v) davr adabiyoti:
Bu davrda adabiyot ham jiddiy hayotiy sinovlarni boshidan kechirdi. Bu muhim soha faoliyati sovetlarning doimiy nazorati ostida kechdi. Ularning nazdida kuchli mafkuraviy qurol sifatida yangi tuzumni mustahkamlashga xizmat qilishi, ommani shunga dav’at etmog’i lozim edi. Adabiyot shaklan milliy, mazmunan sotsialistik adabiyot yaratilishi vazifasi qo’yilgan edi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, cho’lpon erkni kuylashdan, haqiqatni gapirishdan cho’chimadi.
g) adabiy an’analar:
Cho’lponning 1920-yillardagi ijodiy semazmun va boy o’tdi. Bu davrda, asosan, she’rlar barmoq vaznida yozilgan. She’riyat bilan birgalikda nasr ham rivojlandi. Dramatik asarlar ham bu borada chetda qolmadi. Cho’lpon ham ana shunday an’analar izidan bordi. Yozuvchining ijodida she’riy asarlarni ham, nasr va dramatik turni ham ko’rishimiz mumkin va eng asosiysi, Cho’lpon bu sohalarda yuksak cho’qqiga chiqa olgan. Jadidchilik haraklatlari bosh nuqtaga chiqdi. Ziyolilar endi ozodlikni ma’rifatda deb bilishdi. Xalqni bunga undadi. Cho’lpon ham bu borada chetda qolmadi. O’sha davrda yaratilgan adabiyotlarni aksariyati xalqni jaholat uyqusidan uyg’otishga qaratilgan edi. Cho’lpon ijodining bosh mavzusi ham, aynan, hurlik, erkinlik bo’ldi. U ana shunday adabiy an’analar izidan bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |