Impact factor(isi): 539 volume 1, issue 5, 2023 109 february, 2022
IMPACT FACTOR(ISI): 0.539 VOLUME 1, ISSUE 5, 2023
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
baho-mazmunini-ifodalovchi-birliklarning-tuzilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ajoyib insonsiz
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
IMPACT FACTOR(ISI): 0.539 VOLUME 1, ISSUE 5, 2023
111 FEBRUARY, 2022 Gap mazmuniga so‘zlovchining hissiy munosabati va boshqa bir qator ma’nolar birlashtiriladi 1 . O‘zbek tilida bir sostavli gaplarning shaxsi aniq gap turidan tashqari so‘z-gap shaklidagi turi ham mavjud, bu xil shakllangan gaplar his- hayajon ifodalab, undov gap sanaladi. Undov gaplar salomlashish, xayrlashish, rag’batlantirish, mamnunlik, taskin, ajablanish kabi mazmunlarni ifodalaydi. Masalan: Salomat bo‘ling! Ajoyib insonsiz! Ijobiy baho mazmunini ifodalovchi birliklarning ko‘p qismini undov gaplar tashkil qiladi: Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! (Gazetadan) Yo xudo, do‘st – dushman oldida yuzimni yorug‘ qil! (O‘.Hoshimov). Qiyosiy baho logikasining asosiy prinsipi assimetrlik xususiyatidir. Qiyosiy baho logikasida davriylik va individuallik yetakchi faktorlaridan sanaladi. Shunga ko‘ra qiyosiy baho o‘zgaruvchan xususiyat kasb etadi 2 . Ma’lumki, tilda bahonig ifodalanishida ega va kesimning funksiyasi o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu xil birliklarda ega turli so‘z turkumlari bilan ifodalanishi bilan birga, ayrim o‘ziga xos tomonlari ham mavjud. Bular quyidagilardan iborat: a) ijobiy baho mazmunini ifodalovchi birliklarda ko‘pincha barakalla, ofarin, ajoyib, zur, a’lo darajada: barakalla bolam, ishlarin tahsinga loyiq, ofarin bugun senga a’lo baho b) ba’zan tilak shaklidagi bo‘laklar bilan, ya’ni Olloh, Yaratgan egam kabi so‘zlardan foydalanib: Olloh sizni va siz kabilarni shaytanat olamidan o‘zi asrasin (T.Malik); Yomon ko‘z, yomon hasadlar, ziyon-zahmatlardan O‘zi asrasin; Umuman olganda, mantiqiy jihatning lisoniy ko‘rinishi lug’aviy birliklarning turli vositalari yordamida ko‘chma ma’no etishi, semantik strukturasidagi o‘zgarshilar kontekst, pauza, talaffuz asosida amalga oshiriladi. Tilda baho munosabatini tadqiq etishning, tinglovchilarga sodda va tushunarli tarzda bayon etishning yangi metod va tavsiyalar asosida joriy etilishi ishda o‘z ifodasini topgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Нурмонов А. ва бошқалар, Ўзбек тилининг мазмуний синтактикаси. Тошкент, 1992. 2. Қамбаров Ғ. Баҳо лисоний ва мантиқий категория сифатида. Ўзбек тилшунослигининг долзарб масалалари. Андижон, 1995. 3. Qo‘ng‘urov R. Sub’ektiv baho formalarining semantik va stilistik xususiyatlari. Toshkent, 1980. 1 Нурмонов А. ва бошқалар, Ўзбек тилининг мазмуний синтактикаси. Тошкент, 1992 й., 83-бет. 2 Қамбаров Ғ. Баҳо лисоний ва мантиқий категория сифатида. Ўзбек тилшунослигининг долзарб масалалари. Андижон, 1995, 89-бет. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling