Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi
Ko’plab hodisalar hujayralardan yuqori omillar haqida fikr yuritishga olib keladi
Download 2.45 Mb.
|
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi
Ko’plab hodisalar hujayralardan yuqori omillar haqida fikr yuritishga olib keladi .oq planariyani o’rtasidan bo’lganda, dum qism uchun bosh qism tiklanadi. Demak, jarohatlangan joyga yaqin bo’lgan to’qimalar bosh qism hosil bo’lishida ishtirok etadi. Agar oq planariya birinchi tajribaga nisbatan 2-3 mm dumga yaqin joyidan bo’laklarga ajratlsa, qandaydir integrasiya mehanizmlari tasirida shu to’qimalar bosh qismining tiklanishiga emas, balkin dum hosil bo’lishiga sarflanadi. Bu hodisalarni faqat molekulyar va hujayra parametrlari orqali tushuntirish yetarli emas.Operasiya yo’li bilan triton yelka nervining yo’nalishini orqa oyoq tomonga o’zgartiradi. Bu operasiyadan maqsad, shu yo’l bilan qo’shimcha oyoq paydo bo’ladimi? Degan savolga javob berishdir. Agar bu nervni suzgich qanot yoki yelka tomonga burilsa, shu organlar shakllanishi mumkin.Quymich nervini ham normal holatdan oldingi oyoq tomon yo’naltirish mumkin. Natijada qo’shimcha oyoq paydo bo’ladi. Agar bu nerv dum tomonga yo’naltirilsa, dumga o’xshash o’simta hosil bo’ladi. Demak, ma’lum bir nervga ta’siri maxsus ta’sir etish maydoniga bog’liq (92- rasm).To’qima hujayralari gaploid xromasomali tritonningh oldingi oyog’ini diploid xromosomali tritonga ko’chirib o’tkaziladi. To’qima umrining oxirida uning ma’lum joyidan qirqib tashlanadi. Bu hujayralar gaploid xromosomali bo’ladi. 1927 yilda R. –Gertvig gaploid xromosomali dumli amfibiya lichinkasi oldingi oyoq kurtagining diploid xromosomali lichinkaning oyoqlarini ta’sir maydoniga ko’chirb o’tkazdi.Ko’chirib o’tkazilgan kurtak yashab ketmasligi va degenerasiya ga uchrashi mumkin, ammo tushib ketishdan oldin xo’jayin to’qimalarini stimullab, qo’shimch oyoq paydo bo;lishiga olib keladi. Bu oyoqning hujayralari diploid xromosomali bo’ladi. Demak, ontogenetik rivojlanish qonunyatlarini o’rganish molekulyar, hujayra ,to’qima organ organizm darajasidagi har tomonlama tatqiqotlarni talab etadi. Shuning uchun bu muammo bo’yicha har xil yo’nalishdagitatqiqotlar natijalarining mazmuni bir-biriga zid emas. V.A.Engelgardt (1971) “molekulyar biologiya tirik tabiatga asoslanib, hayot hodisalarini o’rganadi…reduksionizm murakkablikni bilishning yo’li uni oddiy bo’laklarga bo’lib, tarkibini va tabiatini ishonchli tadqiqot prinsiplari asosida o’rganishni bildiradi”, degan edi.G.Sele: ”hujayra hayoti- uning bo’linmagan moddalarida. Siz bu tirik kompleksni qancha ko’p bo’laklarga bo’laversangiz, siz shuncha biologiyadan uzoqlashaverasiz, sizga doimiy o’lik tabiatga xos bo’lgan fizik qonunlar qoladi”, degan edi. XX –asrning 20- yillarigacha rivojlanayotgan organizmning bir butunligi muammosi vitalizmning monopolyasi edi. Bu ilmiy bo’lmagan filosofiya tarafdorlari tirik tabiatning bir bununligini isbotlashga chuqur ilmiy tahlillarga asoslanmadilar. Ashaddiy vitalistlardan G.Drish o’zining indivudial rivojlanish nazaryasini yaratdi. U Gertvigning blastomer taqdiri uning vazifasi bilan belgilanadi, degavn g’oyaga vitalistik yo’nalish berdi. G.Drish embrionning hamma hujayralarini ekvipotensial deb hisoblaydi. Uning fikricha organizmning hamma qismidagi hujayralar bir hil rivojlanish imkoniyatiga ega. Vitalizmningeksprimwntal isboti sifatida regenerasiya hodisasi va izolyasiyalangan blastodermdan alohida organizm paydo bo’lishini keltiradi. G.Drish biologiyaga vitalistik filosofiyani olib kirdi. Buni B.P.Tokin(1933)idialistik epigenez deb ataladi. U Aristoteldan “entelexiya”tushunchasini qabul qildi. Blastomerlar izolyasiyasiga oid tajribalarga asoslanib, Drish organizmlarning bir butunligi uning qismlaridabo’ladi deydi. Yangi bir butun organizm rivojlanishini materiya tarkibi bilan isbotlab bo’lmaydi. Agar, deydi u, avtomobilni ikki qismga bo’linsa , uning har bir bo’lagidan yangi avtomobil paydo bo’lmaydi. Embrion shunday mashinaki, uning har bir bo’lagidan yangi avtomobil paydo bo’lmaydi. Embrion shundan mashinaki , uning har bir qismi yangi mashinaga aylanishi mumkin. Organizm rivojlanishiga oid idealistik qarashlardan yana biri 1931 yilda V.Brandt tomonidan yaratilgan. Uning fikricha , ontogenezda asosiy hodisa”tip”, “shakl” hosil bo’lishidir. Shakl hosil bo’lishidir. Shakl hosil bo’lishi differensiasiyaga qarama qarshi qo’yiladi. “Rivojlanish tipi “determinasiya jarayoni orqali amalga oshadi. Determinasiya differensiasiyaga bog’liq emas. Differensiasiya pasiv hodisa bo’lib, unga har xil shaklning determinasiyasi orqali erishiladi. Shakl ichki intilish tufayli hosil bo’ladi. Bu vitalistik g’oyalar ikkita mulohazaga asoslanadi: rivojlanayotgan materiallarning passivligi, rivojlanishni belgilaydigan tashqi muhit omillari. Biologiyada vitalistik g’oyalar paydo bo’lishining asosiy sababi tirik materiyaning bir butunligini o’sha davrlarda mexanik ravishda tushuntirilganligidadir.ammo Drish tajribalari determinasiya, regenerasiya muammolarini oydinlashtirishga katta hissa qo’shdi. Ba’zi embriologlar(YU.Shaksel)organizm bir butunligi muammosini yolg’on, embriologiyaga xos bo’lmagan muammo deb atadilar. Ammo embrion integrasiyasini isbotlaydigan ko’plab ma’lumotlar to’plandi. Embrion integrasiyasi va organizm bir butunligi muammosining individual rivojlanish nazaryasi bilan hal etilmasligi embrional maydon gipotezasining yaratilishiga sabab bo’ldi. Organizmning har bir qismini alohida o’rganib , butun organizm rivojlanishi haqida xulosa chiqarib bo’ladimi? Rivojlanish jarayonini boshqarishga oid bir necha xildagi ma’lumotlar to’plangan . ularning eng muhimlari quyidagilar: 1.butun organzm yoki uning tirik qismlarining rivojlanishi ma’lum tartib asosida boradi. Faqat ayrim hayvonlarning ayrim organlari ma’kum sondagi hujayralardan iborat. Bunday holatlarda ma’lum nazorat bo’lishi kerak . 2. Solishtirma embriologiya ma’lumotlariga ko’ra, bir tipga kiradigan , ammo bir –biridan uzoq turlar ham rivojlanish davrida ma’lum o’xshashliklarni namoyon qiladi. Bu ham rivojlanish jarayoning bir butun boshqarilishidir. 3.organizm bir butunligi va uning boshqarilishining ishonchli dalili embrional regulyasiya va u bilan bog’liq hodisalardir . organizmning bir butun boshqarilishi organizmning murakkabligiga bog’liq . Ammo keyingi yillarda o’z –o’zini hosil qiladigan ko’plab tirik sistemalar aniqlandi. Bu sohani o’rganadigan mahsus izika –matematika fani sinergetika paydo bo’ldi va biologik sistemalar bir butunligining boshqrilishi o’rtasida yaqin aloqa o’rnatilmoqda . ayni paytda rivojlanishning bir butunligi ni nazorat qilish va boshqarishning quyidagi muammolari o’rganilmoqda: Ch. Chayldning fiziologik gradient gipotezasi va undan kelib chiqadigan pozision axborot haqidagi qarashlar. morfogenetik maydon gipotezasi. sinergetik qarashlar asosida paydo bo’lgan dissipativ struktura modeli. Download 2.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling