Impulsli va tunnel diodlar mavzusini mazmuni va o’tish uslublari” mavzusida yozgan kurs ishi tayyorladi erkabayev zoxidjon qabul qildi
Impulsli va tunnel diodlar mavzusini o’qitish uslubi
Download 244.04 Kb.
|
Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsni tashkillashtirish
Impulsli va tunnel diodlar mavzusini o’qitish uslubi.
Darsning mavzusi: Impulsli va tunnel diodlar. Darsning maqsadi : Tajriba va bilimlarga tayangan holda mavzuni yoritib berish. Talimiy maqsad: Dars paytida a’lo kayfiyat bilan o’quvchilarga impulsli va tunnel diodlar mavzusini tushunarli va chiroyli qilib o’tib berish. O’quvchilarning qiziqtirgan har bir savollariga to’liq javob bergan holda bilimlarini oshirish. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda fizika faniga bo’lgan qiziqish va mehrni uyg’otish. Dars turi: ma’ruza. Darsni tashkillashtirish. Dars o’quvchilar bilan ochiq yuz bilan salomlashishdan boshlanadi. So’ngra esa o’quvchilar davomati olinadi. O’quvchilardan dars davomida tartibli va faol qatnashish so’raladi. Demak darsimiz boshlandi. Darsni boshlashdan oldin o’quvchilardan uyga vazifa so’raladi. Oldingi mavzu bo’yicha qisqacha savol javob o’tkaziladi. Endi esa bugungi mavzuni doskaga yozamiz va ma’ruzani boshlaymiz. Shunday qilib o’quvchilarga mavzu bo’yicha nazariy ma’lumotlar beriladi. Asosiy teorema va formulalar o’quvchilar daftariga yozdiriladi. Mavzuni namoyish materiallari bilan ya’ni slaydlar, rasmlar orqali tushintirib davom ettiramiz. Bundan tashqari o’quvchilar zerikib qolmasliklari uchun darsni har xil medotlardagi uslublar orqali o’tkazishni boshlaymiz. Mavzuni o’quvchilarga zeriktirmay ochib berishda eng samarali metodlardan biri bo’lgan klaster metodidan foydalanamiz. Demak sinfdagi o’quvchilarni 2 ta guruhga bo’lamiz. Keyin esa doskaga ikkita klaster uchun asos chiziladi. Ikkala klaster asosi ichiga ham bir xil diod so’zi yoziladi. So’ngra har bir guruh shu so’zning atrofiga mavzuga doir so’zlar va terminlar yozib klaster yaratishlari kerak bo’ladi. Qaysi guruhning klasteri kattaroq bo’lsa ya’ni ko’proq so’z yozgan bo’lsa shu guruh g’olib bo’lgan hisblanadi. Demak o’yinimiz boshlandi. Har ikkala guruhga ham omad tilagan holda tartibli bo’lib qatnashish so’raladi. tunnel impulsli Diod kovaklar Yarimo’tkazgich elektronlar 1-guruh klasteri Termo electron emissiya impulsli To’yinish toki Diod n-p o’tish tunnel katod anod 2-guruh klasteri. Demak klasterlardan ko’rinib turibdiki bu o’yinimizda 2-guruh o’quvchilari g’olib bo’lishdi. Natijalar esa quyidagicha: 1-guruh 5 ta so’z yozdi. 2-guruh 7 ta so’z yozdi. Baholash. O’yinda ikkala guruh a’zolari ham faol qatnashdi. Darsda savollarga to’g’ri javob bergan va o’yinda g’olib bo’lgan guruh o’quvchilariga a’lo baho qo’yiladi. Qolgan o’quvchilarga faolligi uchun 4 baho qo’yiladi. Download 244.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling