Ix –mavzu. Korxona mahsulotlariga narxning shakllanishi


Download 187.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana18.12.2022
Hajmi187.9 Kb.
#1030807
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-MAVZU



IX –MAVZU. Korxona mahsulotlariga narxning shakllanishi
 
9.1. Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari 
 
Narx bozor kategoriyasi bо‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan 
munosabatlarni anglatadi. Oqilona, ilmiy jixatdan asoslangan narx va narxlash 
iqtisodiyotning ilmiy va amaliy vositalaridan biri hisoblanadi. 
Narx siyosati davlat iqtisodiy siyosati va iqtisodiy strategiyasining muhim 
ajralmas qismidir. Shu sababli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda, 
mehnatkashlarning tashabbusi va omilkorligini rivojlantirishda narx belgilash 
siyosati alohida о‘rin egallaydi. Narxni hо‘jalik mexanizmi va о‘zini о‘zi pul bilan 
ta’minlashning ustuni deyish mumkin. Jamoaning va ayrim xodimning 
daromadlari, ular iqtisodiy manfaatlari narxning, ya’ni narxning tо‘g‘ri 
belgilanishiga bog‘liq. 
Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini kо‘rsatib turadi, u pasayib ketsa, 
tovar bozori kasodga uchraydi, tovar nafsiz bо‘lib, uni boshqa tovar bilan 
almashtirish yoki sifatini yaxshilash zarurligi kun tartibiga qо‘yiladi. 
Narx pul muomalasi holati, kreditlash samaradorligi va iqtisodiyotning 
moliyaviy sog‘lomligi bilan bog‘liq. Davlatning, korxona (firma)lar va ularda 
ishlovchilarning, umuman, aholining о‘zaro rejali bog‘lanishi narx yordamida 
amalga oshiriladi, ijtimoiy resurslardan foydalanish ta’minlanadi, yalpi ichki 
mahsulotni hisobga olish va taqsimlash amalga oshiriladi. Narxni tovar qiymati 
belgilaydi, ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam 
bо‘lishi mumkin. Bu esa, bozordagi о‘sha mahsulotga bо‘lgan talab va taklifga 
bog‘liq. Tovar narxsining darajasi, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi 
darajasi va boshqa tovarlar о‘rnini bosa olishi, muomaladagi pulning xarid 
quvvatiga ham bog‘liq bо‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx yordamida 
korxonalar ishlab chiqarishini tashkil etishning asosiy muommolaridan biri, nima 
ishlab chiqarish foydali ekanligini hal etishdir. Narx tovar taklifi, aholining tо‘lov 
qobiliyati, ishlab chiqarish resurslarining oshib yoki kamayib ketishi tо‘g‘risida 
korxona egalariga axborot beruvchi vosita hamdir. Narxning yana bir vazifasi 
qiymat о‘lchovidir. Bunda qilingan xarajatlar va olingan natija ma’lum bir narx 
yordamida hisob-kitob qilinadi. 
Xо‘jalik yuritish amaliyotida esa narx muhim iqtisodiy vosita, dastak deb 
qaraladi. Ma’lumki, qiymat ishlab chiqarish kategoriyasi bо‘lib, ishlab 
chiqarishdagi mehnat sarflanishi bilan bog‘liq munosabatlarni ifoda etadi. 
Tovarning yaratilishida moddiylashgan va jonli mehnat sarf etiladi. Ularning 
majmuasi - qiymatdir. Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. Qiymat - 
tovarni yaratishga ketgan ijtimoiy zarur mehnat sarfi, aniqrog‘i, ehtiyojni qondira 
olgani sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, 
agar u kerakli bо‘lmasa, bozor inkor etadi va shu qismi qiymatni yaratishda 
ishtirok etmaydi. Muayyan narx sharoitida kо‘proq foyda olish uchun xarajatlarni 
kamaytirish zarur. 
Narxlar tovar-pul munosabatlari muomalasining shakli va realizatsiya 
qilinadigan mahsulot turiga kо‘ra farqlanadi. Narxning turlari bir-biri bilan о‘zaro 


bog‘liq bо‘lib, ular yagona tizimi tashkil etadi. Mazkur tizimning muhim 
elementlari quyidagilardir: 
a) ulgurji narxlar. Ular firmalar о‘z mahsulotlarini katta hajmda boshqa 
firmalarga yoki vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotayotganlirida 
qо‘llaniladi. Ulgurji narx korxonalarga ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashni, 
zarur foyda olishni ta’minlanishi zarur; 
b) chakana narxlar. Ulardan tovarlarni bevosita iste’molchilarga sotishda 
foydalaniladi. Bu narxlarga davlat savdosi, xususiy mulk egalari dо‘konlari va 
bozorda yuzaga kelayotgan narxlar kiradi. Chakana narx darajasi aholining peal 
daromadlari bilan belgilanadi. 
v) xarid narxlari qishloq xо‘jaligi mahsulotlarining davlat tomonidan sotib 
olinishida ishlatiladi. 
g) dunyo narxlari xalqaro savdo munosabatlarida qо‘llaniladi. 
Narxlar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga о‘z vazifalari orqali ta’sir 
etadi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijlimoiy zarur mehnat sarfiga 
keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi narxni hosil qiladi. 
Nazariy jihatdan olib qaralganda, narx - tovar qiymatining puldagi ifodasidir. 
Amaliy jihatdan qaralganda esa, narx - muhim iqtisodiy vosita, dastak hisoblanadi. 
Ma’lumki, qiymat ishlab chiqarish kategoriyasi bо‘lib, ishlab chiqarishning 
о‘zidagi mehnat sarfi bilan bog‘liq munosabatlarni ifoda etadi. Tovarning 
yaratilishida moddiylashgan va jonli mehnat sarf qilinadi, ularning majmuasi 
qiymat, demakdir. Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. Qiymat tovarni 
yaratishga ketgan ijtimoiy zarur mehnat sarfi, aniqrog‘i, ehtiyojni qondira olgani 
sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, agar u 
kerakli bо‘lmasa, bozor inkor etadi va shu qism qiymatni yaratishda ishtirok 
etmaydi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga 
keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi narxni hosil qiladi. 
Narxning iqtisodiy mazmunini uning fuksiyalari yaqqol kо‘rsatib beradi. Narx 
nimaga tegishli bо‘lishidan qat’i nazar (tovar, xizmat, ish kuchi, qarz puli narxini 
— buning farqi yо‘q) besh asosiy funksiyani bajaradi: 
1. Bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi. Bunda narx bozordagi talab va 
taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. 
2. Hisob-kitob, о‘lchov funksiyasi. Narx qiymatning puldagi ifodasi, chunki 
bajarilgan ish xajmi, foyda-zararning barchasi narx asosida hisob-kitob qilinadi. 
3. Iqtisodiy regulyator funksiyasi. Narx bozor iqtisodiyotining asosiy 
vositalaridan biridir. Undagi о‘zgarish bozor holati (konyukturasi)ni bildiradi. 
4. Raqobat vositasi funksiyasi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga 
keltiruvchi kuch, narx vositasida bellashuv raqobatning asosiy kо‘rinishlaridan biri 
hisoblanadi. Firmalar о‘z raqiblarini yengish, ularni bozordan siqib chiqarish 
uchun narxni о‘zgartirib turadilar. 
5. Ijtimoiy himoya funksiyasi. Narx ayrim aholi toifalarini kambag‘allikdan 
saklash vazifasini о‘taydi. Odatda, aholining nochor va muhtoj qatlamlariga 
tovarlar arzonlashtirilgan narxlarda sotiladi. 


Bular ijtimoiy dotatsiyalangan narxlar bо‘lib, ularni moliyaviy jihatdan davlat 
byudjeti yoki byudjetdan tashqari mablag‘lar ta’minlaydi. Dotatsiyalangan 
narxlarni davlat belgilaydi. 
Bozor iqtisodiyotining о‘ziga xos tizimi borki, u о‘zaro bog‘langan, bir-birini 
taqozo etuvchi, ammo turli maqsadlarda qо‘llanuvchi narxlar majmuasidan tashkil 
topadi. Narxning shakllanish jarayoni murakkab bо‘lib, uning ishtirokchilari g‘oyat 
kо‘pchilikni tashkil etadi. Narxlar turli vazifalarni bajarganligi sababli ham 
ularning turi kо‘p. 
Narxlarning asosiy turlariga quyidagilar kiradi: 
1. Ulgurji narxlar. Tovarlar kо‘tarasiga katta mikdorda sotilganda bu 
narxlardan foydalaniladi. Bunday narxni asosan ulgurji savdo-sotiq olib 
boriladigan savdo markazlarida uchratish mumkin. 
2. Chakana baxolar. Tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda 
foydalaniladi. Bu narx о‘z ichiga tovar ulgurji narxini, chakana savdo 
tashkilotchilarining xarajati va foydasini oladi. 
3. Nufuzli narxlar. Bu narxlardan obrо‘talab iste’molchilarga tovarlar 
sotilganda va xizmatlar kо‘rsatilganda foydalaniladi. 
4. Dotatsiyali narxlar. Bunda tovarlar davlat byudjeti hisobidan 
arzonlashtirilgan narxlarda olinadi. 
5. Davlat narxlari. Bu ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan buyurtma 
berilganda qо‘llaniladi. 
6. Mavsumiy narxlar. Bu mavsumiy ishlab chiqariladigan tovarlarga 
belgilanadi. 
7. Milliy va jahon narxlari—alohida tovarning baynalmilal xarajatlari. Bunda 
jahon bozoridagi talab va taklif nisbati hisobga olinadi. 
8. Standart narxlar. Xaridor chо‘ntagidagi pulga qarab, ma’lum davrgacha 
о‘zgarmaydigan kat’i standart narxlar qо‘llaniladi. 
9. Preyskurant narxlar. Bu narxlar sotuvchi uchun muljal narx, xaridor uchun 
bildirishlik yoki ma’lumot narx hisoblanadi. 
10. Ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun muzokaralarga tayyorgarlik 
kо‘rish mobaynida tadbirkor ent avvalo, о‘zi uchun maqbul bо‘lgan narx 
kо‘rsatkichlarini aniqlashga harakat qiladi. Shu maqsadda u narxni uchga ajratadi. 
YA’ni maksimal (eng yuqori), minimal (eng past) va obyektiv narx. 
Maksimal narx — (sotuvchi nuqtai nazaridan) - bu muzokaralarni shu narxdan 
boshlash mumkin bо‘lgan kо‘rsatkichidir. 
Minimal narx — (qо‘shilishi mumkin bо‘lgan eng past narx) - bu tovar 
narxining shunday kо‘rsatkichiki, tadbirkor muzokaralar davomida undan 
tushmaslikka harakat qiladi. 
Obyektiv narx — bu, tarkibida о‘rtacha sifat kо‘rsatkichlariga ega bо‘lgan u 
yoki bu tovarning о‘rtacha narxsidir. 

Download 187.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling