Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Download 2.45 Mb.
bet11/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Hujayra ichidagi regenerasiya. Hujayra ichida ham regenerasiya jarayoni sodir bo’ladi. D. S. Sarkisov (1978) hujayra ichida sodir bo’ladigan regenerasiya jarayonning 3 ta turini farqlaydi: molekulyar, organoid ichida, organoid.
Hozirgi vaqtda DNK reperasiyashiing qonuniyatlari o’zganilmoqda. Bu jarayonda fermentlar ishirok etishi aniqlandi. DNK ning zararlangan qismining tiklanishida va yangi nukleotidlarning birikishida ko’plab fermentlar qatnashadi. Bu fermentlar hujayraning normal hayot kechirishi va gen injeneriyasida ham ishtirok etadi.
Hujayra organoidlarida ham ba’zi o’zgirishlar kuzatiladi. Jumladan, B. P. Tokin fikricha (1974), "yadro va yadrocha hajmi kichiklashadi, tuzilishi murakkablashadi, erkin ribosoma-endoplazmatik to’r kompleksining soni, organoidlar membranasining hajmi o’zgaradi. Mitoxondriyalar soni ortadi, fermentlar faolligi oshadi, Golji apparati murakkablashadi, endoplazmatik to’r soni va uzunligi ortadi".
Regenerasiya va ontogenez. Qari organizmda regenerasiya qobiliyati juda pasayib ketadi. Chunki har xil biologik jarayonlar: nerv sistemasi, uchki-sekresiya bezlari faoliyati, nafas olish, qon aylanisli va boshqalar pasayib ketgan bo’ladi. Bundan tashqari, qari organizmda har xil distrofik jarayonlar kuchayib, reparativ regenerasiya surati pasayadi.
M. A. Vorosova (1944) kuzatishicha, bir yillik tritonning oyoqlari 1,5-2,5 oyda tiklansa, 6-10 yoshli tritonda oyoqning faqat kesilgan jarohati bitadi, xolos. Qari sut emizuvchilarda va odamlarda jarohatning bitishi va boshqa regeneratsiya jarayonlarining sekinlik bilan borishi, jinsiy ko’payadigan hayvonlarning hammasiga xos bo’lgan xususiyatdir. Bu holat hatto sodda hayvonlarda ham uchraydi. Ularning bo’linishi, ontogenezining tamom bo’lganligini bildiradi. Infuzoriyalarni bo’raklarga ajratganda, yosh individda regenerasiya kuzatiladi, qari organizmda yadro rekonstruksiyaga uchrab, ontogenezi cho’ziladi.
Umuman, regenerasiya jarayoni hamma organizmlarda ma’lum bir sxema asosida bormaydi. Bo’linishga tayyorlanayotgan qari planariya xuddi shunday yosh planariyaga nisbatan tez regenerasiyaga uchraydi. Ammo jinsiy ko’payadigan qari planariya xuddi shunday yosh planariyaga nisbatan sekintik bilan regenerasiyaga uchraydi.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling