Impulsli va raqamli o‘lchash usullari


Download 212.89 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi212.89 Kb.
#1755769
Bog'liq
lecia-7


IMPULSLI VA RAQAMLI O‘LCHASH USULLARI

Analog qurilmalardan farqli xolda raqamli o‘lchash qurilmalarida (RO‘A) quyidagi operasiyalar avtomatik xolda bajariladi: o‘lchanayotgan kattalikning satx bo‘yicha kvantlanishi; uning vaqt bo‘yicha diskretlanishi; hamda informasiyaning kodlanishi.
O‘lchov informasiyasining kod shaklida berilishi uning qayd qilinishi va ishlovini osonlashtiradi. Raqamli o‘lchash qurilmalaridan elektr va ba’zi noelektr kattaliklar o‘lchanadi.
Raqamli o‘lchash asboblarining afzalliklari:
  • o‘lchash natijasining yuqori aniqligi;
  • tezkorligi va o‘lchash jarayonini avtomatlashtirish mumkinligi;
  • tashqi mexanik va iqlim ta’sirlariga berilmasligi;
  • operator subyektiv xatoligining yo‘qligi;
  • birgina asbobda turli kattaliklarni: o‘zgaruvchan va o‘zgarmas kuchlanishni, tok kuchi, chastota va faza siljishini o‘lchash mumkinligi;
  • o‘lchash chegarasi 1 mVdan 2000 V gacha;

  • Kamchiligi:
  • asbobning murakkabligi sababli tannarxining balandligi;
  • ko‘rsatkichli asboblarga qaraganda kam chidamliligi.

Raqamli o‘lchash qurilmasining umumlashgan struktura sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan.
RO‘Q tuzilishi chizmasi.
AO‘ - kirish analog o‘zgartgichi;
ARO‘ - analog raqamli o‘zgartgich;
O‘lchov - namuna o‘lchov;
BK - boshqarish qurilmasi;
IIRV - informasiyani ifodalovchi raqamli vosita.
AO‘ - analog o‘zgartgich o‘lchanayotgan x(t) kattalikni u bilan funksional bog‘lanishda bo‘lgan analog kattalik y(t)ga aylantiradi, bu esa raqamli kodga o‘zgartirishni osonlashtiradi.
AO‘-sifatida kuchaytirgich bo‘lgich, filtrlar foydalaniladi.
Analog Raqamli O‘zgartirgich analog kattalikni satx va vaqt bo‘yicha kvantlash, o‘lchov bilan taqqoslash va natijalarni kodlash ishlarini bajaradi. Bunda chiqishda diskret signal (DS) ishlanadi va bu signal IIRVda raqamli hisob N ga kiritiladi.
Raqamli qurilmalarda ikkilik va o‘nlik sanoq shaklidan foydalaniladi.
Raqamli qurilmalarning elementlari va qismlari.
1. Ikkilik hisoblagichlar.
2. Registorlar.
3. Deshifratorlar.
4. Vaqt selektorlari.
5. Taqqoslash sxemalari.
Raqamli o‘lchash qurilmalari bir necha xil bo`ladi.
Vaqt oraliqlarini o‘lchovchi raqamli o‘lchagichlar: garmonik yoki impulsli signallar davri va impulslar davomiyligini o‘lchaydi.
O‘lchanayotgan signal UX(t) kuchaytirgich shakllanti-ruvchiga keladi, chiqqan signal UX(t) to‘g‘ri burchakli impuls bo‘lib, uning davomiyligi Tx o‘lchanayotgan signal davriga teng bo‘ladi. Bu impuls K-kalitni ochadi va T0 – davrli impulslar IG(impulslar generatori IG) dan hisoblagichga kiritiladi. X – hisoblagich Tx vaqt ichidagi impulslar soni quyidagi ifodadan hisoblanadi.
N = TX / T0 = TX * f0 ;
F0 - chastotaning T0 - davri bu xolda namunaviy kattalikdir va u bilan o‘lchanayotgan vaqt oralig‘i taqqoslanadi.
Hisoblagichdan chiqkan kod IIRV da aks etadi.
RO‘A da davriy o‘lchashning tuzilishi.
Raqamli fazametrlar:
-bu fazametrlar impulsli qurilmalarni tadqiq qilishda, turli bo`g‘inlarining faza-chastota tavsiflarini olishda ishlatiladi.
Ular ikkita guruxga bo‘linadi:
  • Fazalar siljishi oniy qiymatini o‘lchovchi;
  • Fazalar siljishi o‘rta qiymatini o‘lchovchi.

  • Ish prinsipi - ikkita sinusoidal yoki impuls kuchlanishi orasidagi faza siljishi vaqt oralig‘iga aylantiriladi va bu vaqt oralig‘i raqamli usulda o‘lchanadi.

Download 212.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling