Ims ga kirish
Fazoda bo‘lish asosida qurilgan
Download 1.01 Mb.
|
731-18 IMS GA KIRISH 1.2.3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqamli kommutatsiyalash tizimining kommutatsiya maydonini uzilishi. Fazo – vaqt kommutatsiyalash blokiningtuzilish prinsiplari
Fazoda bo‘lish asosida qurilgan KMning qurilish tamoyillari
Kommutatsiya maydoni odatda bir necha alohida qismlardan tashkil topadi. 1.1 – rasmda ko‘rsatilgan kommutatsiya maydoni A, V va S qismlardan tashkil topgan bo‘lib, N kirish liniyalari bilan M chiqish liniyalari V1 va V2 oraliq liniyalari orqali ulanadi. Bu liniyalar orasidagi nisbat quyidagicha ifodalanadi: N>V1; V1=V2; V2 Bu nisbat boshqa xollarda turlicha bo‘lishi mumkin. Demak,A qismda ko‘p sonli kirish liniyalari (odatda kam ishlatiladigan) kam sonli (odatda ko‘p ishlatiladigan umumiy) oraliq liniyalarig ulanadi. Keyingi V qismida V1 kirish va V2 chiqish liniyalari soni bir xil, S qismdagi foydalanuvchi esa, V2 oraliq liniyasi orqali o‘zidan son jixatidan ko‘p bo‘lgan M chiqish liniyalariga ulanadi. A qism yuklamani yig‘ish, S qism esa yuklamani yoyish vazifasini bajaradi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, kommutatsiya maydoni faqat yuklamani yig‘uvchi (A qismiga o‘xshab) yoki faqat yoyuvchi (S qismiga o‘xshab) yoki yoyuvchi (S qismiga o‘xshab) yoki yig‘maydigan va yoymaydigan (V qismiga o‘xshab) vazifani bajaruvchi qilib qurilishi mumkin. Kommutatsiya maydonini bir necha qismlarga bo‘linishi unga yuklangan vazifadan tashqari aloqa o‘rnatish usuliga ham bog‘liq. Agar 1.1-rasmda ko‘rsatilgan qismlarda aloqa boshqa qismlarda o‘rnatiladigan aloqaga bog‘liq bo‘lmasa, kommutatsiya maydonining bu qismi izlash bosqichi deyiladi. Kommutatsiya tuguni turiga qarab izlash bosqichlarining soni har xil: dastlabki (DI), guruhli (GI), chiziqli (CHI) bo‘lishi mumkin. 1.1- rasm. Kommutatsiya maydonining tuzilishi Raqamli kommutatsiyalash tizimining kommutatsiya maydonini uzilishi. Fazo – vaqt kommutatsiyalash blokiningtuzilish prinsiplari Fazoda bo‘lishga asoslangan holda qurilgan kommutatsiyalash maydoni (KM) faqat fazo alomati bilan xarakterlanadi va u o‘rnatilgan joy bitta yoki bir necha koordinatalar bilan aniqlanadi. Ularning har biri faqat fazo alomatiga ega. Lekin elektron ATSlarda zichlashtirilgan liniyalar ishlatiladi. Ularning har bir kanalida faqatgina fazo alomati emas, balki vaqt alomati ham ishlatiladi. Impuls – kodli modulyasiya (IKM)ga ega bo‘lgan uzatish tizimlarida har bir kanal, zichlashtirilgan liniya joylashishini ko‘rsatuvchi fazo alomati va kanalning vaqt bo‘yicha holati bilan xarakterlanadi. Kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish, impulsli modulyasiyalarning biror turi yordamida amalga oshadi. Impulsli modulyasiyada signal uzluksiz (analog) ko‘rinishda uzatilmay, diskret qiymatlar (impulslar) ko‘rinishida uzatiladi. Uzatilayotgan signalning bir lahzalik oniy qiymatini har xil usul bilan aks ettirish mumkin, masalan: impuls amplitudasi, amplituda impulsli modulyasiya (AIM), impulsning davomiyligi (kengligi), keng impulsli modulyasiya (KIM), nuqtaga nisbatan vaqt bo‘yicha impulsning holati, faza impulsli modulyasiya (FIM) va x.k. Boshqacha so‘z bilan aytganda kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish usuli qo‘llanilganda so‘zlashuv toklari kommutatsiyasi analog shaklda emas, raqamli ko‘rinishda amalga oshiriladi. Analog signalni raqamli signalga aylantirishda yuqorida ko‘rilgan analog usullar (AIM, KIM, FIM) emas balki raqamli usullar keng tarqalgan. Raqamli o‘zgartirish usullariga, impuls-kodli modulyasiya (IKM), delta modulyasiya (DM) va x.k. kiradi. IKM yordamida analog signalni raqamliga o‘zgartirish jarayoni uchta ketma-ketlikdagi tadbirdan iborat: vaqt bo‘yicha analog signalni diskretlash, diskret otschetlarni satx bo‘yicha kvantlash va kvantlangan qiymatlarni kodlash. Diskretlash jarayoni, Kotelnikov teoremasiga binoan amplituda-impulsli modulyasiya (AIM) yordamida amalga oshadi. Bunday holda takrorlanish davri T (yoki diskretlash chastotasi fg ) va impuls davomiyligi τu parametrlari bilan impulslar ketma-ketligini hosil bo‘ladi. Impulslar ketma-ketligining diskretlash chastotasi, buzilishlarsiz so‘zlashuv spektrini uzatishni ta’minlash uchun etarli satxda yuqori bo‘lishi kerak. Kotelnikov teoremasiga muvofiq, 0 dan fmaksgacha bo‘lgan chastota spektri bilan chegaralangan har qanday signalni, ketma-ket joylashgan diskret qiymatlar ko‘rinishida uzatish mumkin. Diskeretlash chastotasi uzatilayotgan signalning eng yuqori chastotasidan taxminan ikki marta katta bo‘lishi kerak: fg≥2 fmaks. Misol tariqasida 1.2 – rasmda IKM vositasi yordamida analog signalni raqamli signalga aylantirish prinsipi (a) analog signal, b) impulslar ketma-ketligi ya’ni diskret signal, v) esa diskretlash va kvantlash jarayoni) keltirilgan. Birinchi diskretlovchi signal yordamida analog signal diskret qiymatlarga ajratiladi, ya’ni AIM amalga oshiriladi. Kvantlash tadbirida, har bir (bir lahzalik) diskret AIM signalning amplituda qiymatini aniqlash uchun kvantlash shkalasi ishlab chiqiladi. Shkala, satxlar sonining kodli tizimiga bog‘liq. Agar ikki asosli kod ishlatilsa, kvantlash satxlari soni “2” aniqlanadi. Misol uchun kodli elementlar soni n=3 bo‘lsa, unda 23=8, demak sakkiz sathga ega 0......7. Bunda kvantlash qadami ∆. Liniyaga ikkilik kodning amplituda satxini raqami uzatiladi (1.2.g – rasm). Qabul qilish punktida uzatilgan uzluksiz signalning diskret qiymatlari qayta tiklanadi. Lekin qabul qilingan qiymatlarning barchasi ham uzluksiz signalning amplituda qiymatlariga mos tushavermaydi. Chunki kvantlash jarayonida hosil bo‘lgan buzishlar (kvantlash shovqinlari) signal bilan birgaliniyaga tushadi. Buni kamaytirish uchun kvantlash qadami kichraytiriladi. Har bir impuls takrorlanish davri (T)ning faqat bir qismini egallagani uchun, uning orqasidan boshqa signal axborotini uzatish mumkin. Ular vaqt bo‘yicha surilib uzatiladi, demak vaqt bo‘yicha surilgan bir necha kanallarni hosil qilish mumkin. Har bir kanalga bir xil takrorlanish chastotali, lekin vaqt bo‘yicha surilgan aniq impulslar ketma-ketligi beriladi, telefon signallari uchun so‘zlashuv chastotasining eng katta qiymati fmaks=3400 Gs ga teng bo‘lganligi tufayli, impulslarning takrorlanish chastotasi fg≥2fmaks=2x3400=6800 Gs, 600 Gs filtrlash oralig‘i (2x600=1200Gs)ni hisobga olganda esa fg = 8 KGs deb qabul qilingan, bunda takrorlanish davri Ts=1/ fg=1/8x103=125 mks; Hozirgi paytda ShTT ulanuvchi liniyalari sifatida IKM-30 (sixronizatsiya va signalizatsiya signallarini uzatish inobatga olinsa 32 kanal intervaliga ega bo‘lgan) tizimi keng tarqalgan. Bu tizimda 256 kvantlash sathi qabul qilingan. Elektron ATSlarning KM shu tizim asosida qurilgan, ya’ni bunda zichlashtirilgan liniyalar kommutatsiyasi amalga oshiriladi. Xuddi shu nuqtai nazardan bunday tizimlarda ikki turdagi kommutatsiyalash amalga oshiriladi: fazoviy (F) va vaqt bo‘yicha (V). Fazoviy kommutatsiyalashda, vaqt bo‘yicha kanalni o‘zgartirmasdan aniq kirish va chiqish orqali IKM traktlari orasida ulash o‘rnatiladi (1.4-rasm). 1.2-rasm. IKM prinsipi 1.3-rasm. Vaqt bo‘yicha ajratilgan kanallarni hosil qilish Demak kommutatsiyalash faqat bitta koordinatni, Si-IKM trakti raqamini ishlatib amalga oshiriladi. Vaqt bo‘yicha kommutatsiyalash bitta IKM traktining vaqt bo‘yicha ajratilgan kanallari orasidagi ulanishni ta’minlaydi (1.5 – rasm). 1.4 – rasm. Fazoviy kommutatsiya Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling