblangan bu fanning aqliy (mantiqiy) farazlarini u bilan birga idrok etish ham borki, hatto u xato avhomlardan deb hisoblanadi»[64]. «Ashraf ul-vasoil»ning shayx Shahobuddin Ahmad ibn Hajar al-Haysamiy al-Makkiy (vafoti 1566 yil) muallifidir. Musannif zikr qilishicha, bu kitob bo‘yicha Al-Haram al-Muhtaramda (Ka’batullohda) dars berishlik (tadris) imkoni unga muborak Ramazon oyidan boshlab 18-Ramazonda nihoyasiga yetkazgan. «Sharh ash-shamoil lit-Termiziy»ning muallifi alloma Sayyid Muhammad Qosim Jassus (vafoti 1769 yil) bo‘lib, bu asar Qohirada nashr etilgan. Lekin ushbu sharh batamom ravishda muhaddislarning uslubiyu ularning qiziqishlariga mos bo‘lmagan tarzda bitilgan. «Sharh ash-shamoil lit-Termiziy»ning muallifi alloma Muslihiddin Muhammad ibn Saloh ibn Jalol al-Loriy (vafoti 1572 yil) bo‘lib[65], bu sharh arab tilida bitilgan. Muallif uni 1542 yilning Ramazon oyida tugatgan bo‘lib, muallifning qalamiga mansub forscha yozilgan boshqa bir sharh ham bordir. «Zahr al-hamoil a’lo ash-Shamoil»ning muallifi alloma as-Suyutiy bo‘lib, bu sharh Misrda chop etilgan. «Jam’ al-vasoil» — Mullo Ali al-Qoriy al-Haraviy (vafoti 1607 yil) qalamiga mansub bo‘lib, uning qoralamasini Makkai mukarramada 1599 yilda tugatgan. Ko‘pchilikning fikricha, «ash-Shamoil»ga bag‘ishlangan sharhlardan birontasi ham undan ustun emas. «Tahziyb ash-Shamoil»ning muallifi ash-Shayx Muhammad ibn Umar ibn Hamza al-Antokiy (vafoti 1531 yil) bo‘lib[66], Mullo Ali al-Qoriyning yuqorida zikr etilgan sharhini muxtasar qilib tuzatib hadiya tariqasida Qustantaniyaning sultoni Boyazidxonga taqdim qilgan edi. Uning boshlanishi «alhamdulilloh alalziy ja’ala hayot al-orifiyn…»[67]. «Sharh ash-Shamoil»ning muallifi alloma Isomuddin Ibrohim ibn Muhammad (ibn Arabshoh) al-Isfarainiy (vafoti 1536 yil). Bu sharh aralash (mamzuj) bo‘lib, «alhamdulilloh allaziy fazzala al-Mustafo bi-akram ash-Shamoil» iborasi bilan boshlanadi. «Sharh ash-shamoil lit-Termiziy» — Mullo Muhammad al-Hanafiy (vafot etgan yili noma’lum)ga mansub bo‘lib, muallif ushbu sharhini 1520 yilda tugatgan. «Sharh ash-Shamoil lit-Termiziy»ning muallifi Muhammad Oshiq ibn Umar al-Hanafiy (vafoti 1629 yil) bo‘lib, ushbu alloma o‘z sharhida: U «ash-Shamoil»ni Mahmud al-Malik ibn Shamsiddin nomi bilan mashhur o‘z ustozi ash-Shayx Abdulloh al-Ansoriydan rivoyat qilganligi haqida yozadi. Ash-Shayx Ahmad Ali «Sharh ash-Shamoil»ning hoshiyasiga muxtasar bitgan bo‘lib, uning bir nusxasi ash-Shayx Shams ul-Haqq kutubxonasida saqlanadi[68]. «Ash-Shamoil»ning turkcha tarjimasini amalga oshirgan Ishoq Xo‘ja Ahmad Afandi (vafoti 1708 yil) nomi bilan mashhur bo‘lgan Ahmad Xayruddin alAydiyniy bo‘lib, uning haqida mufassal ma’lumotga ega emasmiz. «Ash-Shamoil»ning turkcha nazmiy ifodasini Mazlum Zoda nomi bilan tanilgan Mustafo ibn Husayn al-Halabiy bajargan bo‘lib, muallif bu asarini 1745 yilda tugatgan. «Bahor Xuld» Kofiy — bu urdu tilida bitilgan go‘zal bir nazmiy asar bo‘lib, chop ham etilgan. «Al-Mavohib al-Laduniyya a’lo ash-shamoil al-Muhammadiyya»ning muallifi alloma ash-Shayx Ibrohim (Ibn Muhammad) al-Buxoriy (vafoti 1847 yil). Bu «ash-Shamoil»ning muxtasar tarzdagi sharhi bo‘lsada, juda foydali. Asar 1835 sanada al-Jomi’ al-Azharda ta’lif etilgan. Uning avvali «alhamdulilloh almustavjab li-qulli kamol an-nu’ut bi-qulli ta’liym va jamol» iborasi bilan boshlanadi. «Al-Kavkab ad-durriy a’lo at-Termiziy» nomli sharhning muallifi Rashid Ahmad al-Kankuhiy bo‘lib, bu ikki jilddan iborat qimmatli sharh Hindistonda chop etilgan. Olim Muhammad Anvar Shoh al-Kashmiriy qalamiga mansub asar «Al-A’rf ash-shaziy a’lol-Jomi’ at-Termiziy» deb atalib, bu sharh ham ikki jildda Hindistonda chop etilgan. Abu Iso at-Termiziy asarlari hozirda ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Uning «Al-Jomi’ as-sahiyh», «Ash-shamoil an-nabaviyya» kabi asarlarida keltirilgan hadisi shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib insonlarni halol, adolatli, iymon-e’tiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, muruvvatli, rahmshafqatli, ota-ona, ayollarga nisbatan hurmat-e’tiborli bo‘lishga chorlaydi. Bu ibratli pand-nasihatlar va o‘gitlar xalqimizni, jamiyatimiz ahlini, ayniqsa yosh avlodni tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. At-Termiziyning asarlari faqat diniy ilmlar majmuasiga oid bo‘lib qolmasdan, balki dunyoviy ilmlarga oid ma’lumotlarga ham boydir. Masalan, uning bosh asari bo‘lgan «al-Jomi’ as-sahiyh»da tarix, mantiq huquqshunoslik, tabobat, ziroatga oid ko‘plab qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. Arab tilini rivojlantirishda at-Termiziyning xizmatlari kattaligini zamonaviy olimlar qaytaqayta ta’kidlaydilar. Download 26.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling