Imtihon biletlariga


Download 26.48 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.02.2017
Hajmi26.48 Kb.
#1248

   http://fayl.zn.uz/                                                                  http://azamat.moy.su/ 

 

 



) ) ) ) )

 

 

9-SINF TARIX FANIDAN 



IMTIHON BILETLARIGA 

JAVOBLAR 

{Namuna}

 

[2015-2016-o‘quv yili] 



Sport

 

 



 http://fayl.zn.uz/                                   http://azamat.moy.su/

 


   http://fayl.zn.uz/                                                                  http://azamat.moy.su/ 

 

  



 

 



  

29-bilet  

1.Vizantiya davlati.  

Imperator Feodosiyning o‘g‘illari 395-yili Rim imperiyasini ikki mustaqil davlatga: G‘arbiy Rim 

imperiyasi poytaxti Rim va Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya) poytaxti Konstantinopolga 

bo‘lib olishadi. Konstantinopol shahri o‘rnidagi Vizantiy (Megara koloniyasi) nomidan Sharqiy 

Rimni ko‘pincha Vizantiya deb ham nomlashadi. IV asrda Vizantiya tarkibiga Bolqon yarim oroli, 

Kichik Osiyo, Kavkaz, Suriya, Falastin, Misr, shuningdek, Krit va Kipr orollari kirgan. Sharqiy Rim 

imperiyasida: ellinlar, suriyaliklar, armanlar, gruzinlar, yahudiylar va boshqa xalqlar lardan yunonlar 

son jihatidan ko‘p bo‘lgamdan davrlar o‘tib, yunon tili lotin tilini surib chiqaradi va davlat tiliga 

aylanadi.

 

Vizantiyada qulchilik saqlanib qolsa-da. aholining katta qismini erkin dehqonlar tashkil 



etishi, sun'iy sug‘orishga asoslangan sermahsul ziroatchilikning bo‘lishi uning iqtisodiy 

barqarorligini ta’minlaydi. Shuning uchun imperiyada VI asrda ham Konstantinopol, 



Aleksandriya, Antioxiya, Edess shaharlari yirik savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida 

gullab-yashnagan.



 

2.

 



Galikarnas maqbarasi.  

Galikarnas maqbarasi – Qadimgi dunyoning 7 mo‘jizasidan biri. Qadimgi Yunonistonda kichkina 

Kariy podsholigi bo‘lgan. Uning poytaxti Galikarnas shahri edi. U nihoyatda boy va go‘zal shahar 

bo‘lgan. Galikarnas maqbarasini miloddan avvalgi 353- yilda vafot etgan podsho Mavsol qurdirgan. 

Bu bino ham maqbara, ham ibodatxona vazifasini bajargan. Maqbaraning kengligi 66 metr, uzunligi 

77 metr, balandligi esa 46 metr bo‘lgan. 

3.

 



Abu Nasr Farobiy hayoti va faoliyati.   

(873-950-yillarda yashab ijod qilgan) 873-yiIda Aris suvining Sirdaryoga quyilishida joylashgan 

Forob shahrida tug‘ilgan. U avval ona shahrida, so‘ngra Samarqand, Buxoro va Bag‘dodda bilim 

olgan. Umrining oxirlarida Xalab va Damashq shaharlarida yashagan. Forobiy riyoziyot, falakiyot, 

tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik, tarbiyashunoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan. 

U 160 dan ortiq asar yozib, o‘rta asrfan va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shdi. Bular orasida 

Arastuning “Metafizika ” asariga sharh", “Musiqa kitobi”, Baxt saodatga erishutv haqida”, “Tirik 

mavjudot a’zolari haqida”,“Fozil odamlar shahri” va boshqa ko‘pgina asarlari muhim ahamiyatga 

ega bo‘lgan. Forobiy bilimli, ma’rifatli, fikr-mulohazalarining kengligi va mantiqning teranligi 

tufayli Sharqda Arastudan keying yirik mutafakkir — “Muallimi soniy” nomi bilan shuhrat topdi. 

4.

 



“Qur`on” atamasiga izoh bering.  

“Qur’on”    arabcha-o‘qish,  qiroat  qilish.  Musulmonlarning  Alloh  tomonidan  Muhammad 

payg‘ambarga vahiy orqali nozil qilingan, islom dinining muqaddas kitobi.  

  

30-bilet  

  

1.Misr davlati.  

Dunyodagi dastlabki davlat Misrda tashkil topgan. Bu davlatning hukmdorlari fir’avn deb atalgan. 

Davlatning kuchi –o‘zi joriy etgan  qonunlarda va shu qonunlarga jamiyat a’zolarining bo‘ysundirish 

vositalariga egaligida edi.  

2.

 



Oqsaroy obidasi. 

Amir Temur o‘zining saxovati va himmatini Shahrisabz va Samarqandda oliy imoratlar qurdirishda 

ko‘rsatdi. O‘zining ona-Vatani Shahrisabzda otasi va o‘g‘li Jahongirning qabri ustiga maqbara 

qurdirdi, katta jome masjidini bunyod etdi. Shahrisabzda dunyoga dong‘i ketgan mashhur Oqsaroy 

qad ko‘tardi. Bu muhtasham saroyning peshtoqi, toq-u ravoqlari va devorlari zangori va oltin 

rangdagi arabiy naqshli koshinlar, guldor o‘ymakor parchinlar bilan ziynatlandi. Shahrisabzdagi 

mashhur Oqsaroyning koshinkor va parchinkor peshtoqining guldor naqshlari orasiga “Agar bizning 

quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq” degan xitobnoma bitilgan.  

3.

 

Daniel Defo hayoti va faoliyati.   



   http://fayl.zn.uz/                                                                  http://azamat.moy.su/ 

 

  



 

 



O‘z davrinng ko‘zga ko‘ringan ma’rifatchi yozuvchilaridan biri Daniel Defo (1660-1731) edi. 

Uning 


≪Robinzon Kruzoning hayoti va g‘aroyib sarguzashtlari≫ asari hamon sevib o‘qiladi. 

Shotlandiyalik dengizchi A. Selkrikning kimsasiz oroldagi 4 oyga yaqin sarguzashtlari yozuvchining 

qalamida 28 yillik g‘aroyib sarguzasht bayoniga aylangan. D. Defoning qahramoni Robinzon Kruzo 

ishbilarmon, mehnatsevar, o‘z kuchiga ishonuvchi inson.  Robinzon kimsasiz orolda tirishqoqlik 

bilan uy quradi, idish-tovoq tayyorlaydi. Mebel yasaydi, hayvonlarni o‘ziga o‘rgatadi va ularni 

ko‘paytiradi. Robinzon boshqalarni ham ishlashga majbur qila oladi. Bunga o‘limdan qutqarib 

qolingan yovvoyi Jumavoy obrazi misoldir. Robinzon uni o‘ziga xizmatkor qilib oladi. Robinzon - 

yangi shakllanayotgan qatlam - burjuaziya vakili obrazidir. Unda uchinchi tabaqa vakilining 

uddaburonligi va sog‘lom fikri aks etgan. Asar mehnat, aniq insoniy fikr, tirishqoqlik va jasorat 

madhiyasi bo‘lib qoldi. 

4.

 

“Anarxizm” atamasiga izoh bering.  



Anarxizmyunoncha — hokimyatsizlik, beboshlik )— rahbar sifatida faqat alohida shaxsning 

xohish-irodasinigina tan olib, har qanday hokimiyat va davlat tuzumini rad etuvchi ta’limot. 



_______________________________________________________________________________ 

Barcha  savollarga  javoblarni  ko‘chirib  olmoqchi  bo‘lsangiz  biz  bilan 

bog‘laning. +99890-716-73-71. Azamat. 

 

 

 

Xizmat haqi – 3.000 so‘m. 

To‘lovlarni paynet orqali to‘lash mumkin.  

------------------------------------------------------------------------------ 

Ushbu savollarga javob tayyorlash uchun yaxshigina vaqt va mehnat sarf qilingan. 

Buni  o‘zingiz  ham  yaxshi  bilasiz.  Shartlarimiz  ma’qul  kelsa  va  sizga  to‘liq 

javoblar kerak bo‘lsa

 

+99890-716-73-71 mazkur nomerga 3.000 so‘m paynet qiling 

va bizga  

 yoki qo‘ng‘iroq orqali xabar qiling. So‘ng sizga 

ko‘chirib olish uchun ssilka kodini taqdim qilamiz. Bizga ishonishingiz mumkin. 

Chunki biz sizga ishonganimiz uchun shu ishga qo‘l urdik.  

Imtihonlarga 

ham 

sanoqli 

vaqt 

qolmoqda. 

Tayyorgarlikni 

esa 

kechiktirmaslik  kerak.  Ushbu  javoblar  kitobchasi  imtihonlarga  tayyorlanish 

uchun siz uchun yaqin ko‘makchi va qo‘llanma bo‘lishiga ishonamiz. Bir narsani 

ta’kidlash  kerakki,  biz  foyda  ko‘rish  uchun  emas,  balki  sizning  vaqtingizni  bir 

necha kunlarga tejashga harakat qildik. Sizdan esa ushbu javoblarni tezda o‘qish 

va chuqur tayyorgarlik ko‘rishlikni maslahat beramiz. 

 

Barchangizga OMAD YOR BO‘LSIN! 

 

Hurmat bilan sayt ma’muriyati.

 

Download 26.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling