Biologiyadan ekskursiyalarni tashkil qilish va o'tkazish 2-mavzu. Biologiyadan ekskursiyalarni tashkil etish va o'tkazish


Download 15.92 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi15.92 Kb.
#1504593
Bog'liq
3-mavzu


Biologiyadan ekskursiyalarni tashkil qilish va o'tkazish
2-MAVZU. BIOLOGIYADAN EKSKURSIYALARNI TASHKIL ETISH VA O'TKAZISH
1. Ekskursiyalarning ta'lim-tarbiya jarayonida tutgan o'rni.
2. Biologik ekskursiyalarning maqsad va vazifalari.
3. Biologik ekskursiyalarni o'tkazish metodikasi.
4. O'qituvchining ekskursiyaga tayyorgarligi.

Biologik ekskursiyalar – sinf yoki muayyan o'quvchilar guruhi bilan o'quv dasturiga muvofiq, o'qituvchi tomonidan maktabdan tashqarida tabiiy muhit yoki sun'iy yaratilgan sharoitda ob'ektlarning yashash muhiti va unga bog'liq holda o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish maqsadida o'tkaziladigan o'quv-tarbiya jarayonining muhim shakli sanaladi.


Ma'lumki, biologiya o'quv fani sifatida o'quvchilarga tabiat, tabiatning anorganik tarkibiy qismlari, ulardagi o'zgarishlar va tirik organizmlarning o'ziga xos hayotiy jarayonlari, yashash muhitiga moslashishi, ekologik jamoalar, ularda modda va energiya almashinuvining xususiyatlari bilan tanishtiradi.
O'qituvchi rahbarligida tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlarlarni kuzatish, tirik organizmlarning xilma-xilligi, yashash muhitiga moslashi-shi, ular o'rtasidagi biotik aloqa formalarini o'rganish o'quvchilarda olamni yaxlit tasavvur qilish, tabiiy jamoalarning tarkibiy qismlari o'rtasidagi aloqadorlik haqidagi bilimlarni shakllantirish, tabiiy muhitda tirik organizmlarning yashash sharoiti bilan tanishish maqsadida ekskursiyalar tashkil etiladi.
Ekskursiyaning turlari.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida ekskursiyalar davomiyligiga ko'ra, bir soatlik, bir kunlik va ko'p kunlik bo'lishi mumkin.
Bir soatga mo'ljallangan ekskursiya – maktab hovlisida yoki o'quv tajriba er maydonchasida o'tkaziladi.
Bir kunga mo'ljallangan ekskursiya – tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga, fermer xo'jaliklariga, hayvonot yoki botanika bog'iga, baliqchilik xo'jaligiga yoki parrandachilik xo'jaligiga uyushtiriladigan ekskursiya planini maktab ilmiy bo'lim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Ko'p kunlik ekskursiya – o'quv yilining oxirida kompleks ekskursiya deb, bunga tarix, geografiya, til adabiyot, jismoniy tarbiya yoki harbiy ta'lim fani o'qituvchilari bilan birgalikda o'tkaziladi. Ko'p kunlik ekskursiya – rejasini pedagogik kengashda tasdiqlanadi.
Ekskursiya biologiyani o'qitishning muhim shakli bo'lib, u quyidagi didaktik maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi:
• Tirik organizmlarning tuzilishi va organlarning funktsiyalaridagi o'ziga xos xususiyatlarni yashash muhitiga bog'liq holda o'rganilishi o'quvchilar tomonidan biologik qonuniyatlarni "tabiat-inson-jamiyat" munosabatlari nuqtai nazaridan o'rganishga imkon yaratadi.
O'rganilayotgan mavzu mazmuniga bog'liq holda samarali tashkil etilgan ekskursiyalarda o'quvchilarda biologik ob'ektlarning tuzilishi, rivojlanishi va hayotiy faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini chuqurroq anglash, ilmiy dunyoqarashni kengaytirish imkonini beradi.
Tirik organizmlarning jamoalari, ularning tarkibi, oziq zanjiri, energiya sarfi, biosferadagi modda va energiya almashinuvini tasavvur qilishga zamin tayyorlaydi.
O'qitishning asosiy shakli bo'lgan darsda o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan nazariy bilimlarni orttirish, ularni amaliyotga qo'llash, tabiatga nisbatan ongli munosabat, kuzatish, o'quv va amaliy mehnat ko'nikmalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi.
O'qitish davomida alohida organizmlar va hodisalar haqida ilk bor shakllangan tushunchalar kengaytiriladi, boshqa tushunchalar bilan birikib, murakkab tushunchalarning hosil bo'lishiga olib keladi.
Tabiat hodisalarini kuzatish olamning moddiyligi, tabiatdagi o'zaro bog'lanish va rivojlanish, tabiiy boyliklarning inson hayoti va xalq xo'jaligida tutgan o'rni, ularni muhofaza qilish tadbirlari bilan tanishtirish orqali ona Vatanning tabiatga mehr-muxabbat uyg'otish, ekologik, estetik, iqtisodiy va gigienik tarbiya berish imkoniyati vujudga keladi.
Ekskursiya - o'quvchilarning mo'ljal olish, ob'ektlarni tanish, hodisalarni kuzatish, ularni taqqoslash, o'xshashlik va farqli tomonlarini aniqlash, umumlashtirish va xulosa chiqarishga o'rgatadi. Qayd etilgan aqliy operasiyalar ularda mantiqiy fikr yuritish ko'nikmalarini tarkib toptirish bilan bir qatorda tabiatning ilmiy-tadqiqot metodlarini anglash, zarur hollarda ulardan foydalanishga imkon yaratadi.
Biologiyani o'qitish shakllari – dars, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg'ulotlar uchun kerakli bo'lgan tarqatma va didaktik materiallar, tirik ob'ektlar to'plash, kollektsiya va gerbariylar tayyorlash orqali o'quvchilarda muayyan ko'nikmalar rivojlantiriladi.
Qishloq xo'jaligi fermer xo'jaliklari, selektsiya institutlari va stantsiyalarida o'tkazilgan ekskursiyalar madaniy o'simliklarning navlari va xonaki hayvon zotlari bilan tanishtirish o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirib, kasbga yo'llash imkonini beradi.
Biologiyani o'qitishning muhim shakli bo'lgan ekskursiyalar o'quv dasturi bilan belgilangan bo'ladi. Ekskursiyalarning mavzusi o'quvchilar o'rganayotgan o'quv fani mazmuni va tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlarga mantiqiy bog'liq holda belgilanadi.
5-sinfda "Botanika" o'quv dasturiga muvofiq, quyidagi ekskursiyalar tashkil etiladi:
Kuzda o'simliklar hayotida ro'y beradigan o'zgarishlar bilan tanishish – 4 dars;
Issiqxonalarda o'stiriladigan o'simliklar bilan tanishish – 32 dars;
6-sinfda "Botanika" o'quv dasturiga muvofiq, quyidagi ekskursiyalar tashkil etiladi:
O'simliklar hayotida ro'y beradigan o'zgarishlar – 17-dars;
O'simliklarning asosiy bo'limlari – 35-dars;
Gulli o'simliklarning xilma-xilligi va ularning o'sish sharoiti bilan tanishish – 56-dars;
7-sinfda "Zoologiya" o'quv dasturiga muvofiq, quyidagi ekskursiyalar tashkil etiladi:
Mollyuskalar, ularning chig'anog'i, hasharotlarning asosiy turlari va ularning hayoti bilan tanishish;
Qushlar va sut emizuvchi hayvonlarning xilma-xilligi;
Chorvachilikning asosiy tarmoqlari va ularning inson hayotidagi ahamiyati.
9-sinfda "Biologiya" o'quv dasturiga muvofiq, quyidagi ekskursiyalar tashkil etiladi:
O'simliklarning yangi navlarini yaratish yo'llari bilan tanishish maqsadida selektsiya institutlari va stantsiyalariga ekskursiya.
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari "Biologiya" o'quv fani dasturidan quyidagi ekskursiyalar o'rin olgan:
Sun'iy tanlash. (Chorvachilik yoki parrandachilik fermer xo'jaliklariga ekskursiya);
Tabiatda yashash uchun kurash;
Tabiiy va sun'iy ekosistemalar bilan tanishish;
Ekskursiya mavzularining tahlili, o'kuvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, egallagan bilim zahiralari, o'rganilayotgan o'quv fani mazmuniga bog'liq holda murakkablashib borayotganligini ko'rsatadi.
Quyida ekskursiyalarning mazmuni va ularda o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish bilan tanishib chiqamiz.
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari "Biologiya" o'quv fani dasturidan o'rin olgan "tabiiy va sun'iy ekosistemalar bilan tanishish" mavzusidagi ekskursiya quyidagicha tashkil etiladi.
Download 15.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling