3. She’rning poetik xususiyatlari:
she’r janri:
Ushbu she’r masnaviy shaklda yozilgan. Ya’ni ikkita o’zaro qofiyalangan misralardan tarkib topuvchi she’riy asar. She’rda har bir misra alohida qofiyaga ega. 1 band- aa; 2-band- bb; 3-band-cc; 4-band- dd, 5-band-ee tarzida qofiyalangan.
poetik obrazlar va ularning o’zaro munosabati:
Ushbu she’rda kishan obrazi qo’llanilgan. Bu o’rinda kishan ko’chma ma’noda ishlatilgan. Ya’ni kishan –bu erkinlikni, hurlikni cheklovchi qaramlik ma’nosini anglatgan. Yozuvchi to’g’ridan to’g’ri kishanga murojaat etib, uning qanchalik yomonligini, odamga yetkazgan zararini tasvirlab bergan. Eng muhim jihati esa ijodkor misra so’ngida kishandan butkul halos bo’lishga ishonch hosil qilmoqda. Bu obraz orqali ijodkor qaramlikdan qutulishga, xalqning birlashishi va erkinlikka chiqishga undamoqda. Shaklan qaralganda, bu obrazga oddiy kishanning holati, uning odamlarga boshiga soladigan ayanchli ahvoli tasvirlanganga o’xshaydi, lekin bu she’rda kishan erkni to’suvchi qaramlik, bandilik ma’nosida qo’llangan. Qolgan barcha sifatlashlar kishanning naqadar ayanchli ahvolga sola olishi, insondan nimalarni tortib olishini ko’rsatib berishga uchun xizmat qilgan. She’rda lirik qahramonning kishanga bo’lgan e’tirozi tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |