Individ lotincha “individium” so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi. Individuallik
Adaptatsiya — shaxsning oʻz ichki xususiyatlarini oʻzi yashayotgan muhit xususiyatlaridan kelib chiqqan holda oʻzgartirishi. ldentifikatsiya
Download 32.26 Kb.
|
Shaxs ijtimoiylashuv1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqlid qilish
- Shaxs ijtimoiylashuvi bosqichlari
Adaptatsiya — shaxsning oʻz ichki xususiyatlarini oʻzi yashayotgan muhit xususiyatlaridan kelib chiqqan holda oʻzgartirishi.
ldentifikatsiya — mdivid tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xulq-atvorini, qadriyatlarini va ijtimoiy me'yorlarini oʻzida qayta tiklashi (o’ziniki qilib oʻzlashtirish). Taqlid qilish — individ tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xatti-harakati, yurish-turishi, gapirishini oʻzida qayta tiklash (oʻziniki qilib oʻzlashtirish). Ishonish — individ tomonidan ongli va ongsiz holatda u bilan muloqotga kirgan insonlarning fikrlari, his-tuygʻulari, dunyoqarashlarini oʻzida qayta tiklash (o'ziniki qilib oʻzlashtirish). Shaxsning ijtimoylashuvi borasida ish olib borgan olimlardan biri K.Frommdir 2shShaxs ijtimoiylashuvi bosqichlari Shaxs ijtimoiylashuvining quyidagi bosqichlari mavjud: Rus sotsiologi N.Andreyenkova ijtimoiylashuv jarayonini ikki katta bosqichda tasavvur qiladi. Uning birinchi bosqichi — individning ijtimoiy mavjudod sifatida shakllanishini ta’minlovchi hayot bo‘lagini o‘z ichiga olib, u inson hayotining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadi. Bu bosqichda quyidagilar amalga oshadi: • ilk ijtimoiylashuv (bolalik davri); • m e’yortiv xulqning marginal jihatlarini o‘zlashtirish (o'smirlik davriga to‘g ‘ri keladi); • ijtimoiylashuv oqibatlarining yaxlit namoyon bo‘lishi (o‘spirinlikdan balog'at yoshiga o‘tish davrini o‘z ichiga oladi). Ikkinchi bosqich — shakllanib bo‘lgan shaxsning jamiyatda faoliyat yuritishi davrlarini o‘z ichiga olgan hayot bosqichi. Bunda shaxs dastlab mehnatga yaroqli jamiyat a’zosi sifatida, so‘ngra nafaqa yoshiga yetgan inson sifatida o‘z o‘rniga ega boladi. Ijtimoiylashuvning dastlabki yillarida uning samaradorligi ko‘proq yuqorida ta’kidlaganimizdek, oila, undagi ijtimoiypsixologik muhit va ota-onaning tarbiyachilik burchini qanday ado etganligiga bog'liq bo‘lsa, uning keyingi bosqichlarida ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarining roli ortib boradi. Shunga mos ravishda ijtimoiylashuv usullari ham turlicha bo‘ladi. Ijtimoiylashuv bosqichlari haqida F.Akromova quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: Birinchi bosqich — mehnat faoliyatigacha bo‘lgan bosqich bo‘lib, unga bolaning maktabgacha yosh davri hamda o‘qish yillari kiradi. Bu davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongga singdiriladi, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasida muhim bosqich o‘tiladi. Ikkinchi bosqich — mehnat faoliyati davri — bu davr odamning yetuklik yillari bilan bog‘liq bo‘lib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faoliyatda, shaxslararo munosabatlarda namoyon etadi. Bu davrda kasbga ega bo‘lish, aniq hayot yo‘lini tanlash, turmush qurish, kelgusi avlodni tarbiyalash kabi shaxsning barcha ijtimoiy fazilatlari shu davrda shakllanadi. Nihoyat, uchinchi bosqich — mehnat faoliyatidan keyingi davr bo‘lib, bunga asosan mehnat faoliyatidan so‘nggi qarilik gashtini surayotganlar kiradilar. Bu davrda ham shaxs ijtimoiylashuvi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko‘ra shaxs tuzilishida ham xususiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Katta yoshdagi ijtimoiylashuvning o‘ziga xosligi shundaki, unda individualizatsiya jarayoni aniqroq, sezilarliroq kechadi. Chunki katta odam nafaqat tashqi ta’sirlarni o‘ziashtiradi, balki o‘zidagi iqtidor, malaka, hayotiy tajribasi bilan boshqalarga ham tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatadi, amalda yoshlarga shaxsiy o‘rnak ko'rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan, qarilikning ijtimoiy mohiyati shundaki, ota-bobolarimiz asosan o'zlaridagi mavjud ijtimoiy tajribani boshqalarga (farzandlar, nabiralar, mahalladagi yoshlar va hokazo) uzatish bilan shug‘ullanadilar va bu narsa avniqsa, Sharq xalqlarida juda e’zozlanadi. Xalqimizdagi «qari bilganni pari bilmas» degan naql ham bobolar va momolar o‘gitlarining tarbiyalovchi mohiyatini aks ettiradi. Shu sababli ham mustaqil yurtimizda qariyalar e’zozlanadi, mahallaning boshqaruv roli kun savin oshirilmoqda, oila tarbiyaning bosh o‘chog‘i sifatida davlat himoyasida bo‘lib kelmoqda. Bu mustaqil davlat voshlarida yangicha tafakkur va ongning shakllanishiga, yurtga sadoqat, vatanparvarlikning rivojiga o‘z hissasini qo’shadi. Shaxsiyatni ijtimoiylashtirish bosqichlari Jamiyatda shaxsni shakllantirish jarayoni bir necha bosqichda amalga oshiriladi: Download 32.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling