Indekslar to'g'risida tushuncha va ularning turlari
Miqdor ko'rsatkichlari indekslari
Download 221.02 Kb.
|
Statistika
2.3. Miqdor ko'rsatkichlari indekslari
Indekslar nazariyasida qaysi ko’rsatkich indekslashtirilsa, u indekslashtiriladigan miqdor deyiladi. Umumiy indekslarda indekslashtirilayotgan miqdor so’zi o’rniga indekslashtirilayotgan belgi va uning vazni tushunchalari ishlatiladi. Masalan, baho umumiy indeksi hisoblanayotgan bo’lsa, indekslashtirilayotgan belgi baho hisoblansa, uning vazni sifatida mahsulot miqdori olinadi. Qancha miqdor ko‘rsatkichi bo‘lsa, shuncha miqdor indeksi mavjuddir. Ularning soni ko‘pligi sababli biz eng ko‘p ishlatiladiganlarini o‘rganamiz. Mahsulot fizik hajmi shunday miqdor ko‘rsatkichlardan biridir. Tekshiruvchi qo‘lida bir korxonada ishlab chiqarilgan turli o‘lchovlardagi va vaqtlardagi mahsulotlar haqida ma’lumot mavjud. Ularni o‘zaro taqqoslash zarur. Bu muammoni quyidagicha hal qilish mumkin. Bevosita qo‘shishga halaqit beradigan (naturada) mahsulotlarni qandaydir bir aniq o‘lchagichlar yordamida bitta bir xil o‘lchov birligiga keltirish orqali mahsulotning umumiy hajmini davrlar bo‘yicha aniqlab, ularni o‘zaro taqqoslash mumkin. Boshqa ko‘rsatkichlarga qaraganda, bu vazifani juda ko‘p hollarda mahsulot birligining bahosi bajaradi. Bahoni miqdorga ko‘paytirib, har bir mahsulot turining qiymatini aniqlaymiz va bu individual qiymatlarni qo‘shib mahsulotlarni barcha turlari va guruhlari bo‘yicha ularining umumiy hajmi aniqlanadi. Bahodan tashqari, mahsulot bir birligini tannarxi, mahsulot bir birligiga sarflangan mehnat xarajatlari kabilar ham bu vazifani, ya’ni taqqoslagich (vazn) rolini bajarishi mumkin. Umumiy indekslar agregat va o‘rtacha shakllarda bo‘ladi. Agregat indekslar deb, maxsus taqqoslagichlar (vazn) yordamida joriy va o‘tgan davrlar uchun hisoblangan to‘plamlarni o‘zaro taqqoslashga aytiladi. Statistikada, deyarli hamma hisoblar o‘z umumiy ifodasini matematik formulalarda topgani tufayli agregat shakldagi indeksni ham quyidagicha formula ko‘rinishida yozish mumkin. Bu indeks mahsulot ( yoki tovar oboroti) hajmining umumiy indeksidir. Bu erda va joriy va bazis davrlardagi mahsulot qiymati. Ko‘rinib turibdiki, bu indeks mahsulot fizik hajmini emas, uni qiymatining o‘zgarishini xarakterlamoqda, ya’ni baho o‘zgarsa, qiymat ham o‘zgaraveradi. SHuning uchun faqatgina mahsulot fizik hajmini o‘zgarishini aniqlash uchun indeks vaznlari ikki davr uchun ham bir xil olinishi kerak. Boshqacha aytganda, bizning maqsadimiz indekslashtirilayotgan belgi (q) o‘zgarishini o‘rganish bo‘lib, vaznlarning o‘zgarishi umumiy o‘zgarishga o‘z ta’sirini o‘tkazmasligi kerak. Demak, vaznlar bir davr uchun olinadi. SHunday qilib, fizik hajmi indeksini tuzishda vazn sifatida o‘tgan davr baholari (ko‘p yil bo‘lsa baza qilib olingan bir yil bahosi) olinadi. Fizik hajmi indeksi formulasini quyidagicha yozish mumkin: bu erda: q1p0 - joriy davrdagi mahsulotning qiymati (o‘tgan davr bahosida); q0p0 – bazis davridagi mahsulotning qiymati. Har qanday agregat indeksni boshqa indekslardan farqi va o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning sur’ati va maxrajida ikki ko‘rsatkich ko‘paytmasining yig‘indisi keltiriladi, ulardan bittasi, ya’ni indekslashtirilayotgan belgi o‘zgaradi, ikkinchisi – indeks vazni o‘zgarmas bo‘ladi. Umumiy indekslarni agregat shaklda hisoblash uchun indekslashtirilayotgan belgi va uning vaznlari haqida har bir mahsulot va davrlar bo‘yicha alohida ma’lumotlar mavjud bo‘lishi shart. Lekin bu narsaga hamma vaqt ham erishib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham agregat shakldagi indekslarni hisoblash mumkin bo‘lmagan paytlarda o‘rtacha indekslardan foydalaniladi. Download 221.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling