Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi
Ch.Chayld nazaryasi asosida embrional rivojlanish hodisasi. Dominant soha
Download 2.45 Mb.
|
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi
Ch.Chayld nazaryasi asosida embrional rivojlanish hodisasi. Dominant soha
Ch.Chayld va uning izdoshlari (A.V.Bellami) gradient nazaryasini embrional rivojlanish hodisasiga qo’lladilar. Embrion rivojlanishining dastlabki davrida shakl xosil bo’lishi va boshqa jarayonlar fiziologik gradientga bog’liq bo’ladi. Dastlab gavdaning turli qismlari o’rtasida miqdor jihatdan farqlar paydo bo’lishidan oldin sifat jihatdan farqlar paydo bo’ladi. Har xil strukturalar ,morfologik differensiyalar miqdor jihatdan farqlar asosida fiziologik gradient darajasida paydo bo’ladi. Ma’lum uchastkalarning yuksak darajada dominantligi qo’shni uchastkalarning differensiasiyasiga ta’sir etadi. Chayld fikricha, polyarlik va simmetriyalikning paydo bo’lishiga tashqi muhit omillari ta’sir etgan. Tashqi muhit omillari ta’sirida moddalar almashinuvidarajasida farqlar paydo bo’ladi. Bunday miqdor o’zgarishi sifat o’zgarishiga olib keladi. Chayld bunga qo’g’ir suv o’tining (Fucus)tuxum hujayrasini misol keltiradi. Uning tuxum hujayrasi rivojlanishgacha shar shaklida bo’ladi. Rivojlanishning dastlabki belgisi tuxumning ma’lum qismining bujmayishi, qatlanishi hisoblanadi. Bu bujmayish tuxumning tarkibini o’zgartirmaydi (96-rasm). Tuxumning shu joyi cho’zilib, o’sma hosil qiladi. Bu o’sma birlamchi rizoidga, boshqa qismi tallomga aylanadi.bunday ikkita hujayraning hosil bo’lishi ikkita gradient hosil bo’lishiga olib keladi. Chayld aniqlashicha, tashqi muhitning har xil omillari Fucus tuxumida gradient hosil bo’lishiga olib keladi. Agar tuxumning bir tomoniga yorug’lik yetishmasa, rizoid boshqa tomonidan hosil bo’ladi. Polixetlar, nemertinlar va dengiz tipratikaning oogenezini o’rganish davrida Chayld polyarlik muhit omillarining bir xil ta’sir etmasligi tufayli paydo bo’lishiga ishonch hosil qildi. Moddalar almashinuvi intinsiv bo’lgan tuxumning qismi animal qutb, uning qarama qarshi tomoni esa vegitativ qutbini hosil qiladi. Baqa tuxmining animal qutbi follikulalarga arterial qon tomir kirgan tomondan hosil bo’ladi (97-rasm). Polixetlar tuxumi qisqa oyoq bilan substratga yopishadi ,yadrosi qarama qarshi tomonda joylashadi. Oosit polyarligi oziq moddalarning tuxumga kirishi bilan isbotlanadi. Bu oziq moddalar tuxumdon devoridan yoki ko’chirib yuruvchi oziqlantiruvchi hujayralar orqali keladi. O’sayotgan oositga kislorod va kakbonat angidrid miqdorining farqi ham ta’sir etadi. Polyarlikning muhum xususyati polyar tanacha (yo’naltiruvchi tanacha) hosil bo’lishidir. Gidromeduzalar (Phialidium) oositida animal- vegetativ qutblar oksidlanish qaytarilish gradienti bilananiqlanadi. Har xil zaharlar ta’sirida baqa tuxumida animal vegetativ gradient sezgirligi aniq bilinadi. Urug’lanishdan keyin gradientni topish mumkin. Blastula davrida oldingi gradient bilan birgalikda blastopor labi sohasida ham gradient hosil bo’ladi. Gastrulyasiya davrida animal tomondagi fiziologik faollik pasayadi va blastopor sohasidagi gradient faollashadi. Gradient sistemasi mukakkablashib boradi. Dominant sohaning qo’shni uchastka differensiasiyasiga ta’siri rivojlanishning turli bosqichlarida har xil bo’ladi. Shunday qilib, Chayld nazaryasining mazmuni shundan iboratki, tashqi muhitning har xil omillari tuxum va embrionda miqdor o’zgarishlarni hosil qiladi. Bu esa sifat jihatdan farqlar paydo bo’lishiga olib keladi. Differensiasiyaning o’ziga xos xususyati fiziologik faollik bilan bog’liq .yuksak faol qism dominant soha deyiladi. Chayldning fiziologik qarashlari Shpemanning morfologik tadqiqotlariga zid kelmaydi. Biokimyoviy tadqiqotlar ham Chayldning gradient nazaryasini asosan tasdiqlaydi. Masalan ,gradient amfibiyalarda gastrulla bosqichida har bir qismining nafas olishini boshqaradi. Nafas olishning maksimal intensivligi blastopor labining dorsal sohasida , ya’ni Shpeman bo’yicha ,tashkiliy markazda, Chayld bo’yicha ,dominand sohada kuzatiladi. P.P.Ivanov (1949) aniqlashicha, amfibiyalarda gastrulyasiyaning boshida uglevodlar sarfi oshgan. Uglevod almashinuvi embrionning elka tomonida qorin tomoniga nisbatan ko’proq sarf bo’lgan. Oqsil va RNK sintezi maydalanish davrida sodir bo’lmaydi, gastrulyasiya boshlanishi bilan bu moddalar sintezi ham boshlanadi. Ribonukleoproteid sintezi sariqlik moddasi hisobidan tuxumning dorsal tomonida sintezlanadi va dorsoventral gradient paydo bo’ladi. Urug’langan tuxumda RNK ning animal –vegetativ gradientini topish mumkin . Gastrulyasiya davrida bu gradientga yangi RNK sintezi tufayli dorsoventral gradient ham qo’shiladi. Kimyoviy va izikaviy omillar bilan gradientni buzishiga olib keladi. Download 2.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling