In kislotalar bilan hosil qilgan kompl


Oddiy va murakkab oqsillar


Download 85.76 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi85.76 Kb.
#1406502
1   2   3
Bog'liq
Har qanday tirik organizmning xujayralarini tarkibiy qismini tashkil etadigan birikmalarning eng muhimi va asosiysi oqsillar hisoblanadi

Oddiy va murakkab oqsillar. Barcha oqsillar ikkita katta guruhga: oddiy va murakkab oqsillarga bo’linadi. Oddiy oqsillar faqat aminokislotalardan tashkil topgan bo’ladi. Murakkab oqsillar tarkibida aminokislotalardan tashqari, oddiy metall atomi yoki boshqa oqsil bo’lmagan murakkab moddalar ham uchraydi.
Oddiy oqsillar suvda yoki boshqa eritmalarda erish xususiyatiga qarab bir-biridan farq qiladi. Toza distillangan suvda eriydigan oqsillar albuminlar deb ataladi. Tuxum oqsili, bug’doy va no’xat oqsillari albuminlarga misol bo’ladi. Osh tuzining kuchsiz eritmasida eriydigan oqsillar globulinlar deyiladi. Qon tarkibidagi oqsillar va ko’pchilik o’simlik oqsillari globulinlarning vakillaridir. Tirik organizmlarning hujayralarida yana spirtlarda, kuchsiz ishqoriy eritmalarda eriydigan oddiy oqsillar ham mavjud.
Murakkab oqsillar tarkibidagi boshqa oqsil bo’lmagan birikmalarning xarakteriga qarab, nukleoprotein, xromoprotein, lipoprotein va boshqalarga bo’linadi.
Biologik sintez reaksiyalarning to’plami plastik almashinuv (yoki assimilyatsiya) deb ataladi. Modda almashinuvida bu turning nomi uning mohiyati bilan bog’liq: hujayra tashqaridan kelayotgan oddiy moddalar hisobiga o’zi uchun zanir bo’lgan birikmalarni hosil qiladi. Quyida plastik almashinuvning eng muhim shakllaridan biri bo’lgan oqsil biosintezini ko’ramiz. Chunki tirik organizmlarda boradigan har xil biokimyoviy jarayonlar orasida oqsil birikmalarining sintezi alohida o’rin egallaydi. Moddalar almashinuvi aslida oqsillar almashinuvi bilan bog’liq bo’tib, oqsillarga xos bo’lgan biror xususiyatning o’zgarishi ayni paytda moddalar almashinuvi jarayonining o’zgarishiga ham sabab bo’ladi.
Oqsillarning biologik vazifasi asosan aminokislotalarning oqsil molekulasidagi o’rni ya’ni, ularning ketma-ketligi bilan aniqlanadi. Binobarin, bunday molekulalar biosintezi oldindan belgilangan reja bo’yicha amalga oshishi kerak. Bunday reja DNK molekulasida 4 xil nukleotidlarning yordamida yozilgan bo’lib, u oqsil molekulasining nusxasi yoki qolipi deb yuritiladi. 20 xil aminokislotaning DNK molekulasidagi 4 xil nukieotidlar yordamida ifodalanishi 
Download 85.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling