ritmik-intonatsion qurilishi:
Yuqorida aytib o’tganimday she’r masnaviy shaklida yozilgan. Har bir banddagi misralar alohida qofiyalangan. Misralarda bo’g’inlar soni bir xil. Faqat 4-bandning 1-misrasida bo’g’inlar soni 15 ta bo’lib qolgan. Asl nusxani qaraydigan bo’lsak, “qulf” so’zi “qulup” shaklida yozilgan, ya’ni bu so’z ikki bo’g’inli holatda. Shu so’z hisobiga ushbu misra 16 bo’g’inli bo’lib qolgan. Biroq “Oydan-da go’zal”(1997), “Buloqlar quchog’ida” (2007) va “Ko’klam ruhi”(2019) dab u so’z o’rniga “qilich” so’zi qo’llangan. Bu yerda noshir ana shu bo’g’inlar miqdorining sonini hisobga olgan va misradagi so’zni o’zg’artirgan.
Kishan
Kishan, gavdamdagi izlar bukun ham bitgani yo’qdir! 16 bo’g’in
Temir barmoqlaringning dog’i butkul ketgani yo’qdir! 16 bo’g’in
Na mudhish, na sovuq-manhus, na qizg’anmas quchog’ing
bor! 16 bo’g’in
Bashar tarixining har sahfasida qonli dog’ing bor! 16 bo’g’in
Yumilmas ko’zlaringning har biri bir elni qahr aylar, 16 bo’g’in
Faqat bir borlig’ingdirkim, butun borliqni zahr aylar! 16 bo’g’in
Qulf birlan sening erkingda ko’p yillar qolib ketdim… 15 bo’g’in
Faqat har tebranishdan qutulishlikni umid etdim! 16 bo’g’in
Kishan, gavdamdagi dog’ing hanuz ham bitgani yo’dir, 16 bo’g’in
Faqat butkul qutulmoqqa umidim endi ortiqdir!.. 16 bo’g’in
She’rda tinch intonatsiya va undov intonatsiyalari ham bor. Shuningdek, 2-bandda uyushiq bo’laklardagi sanash intonatsiyasi ham she’rga o’ziga xos ohang bag’ishlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |