Cho’lponning “Tong sirlari” “Kishan” she’ri tahlili
Matnshunoslik asoslari:
grafik shakllanishi:
Ushbu she’r “Tong sirlari”(1926) to’plamida 5 band 10 misradan iborat. Har bir band 2 misradan tashkil topgan. Ya’ni masnaviy shaklida.
“Yana oldim sozimni”(1991) to’plamida ham huddi shu holatda.
“Go’zal Turkiston”(1997) to’plamida ham yuqoridagi kabi 5 band 10 misra.
“Oydan-da go’zal”(1997)da ham asli kabi.
“Buloqlar quchog’ida” (2007) nashrida ham 5 bandli holatda. 1 va 3 band 2 misrali, 2-4-5 –bandlar esa 3 misrali holatda nashr etilgan.
4 jildli asarlarning 1-jildi (2013), (2016) to’plamlarida ham 5 band 10 misra.
3 jildlik asarlarning 1-jildi (1994)da ham yuqoridagi holarda.
“Ko’klam ruhi”(2019)da ham 5 band 10 misra.
Demak, barcha to’plamlarda she’r tuzilishi bir xil. Faqat “Buloqlar quchog’ida” (2007)da tuzilish jihatidan farqni ko’rishimiz mumkin. Bu to’plamda bandlar soni 5 ta, lekin ba’zi misralar 3 tadan shaklda yozilgan. She’rni bandlarga ajratish she’r tabiatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. She’rni masnaviy shaklida yozilganligini hisobga olib, uni 5 band 10 misrali holatda shakllantirish to’g’ri bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |