Individual loyiha
Download 219.94 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5404663373566577610
Birichidan, masofali o`qitishning asosiy tamoyillaidan biri - 24*7 (bir kecha-kunduzda 24
soat va haftada 7 kun) tamoyili, o`quv materiali bilan ishlash uchun vaqt bo`yicha chegaralarning to`la yo`qligi.
Ikkinchidan, masofali o`qitish fazoviy chegaralardan to`la ozod qilingan, chunki u WWW texnologiya asosida qurilgan virtual fazoda amalga oshiriladi, Internet texnologiyasi qo`llanilganligi uchun o`quvchilar ta`lim muhitiga ixtiyoriy kompyuter orqali kirishlari mumkin.
markazining vazifasini bajaradi. O`quvchi uchun zarur bo`lgan barcha ma`lumotlar ushbu saytda joylashgan. Masofali o`quv kurslarining o`zlari to`laqonli sifatdagi ta`limga zarur o`quv materiallarning o`ziga hos kutubxonasini tashkil etadi. Bundan tashqari, tinglovchilar Internet orqali virtual kutubxonaning o`qish uchun eng zarur bo`lgan ashyolariga kirish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Shuni ta`kidlash kerakki, virtual muxit tinglovchilarga kunduzgi o`qish shaklidagiga qaraganda ancha ko`proq vizual axborot (matnli, illyustrasiyali, video, audio) berish imkoniyatina ega.
Internet Web-tugun uzeli tinglovchilar uchun har doim-kunning ixtiyoriy soati va haftaning ihtiyoriy kunida ochiq bo`lgan, Internetga ulangan kompyuteri bo`lgan ixtiyoriy joy (fakultet, uy, ishxona) dan kirish mumkin bo`lgan o`ziga hos sinf xonasidan iborat bo`ladi. Bundan tashqari, Internet Web-tugun-dam olish uchun xona, pochta aloqa bo`limi, jadvalni ochish uchun e`lon taxtasi va zachet va imtihonlarni qisman o`tkazish joydan iborat. Internet Web-tugun tinglovchilarga Internetning o`quv va axborot ashyolari haqida ma`lumotlarni taqdim etadi, global axborot tarmog`ining o`quv koinotiga oynadan iborat bo`ladi. Tyutor, o`qituvchilar va boshqa tinglovchilar bilan aloqa saytda yaratilgan o`quv-ta`lim muxitida elektron pochta, munozarali forumlar va chat-tizimlar vositalari orqali amalga oshiriladi.
Internetning interfaol imkoniyatlari ta`limning jamoaviy uslublari ta`minlaydilar. Tinglovchi eletron forum yoki jo`natmalar ro`yhati orqali hamkasblariga ma`lumot yuborishlari mumkin, yoki o`quv loyixa ustida bajariladigan jamoaviy ishlar asboblaridan foydalanishlari mumkin. Tinglovchilar, darslarga majburiy qatnashishlaridan ozod bo`lganlaridan so`ng, ular turli geografik xududlardan ma`lumotlar yoki interfaol muhokamalar bildan almshishlari mumkin. O`qituvchi uchun faqat real vaqtda amalga oshayotganlarni rejalashtirish va mulohazalarni jo`natish qoladi. Kompyuterli ta`lim. Masofali o`qitishning muhim elementlaridan biri kompyuterli o`rgatuvchi dasturlaridan foydalanib o`qitishdir. Kompyuterli o`qitish 60 yillardan e`tiboran boshlangan. Talaba(tinglovchi)lar faqat matn tartibidagina ishlashni bilishiga qaramay, o`quv jarayonining samaradorligi ko`tarilgan.Talaba o`quv materialni yaxshiroq esda qoldirgan, o`quv
jarayoni tezlashgan. Multimedia vosita(matn, grafika, animasiya, tovush)larini ishlab chiqish ta`limni samaradorligini yetarlicha ko`tardi. Masofali o`quv kurs (MO`K) bir o`quv predmetini o`rganish uchun zarur bo`lgan o`quv materiallarining o`ziga yetarli majmuidir. Masofali kurs bu: etarlicha hajmdagi matn, rangli tasvir va grafiklar, animasiyalar, audio-video- lavhalarga ega bo`lgan ma`ruzalar multimedia kursi; tinglovchilarni tarmoqli o`qitish va nazorat qiluvchi testlash va bilimlarini bir onda baholash; tinglovchilarni o`quv vazifalarni bajarishning joriy grafigi haqida avtomatik ma`lum qilish; aniq mavzu bo`yicha jahon axborot manbalariga ega bo`lgan saytlarga murojaatlarni ifodalaydi. O`qituvchi va tinglovchilar bilan faol muloqot. Masofali o`qitishning asosiy elementlaridan biri tinglovchilarning o`qituvchi va boshqa tinglovchilarlar bilan faol muloqot qilishidir. Bu jarayon: elektron pochta; jo`natmalar ro`yhati; munozarali forumlar; chat-tizimlar; on-laynli seminar va munozaralar; teleanjumanlarni foydalanib amalga oshiriladi. Masofali o`qitishdagi muloqot shakllarining xususiyati o`qituvchining o`quv jarayonidagi roliga ta`sir qiladi: u tinglovchini boshqa shakllardagiga qaraganda ko`proq o`quv jarayonida faqat yo`naltiruvchisi bo`lgan ko`makchi, o`rgatuvchi va rahbar bo`ladi. O`qituvchining monologi ko`proq birini tajribasi ko`proq bo`lgan ikki hamkasbning muloqoti(dialogi)ga aylanadi. Shuni ta`kidlash kerakki, masofali o`qitishda matn, grafik, vidielavhalar, nazorat, va shu kabi ko`rinishda keltirilgan dasturlarga on-laynli (to`g`ridan-to`g`ri) kirish muhim ahamiyat kasb etadi. O`qituvchi tomonidan yaratilgan masofali o`quv kursining o`quv materiallari o`qituvchining tinglovchiga murojat qilish shakllaridan iborat An`anaviy sirtqi shakldan farqli ravishda, masofali o`qitish tinglovchini shaxsan nazorat ishlarini topshirish va himoya qilishdek yetarlicha mashaqqatli vazifasidan ozod etadi.
Masofali o`qituvchiga E-mail orqali doim chiqish mumkin va u tinglovchida hosil bo`lgan savollarga javob berishga tayyor. Yangi ming yillika ta`limning yangi va eng zamonaviy texnologiyalari bilan Internet tarmog`idan o`quv-tarbiya jarayonida foydalanishning didaktik imkoniyatlari: Masofali o`qitish didaktikasi. Xozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda O`zbekiston ta`lim tizimi oldida turgan vazifalardan biri aholining keng tabaqasiga sifatli va tushunarli ta`lim berishdan iborat. Kuzatishlar shuni ko`rsatmoqdaki, respublikamizda an`anaviy ta`lim tizimi udasidan chiqmaydigan, ta`lim xizmatiga zarurat tug`ilayotgan shaxslar kontengenti paydo bo`lmoqda. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: OTM lari markazlardan uzoqda joylashgan mamlakatimizning qamroq o`zlashirilgan xududlarida istiqomat qiluvchi turli yoshdagi shaxslar; Yangi bilim yoki ikkinchi ta`lim olishga xoxish bildirgan kishilar; OTM ga kirishga tayyorlaydigan ta`lim xizmatlaridan foydalanuvchilarning keng kontengenti; An`anaviy ta`lim tizimidan foydalanish imkoniyati chegaralanganligidan, o`qishni ish bilan birlashtira olmagan va boshqa maxsus shartlar (qishloqda yashaydiganlar, sportsmenlar, posbonlar, ko`chmachilar va hokazo)ga ko`ra ta`lim xizmatlarini ololmaydigan shaxslar; O`zbekiston qo`rolli kuchlar saflarida haqiqiy xizmat qilayotgan, shuningdek, ofiserlar zaxirasiga bo`shatilayotganlar va ularning oila a`zolari; Stasionar sharoitlarda doimiy ta`lim olishga tibbiy chegaralangan (nogironlar, kasalxonalarda shifolanayotganlar, xomiladorlar, uyda ta`lim olishga muxtoj bo`lganlar va boshqalar) shaxslar; Qayta tayyorlov va malaka oshirishga muxtoj turli darajadagi menejerlar, o`qituvchilar va boshqa mutaxasislar jamoasi; Maxsus tizim sub`ektlari (masalan, mahkum qilinganlar va to`g`rilash muassasalarining xizmachilari); Xorijiy ta`lim muassasalarida o`qishga xoxish bildirgan shaxslar; Mos bandlik xizmatlarida ro`yhatga olingan bo`shatilgan va qisqartirilgan shaxslar; Turli sabablarga ko`ra O`zbekistonga kelib o`qishga imkoniyati bo`lmagan, lekin ta`lim olishga xoxish bildirgan chet el fuqorolari. Yuqorida keltirilgan dalillar, paydo bo`layotgan axborot jamiyatga monand mavjud ta`lim tizimiga antogonistik bo`lmagan alternativ ta`lim olish shakllarini izlash, sinash va qo`llash zarurligidan dalolat bermoqda. Bu ta`lim O`zbekiston respublikasi Konstitutisiyasi va "Ta`lim to`g`risida"gi qonunda belgilangan ta`lim olish huquqini to`la ta`minlashi va gumanistiklik
tamoyilini qanoatlantirishi, ya`ni to`la ta`minlanmaganligi, teritorial (geografik) ajralganlik, ijtimoiy muxofaza qilinmaganlik va jismoniy kamchiligiga ko`ra yoki ishlab chiqarish va shaxsiy ishlari bilan mashg`ulligi tufayli ta`lim muassasasiga bora olmaslik sabablariga ko`ra o`qish imkoniyatidan maxrum bo`lmasliklari kerak. Bunday ta`lim olish shakli: - oliy va boshqa ta`lim darajalaridan keng aholi qatlami uchun ularning turar joyi, yoshi va ishiga bog`liq bo`lmagan holda foydalanila olish, bu bilan aholining ta`lim xizmatlariga, davlatni esa sifatli tayyorlangan mutaxassis kadrlarga bo`lgan talablarini qondirish; - ilgarilab borayotgan va uzluksiz ta`limning zarur va konstruktiv g`oyalarini amalga oshirish, mehnat bozorining doimiy o`zgarib turadigan talabiga javob bera olish; - davlat moliyalashtirilishini kamaytirishni kompensasiya qilish, xalqaro integrasiyani kuchaytirish, ijtimoiy kuchlanishni olib tashlash, aholining ijtimoiy va kasbiy oqimini ko`tarish; - ta`lim tizimi tomonidan ko`p yillar mobaynida yig`ilgan bilimlar, xodimlar va materiallar saloxiyatini saqlash va ko`paytirish, OTMlarning pedagogik va ilmiy saloxiyatini to`la foydalanish, mavjud va kelajak yangi axborot texnologiya vositalar (YaATV) ini samarali foydalanish va boshqa qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qila olish imkoniyatini berish kerak.Ta`lim olishning bunday shakli sifatida masofali o`qitish (MO`) bo`lishi mumkin. Xudi shunday talimning eksternat (mustaqil tayyorgarlik ko`rib, attestat yoki diplom yoki boshqa hujjat olish)shakli haqida ham to`xtalish mumkin. Masofali o`qitish yuqorida sanab o`tilgan ta`lim shakllarining eng yaxshi tomonlarini o`zida mujassamlashtiruvchi ta`lim shakli bo`lim shakllanmoqda. Oliy ta`limning vazifasi talabalarni kun sayin to`lib toshaqtgan axborot - ta`lim muxiti sharoitida bemalol mustaqil faoliyat ko`rsataolishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda ishlash sharoitini yaratib berish zarur. Bunday sharoitni ta`limning MO` shaklida amalga oshirish mumkin. Shunday qilib, ta`lim tizimida hozirgi kungacha mavjud bo`lgan "Talabalarni bir davlatdan boshqasiga ko`chish (an`anaviy ta`lim konsepsiyasi)dan", "Ta`lim ashyolarini almashinish orqali bilimlarni taqsimlash maqsadida ko`plab g`oya, bilim va ta`lim (konsepsiyasi)ga o`tilmoqda. MO` o`quvchilarga mustaqil o`kishda eng yuqori foyda va odatdagiday o`quvchilar bilimga emas, balki bilimlar o`quvchilarga harakatlanadigan sharoitlarni optimalashga imkon beradi. Xozirgi kunda jahonda MO` tizimini amalga oshirishda yetarlicha tajriba mavjud. Buyuk Britaniyaning an`anaviy universitetlarida boshqarish sohasi bo`yicha magistr darajasiga mo`ljallangan dasturlarning 50 foyizi MO` orqali amalga oshirilmoqda. Ispaniyadagi Masofali o`qitish Milliy universiteti davlatdagi eng yirik oliy o`quv yurti hisoblanadi. Uning tuzilmasida Ispaniya teritoriyasida joylashgan 58 ta o`quv markaz va undan tashqarida joylashgan 9 ta markaz kiradi.
Fransiyada bu soha bo`yicha dunyoning 120 davlatlaridagi 350000 foydalanuvchini ta`minlaydigan masofali o`qitish Milliy universiteti liderlik qiladi. Britaniyaning ochiq universiteti davlatdagi eng katta oliy o`quv yurti bo`lib, MO` tizimini juda tez rivojlantirmoqda. Umuman dunyo tajribasi, masofali o`qitish an`anaviy universitetlarda o`qitishga qaraganda 40 foyizga arzonga tushishini tasdiqlamoqda. Oxirgi paytlarda MO` kompyuter va telekommunikasiya texnologiyasining yuqori saloxiyatiga yo`naltirilgan. Xozirda MO` elektron- tijorat (tarmoqli tijorat) umumiy nom bilan birlashtirilgan tijorat-jarayonlar keng guruhining lidiriga aylanmoqda. MO` mijoz o`qituvchi-maslahatchi-tyutorga biriktirilib qo`yiladi. Uning vazifasi mijozning o`qishiga rahbarlik qilish, unga murakkab mavzu va savollarlar bo`yicha maslahatlar berish, nazorat ishlari va testlarni tekshirish, mustaqil ishlashning barcha bosqichlarida imtihonlarga tayyorgarlik qilishga ko`maklashish. O`qituvchi bilan mijoz o`rtasidagi axborot almashinish telefon, faks, elektron va oddiy pochta orqali va albatta bevosita bog`lanish yo`li bilan amalga oshirilishi mumkin. O`quv materiallarning komplekti-keyslarni mijoz o`qishga ro`yhatga olingandan keyin oladi. Bular oddiy darsliklar emas, balki turli tashuvchilar- qog`oz, CD, audio, video tashuvchilar yoki serverdagi ma`ruzalar matni, masala va missollar to`plami, praktikumlar, mustaqil ishlash uchun vazifalardan iborat. Modellarni amalga oshirish MO` rivojlanish jarayonida quyidagi "sxema" bo`yicha o`zgargan uslubiy ta`minotni qayta yaratishni ko`zda tutadi: - keyslarga komplekt qilingan va talabalarga mustaqil o`rganish uchun jo`natilgan tuzilishtirilgan o`quv-uslubiy materiallar (keys-texnologiya). Vaqt o`tishi bilan keyslarning ichidagilari o`zgargan. Ular magnit tashuvchilar va SD ROM lardagi yozuvlar bilan to`latilgan. Mashg`ulotlarni o`tkazish va ma`ruzalarni o`qish uchun televizion (TV) texnologiyasini qo`llay boshladilar. Bunda talaba davriy ravishda o`quv markazlardagi tyutorlarning kunduzgi maslahatlariga kelib turishlari kerak edi; - multimediali o`quv kurslari (bunda yaxshi texnologiyalar o`qituvchi-maslahatchi, keyslar, o`yin vaziyatla, imitasion modellarni bo`lishini taqqoza etadi); - tarmoqli masofali o`qitish (birinchini o`zida mujassamlashtirgan) - masofada turib bosh, shu jumladan, xorijiy o`quv yurtlarining o`qituvchilari bilan muloqat qilish imkoniyatini ta`minlaydi; - virtual universitet (MO` ni tashkil etishning eng yuqori shakli, masalan Yevropa ittifoqi virtual universiteti). Instrumental vositalar dinamikasi ham yetarlicha aniq: - an`anaviy nashrlar. Ular turli ko`rinishda: qog`ozda, disketalarda yoki CD ROM larda, Internet/interanet serverlarida taqdim etilishi mumkin;
- audio-video o`quv-axborot materiallar; - avtomatlashtirilgan o`qitish tizimlari (AO`T), shu jumladan multimedia kompyuter dasliklari; - Internet/interanet texnologiyalari. Ulardan MO` foydalanish qulay bo`lganlari: - World Wide Web (WWW). Internet/intranetga multemedia elemntiga ega bo`lgan gipermatnli o`quv qo`llanmalar, nazorat testlari joylashtirish imkonyatini beradi vabevosita kompyuter tarmog`ida o`quv materiallariga interfaol kirishni ta`minlaydi; - FTP (File Transfer Protocol). O`quv yurtining server kompyuteridan mijozning shaxsiy kompyuteriga ixtiyoriy faylni (o`quv qo`llanmalar, Amaliy dasturlar va hokazo) uzatishni ta`minlaydi; - Elektron pochta - E-mail. Masofali o`qitishda o`quvchilarni tyutor bilan asinxron maslahat olishi uchun qo`llaniladi. E-mail servisi, har bir qatnashuvchi muhokama qilinayotgan mavzuga doir o`z fikrini aytishi, savo berishi, boshqa qatnashschilarning ma`lumotlarini o`qishi mumkin bo`lgan vaqt bo`yicha asinxron teleanjuman tashkil etish imkoniyatini beradi; - videoanjuman - kompyuter texnologiyasi bo`lib, unda nafaqat eshitish, balki bir-birini ko`rish, infterfaol tartibda ma`lumotlar bilan almashinish va birgalikda ularni qayta ishlash imkoniyatlarini beradi.
- avtomatlashtirilmagan (keys-texnologiyani foydalaniladigan) MO`. Bu yerda o`qitish vositalari chop etilgan nashrlar-qog`oz tashuvchilardagi qattiq nushalar (darsliklar, o`quv-uslubiy qo`llanmalar, ma`lumotnomalar va hokazo)ni ifodalaydilar; - avtomatlashtirilgan MO`. Uni shartli ravishda televizion, kompyuterli, tarmoqli turlarga ajratish mumkin. Keltirilgan sinflarga ajratish faqat MO` tizimining asosiy guruhlarinigina qamrab oladi. Ko`pchilik zamonaviy MO` tizimlari vositalarning birlashmasi: keys-, TV-, kompyuterli va tarmoqli texnologiyalardan foydalanishga asoslangan. MO`ni amalga oshirishning asosiy muammosi. MO` katta rivojlanish davriga o`tayapti. Atamalarning o`girib turishi (MO` ning ta`rifini ko`pligi buning tasdiqlaridan biridir) MO` ninng dolzarb muammolarini fikrlash jarayonini mo`maygina og`irlashtiradi. Buning ustiga, boshqalari ular doirasida shakllanadigan tayanch atamalar aniq. Bular: - boshqaruv; - ta`lim xizmatlarini tavsiya etadigan xodimlarni shakllantirish;
- mijozlarni shakllantirish; - uslubiy ta`minot; - texnik (apparatli va dasturiy) ta`minot; - xuquqiy ta`minot; - ijtimoiy-psixologik muammolardir.
Download 219.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling