Imom Navaviy (Riyozus Solihiyn)


Download 13.2 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi13.2 Kb.
#1354985
Bog'liq
Imom Navaviy


Imom Navaviy (Riyozus Solihiyn)
Abu Molik Horis ibn Osim al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.) «Poklik iymonning yarmidir. «Alhamdulillah» tarozuni to‘ldiradi. «Subhonallohi
valhamdulillah» yer bilan osmon o‘rtasini to‘ldiradi. Namoz nurdir. Sadaqa hujjatdir.
Sabr ziyodir. Qur’on sening foydangga yoki zararingga hujjatdir. Har kimsa tong ottirib
nafsini savdo qiladi. Bu bilan uni ozod qiladi yoki halok qiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari (Facebook post uchun)
Abu Zayd Usama ibn Zayd ibn Horisadan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Bu zot
Rasululloh (s.a.v.)ning xodimlari va sevimli kishilaridir.) Rasululloh (s.a.v.)ning qizlari otalari huzurlariga (bir odamni) yuborib: «O’g‘lim o‘lim to‘shagida yotibdi. Bizning oldimizga keling», dedilar. Rasululloh (s.a.v.) qizlariga salom yo‘llab: «Albatta olish ham, berish ham Alloh uchundir. Har bir narsaning Uning huzurida belgilangan vaqti bordir. (Qizim) sabr qilsin va savobini umid qilib tursin», dedilar. Qizlari yana odam jo‘natib, u zot kelishlarini ont ichib so‘radilar. Rasululloh oxiri o‘rinlaridan turdilar. U zot
bilan birga Sa’d ibn Uboda, Muoz ibn Jabal, Ubay ibn Ka’b, Zayd ibn Sobit va yana bir qancha kishilar bor edi. Haligi go‘dak Rasululloh (s.a.v.)ga uzatildi. U zot go‘dakni quchoqlariga oldilar. Go‘dak esa o‘lim talvasasida edi. Buni ko‘rib Rasululloh (s.a.v.)ning ko‘zlaridan yosh oqdi. Shunda Sa’d: «Ey Allohning rasuli, bu nima? (Ya’ni, yig‘lashdan qaytarar edingiz-ku!)» dedilar. Rasululloh (s.a.v.) «Bu Allohning rahmati bo‘lib, uni bandalarining qalblarida paydo qilgandir», dedilar. ( savol 1)
Download 13.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling