Impulsli va tunnel diodlar mavzusini mazmuni va o’tish uslublari” mavzusida yozgan kurs ishi tayyorladi erkabayev zoxidjon qabul qildi
Download 244.04 Kb.
|
Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Mavzuni yoritishda klaster metodining o’rni.
Uyga vazifa: 124-125-varaqdagi mavzuni o’qib kelish. Keyingi darsga tayyorlanib kelish.
Darsni tugatish: Mana o’quvchilar bugungi darsimiz ham shuning bilan o’z nihoyasiga yetdi. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarga a’lohida raxmat. Faol va tartibli o’quvchilar ota-onalaringizga ham raxmat shunday ta’lim-tarbiya berganliklari uchun. Keyingi darslarda ham faollikni kutib qolaman. Uyga vazifani bajarib kelish esdan chiqmasin. Keyingi darslarda ko’rishguncha. Salomat bo’ling! Xulosa Mavzuni yoritishda klaster metodining o’rni. Faol metodlardan biri "Klaster" metodidir. Klasterlarga ajratish – bakalavr o’qituvchilarga biror-bir mavzu to’g’risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu metod ko’p variantli fikrlashni o’rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o’rtasida aloqa o’rnatish malakalarini rivojlantiradi. Klaster so’zi g’ujm, bog’lam ma’nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni da’vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikralashni rag’batlantirish uchun qo’llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg’otish, mavjud bilimlarga etib borish strategiyasi bo’lib, muayyan mavzu bo’yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Biror mavzu bo’yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal o’rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofiqdir. Klaster tuzishda guruhdagi barcha bakalavr o’qituvchilarning ishtirok etishi, shu guruh uchun g’oyalar o’zagi bo’lib xizmat qiladi. Klaster metodi aniq ob’yektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning bo’lajak bakalavr o’qituvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Stil g’oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan bu metod puxta o’ylangan strategiya bo’lib, undan bakalavr o’qituvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan g’oyalarning majmui tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa guruxning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g’oyalarni uyg’unlashtirish hamda ular o’rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi. Klaster metodidan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi: Nimaniki o’ylagan bo’lsangiz, shuni qog’ozga yozing. Fikringizning sifati to’g’risida o’ylab o’tirmay, ularni shunchaki yozib boring. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang. Belgilangan vaqt nihoyasiga etmagunicha, yozishdan to’xtamang. Agar ma’lum muddat biror bir g’oyani o’ylay olmasangiz, u holda qog’ozga narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g’oya tug’ilguniga qadar davom ettiring. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko’proq yangi g’oyalarni ilgari surish hamda mazkur g’oyalar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikni ko’rsatishga harakat qiling. G’oyalar yig’indisining sifati va ular o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatishni cheklamang. Download 244.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling