Ix –mavzu. Korxona mahsulotlariga narxning shakllanishi


-rasm. Talab va taklif Chiziqlari


Download 187.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana18.12.2022
Hajmi187.9 Kb.
#1030807
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-MAVZU

 
9.1-rasm. Talab va taklif Chiziqlari.
Yuqori narx, mavjud firmalarni ishlab chiqarishni kengaytirishga da’vat 
etadi, bozorga yangi firmalarni о‘z mahsuloti bilan kirib kelishini ta’minlaydi, ular 
ishlab chiqargan yuqori xarajatli rentAbel bо‘lmagan mahsulotlari yuqori narxda 
rentAbel bо‘ladi. Bunday holda, firmalarda ishlab chiqarishning kengayishi qisqa 
vaqt oralig‘ida intensiv bо‘lsa, uzoq muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi. 
Talab chizig‘i iste’molchilarning berilgan narxlarda qancha miqdorda 
mahsulot sotib olish mumkinligini bildiradi. Talab chizig‘ining pastga ketishi
iste’molchilarning narx qancha past bо‘lsa, ular shuncha kо‘p mahsulot sotib 
olishini anglatadi. Past narxlar, xaridorlarga yanada kо‘proq miqdorda tovarlar 
sotib olishiga hamda ilgari sotib olaolmayotgan iste’molchilarga esa hozir u 
tovarni sotib olishga imkon yaratadi. 
Bu ikki egri chiziq talab va taklifning muvozanat YE nuqtasida kesishadi. 
Muvozanat bozor tizimining shunday holatini bildiradiki, bu holatda talab va taklif 
bir-biriga teng bо‘ladi. Muvozanat nuqta muvozanat narxni va muvozanat 
mahsulot miqdorini bildiradi. narx muvozanat narx bо‘lganda, taklif qilinadigan 
va talab qilinadigan tovar miqdori bir-biriga teng bо‘ladi. Bu nuqtada tovar 
tanqisligi ham, ortiqcha tovar ham bо‘lmaydi. Bozor sharoitlarini о‘zgarishi talab 
va taklif muvozanatini buzilishiga olib keladi, lekin bozorda, о‘z о‘zidan avtomatik 
ravishda, muvozanatni tiklash tendensiyasi mavjud.
Bunday holatni tushunish uchun quyidagi ikki holni qaraymiz:
Faraz qilaylik, narx muvozanat narxdan yuqori bо‘lsin ya’ni, bu holda ishlab 
chiqaruvchilar, iste’molchilar sotib olishi mumkin bо‘lgan miqdordan kо‘proq 
mahsulot ishlab chiqarishga harakat qiladi. Natijada ortiqcha mahsulot tо‘plana 
boshlaydi, mahsulot tо‘planishini kamaytirish yoki ularni sotish uchun ishlab 
chiqaruvchilar narxini kamaytirishi lozim bо‘ladi. Bu holda narx pasayadi, 
mahsulotga talab esa о‘sadi, bu о‘z navbatida taklif qilinadigan mahsulotning 
miqdorini kamayishiga olib keladi, bunday holning takroran davom etishi toki 
S 
P 
P
1
Q 
Q
2
Q
0
Q
1
E 
D 
P
0
P
2


muvozanat narx о‘rnatilguncha davom etadi. Va ushbu urnatilgan narx tarmoq 
korxonalari uchun bir xil va erkin raqobat sharoitida о‘zgarmas hisoblanadi. Butun 
tarmoq bо‘yicha ushbu narx umumiy hisoblanib, xarajatlarini qoplay olmagan 
korxonalar tarmoqdan chiqib ketadi.
Agar boshlang‘ich narx, masalan YE muvozanat narxdan past bо‘lganda, 
yuqoridagiga teskari holat yuzaga keladi. Bunda tovar tanqisligi rivojlana 
boshlaydi, nima uchun deganda P
2
narxda iste’molchilar qancha miqdorda tovar 
xohlasa, shuncha miqdorda sotib olaolmaydi 
Bu erda biz har bir narxga ma’lum miqdorda mahsulot tо‘g‘ri keladi va 
sotiladi hamda u yagona deb faraz qilamiz. Bu faraz, bozor erkin raqobatlashgan 
bо‘lgandagina ma’noga ega bо‘ladi, qachonki bunday bozorda sotuvchi va xaridor 
bozor narxiga ta’sir qila olmaydi. Agar taklif yagona ishlab chiqaruvchi 
(monopolist) tomonidan belgilansa, narx bilan, taklif qilinadigan mahsulot miqdori 
о‘rtasidagi moslik bir qiymatli bо‘la olmaydi. Nima uchun deganda, monopolist 
talabning о‘zgarishiga qarab, narxni о‘z foydasiga moslashtirib о‘zgartirishi 
mumkin. Shu sababli biz talab va taklif chizig‘ini chizganimizda, oshkora 
bо‘lmasada, bozor erkin raqobatlashgan deb faraz qilamiz. 

Download 187.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling