Nutq funksiyasi va uning fiziologik asosi. Btb-05 guruh international school of finance technology and science


Download 3.35 Mb.
bet1/3
Sana18.11.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1784122
  1   2   3
Bog'liq
22BTB-05 1-guruh Yosh anatomiyasi va fiziologiyasi 4-mavzu 1-guruh

  • Mavzu: NUTQ FUNKSIYASI VA UNING FIZIOLOGIK ASOSI.
  • BTB-05 guruh
  • ISFT – 2022
  • 1.Oliy nerv faoliyati va uning ahamiyati
  • 2.Nutq to’g`risida umumiy tushuncha
  • 3.Nutqning funksiyalari
  • 4.Nutqning anatomik-fiziologik asoslari
  • REJA:
  • Oliy nerv faoliyati - hayvon va odam markaziy nerv sistemasi oliy boʻlimlari (bosh miya yarim sharlari pusti va pust osti markazlari)ning faoliyati; butun organizmning tashki muhit bilan normal munosabatda bulib turishini taʼminlaydi. Yuqori asabiy faoliyatga gnosis (bilish), praksis (harakat), nutq, xotira va fikrlash, ong va boshqalar kiradi.tananing xatti-harakati yuqori asabiy faoliyat natijasining tojidir.
  • Aqliy faoliyat - bu neyrofiziologik jarayonlar yordamida amalga oshiriladigan tananing ideal, sub'ektiv ongli faoliyati.
  • Psixika - miyaning aqliy faoliyatni amalga oshirish xususiyati.
  • Ong - bu miya yordamida voqelikning ideal, sub'ektiv aksi.
  • Oliy nerv faoliyati terminini fanga I. P. Pavlov kiritgan. U Oliy nerv faoliyatini "psixik faoliyat" bilan bir maʼnodagi tushuncha deb hisoblagan. Pavlov aytganidek, psixik faoliyatning hamma shakllari, jumladan, odam tafakkuri va ongi Oliy nerv faoliyati elementlaridandir. Oliy nerv faoliyat toʻgʻrisidagi taʼlimotni yaratuvchilardan biri — Pavlovning oʻtmishdoshi I. M. Sechenov boʻlgan. U "Bosh miya reflekslari" degan asarida (1863) psixik faoliyatning reflektor tabiati toʻgʻrisidagi gʻoyani rivojlantirgan. Yuqori darajada tashkil toptan hayvonlar Oliy nerv faoliyati asosida markaziy nerv sistemasining yuqori qismlari (yuqori darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarda va odamda — bosh miya katta yarim sharlarining poʻstlogʻi)da hosil boʻladigan shartli reflekslar hamda murakkab shartsiz reflekslar (instinktlar, emotsiyalar), yaʼni asosan, poʻstloq osti nerv hosilalari tomonidan amalga oshiriladigan bosh miya faoliyatining shakllari yotadi.
  • Refleks ikki xil boʼladi: shartsiz va shartli.
  • Shartsiz refleks orqa miya va bosh miyaning quyi qismlaridagi nerv markazlari ishtirokida bajariladi. Shartsiz reflekslar tugʼma reflekslar boʼlib, nasldan-naslga oʼtadi. Murakkab shartsiz reflekslar instinkt deb ham ataladi. Shartsiz reflekslarga: koʼz qorachigʼi refleksi, emish refleksi, soʼlak oqish refleksi, paylardagi reflekslar va b. Har qaysi shartsiz refleks muayyan taьsirotga javoban hosil boʼladi. Masalan, soʼlak oqish shartsiz refleksi faqat taьm bilish soʼrgʼichlariga ovqat taьsir etishi natijasida paydo boʼladi. Shartsiz reflekslarning markazi bosh va orqa miyaning turli qismlarida joylashadi. Ularning refleks yoyi doimiy boʼlib, umr boʼyi oʼzgarmaydi.
  • Shartli reflekslar odam yoki hayvonning hayoti davomida paydo boʼladi. Shartli reflekslar tashqi muhitda yoki organizmda kelib chiqadigan har xil taьsirotlarga javoban hosil boʼlishi mumkin. Masalan, soʼlak oqishining shartsiz refleksi ovqat bevosita til nerviga taьsir etgandagina vujudga kelsa, shartli reflekslar ovqat yemay turib, uning hidi dimoqqa urilganda, koʼrinishi koʼz oldidan oʼtkazilganda ham hosil boʼladi.
  • Asab tizimining tuzilishi uning bajaradigan funktsiyalariga (individual organlarni va butun inson tanasini boshqarish) mos keladi, normal hayotiy faoliyat va inson salomatligi butunlay asab tizimining ishiga bog'liq, shuning uchun asab tizimining gigenasi inson salomatligini saqlashga imkon beradi. Insonning yuqori asabiy faoliyatining asosiy xususiyati mavhum fikrlash, aniq gapirish va ishlash qobiliyatidir. Bularning barchasi bolani tarbiyalash orqali amalga oshiriladi, ya'ni insoniyat jamiyatidan tashqarida u inson bo'la olmaydi.

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling