Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Download 2.45 Mb.
bet13/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Egizaklar. Tuxumdondan ikkita tuxum hujayra yetilib, urug’lanish natijada normal embrion rivojlanishi mumkin. Bunday egizaklar, ikkita tuxumdan rivojlangan egizaklar hisoblanadi. Ular bir xil, yoki har xil jinsli bo’lishi mumkin. Bir tuxumdan rivojlanadigan egizaklar, bitta tuxum hujayraning urug’lanishdan paydo bo’ladi. Ular embrion rivojlanishning dastlabki davrida, ma’lum hujayralar guruxining bir-biriga bog’liq bo’lmagan fiolda bo’linishi jarayonda, ularning aloxida-alohida to’dalarga ajralishi tufayli paydo bo’ladi ( 3-rasm). Bir tuxumdan rivojlanadigan egizaklar bir bo’ladi. Ko’pchilik tuban umurtqali hayvonlarda blastomerlarning oddiy bo’linishi orqali egizaklarning hosil bo’lishini, tajribada sinab ko’rish mumkin.
Sut emizuvchilarda bo’linayotgan tuxumni bo’laklarga ajratib bo’lmaydi, chunki u morula bosqichiga o’tib, zich qobiq bilan qoplanadi.
Zirhlilarda hujayralar to’plamining bir-biridan ajralishi tufayli doimo 4 ta egizaklar paydo bo’ladi. Bunday qo’shaloqlarni hosil qiladigan embrion pufakchaiari sut emizuvchilarda, qushlarda va repteliyalarda bir-biridan uzoqroqda joylashadi. Shuning uchun, ular rivojlanishi jarayonda bir-biriga to’sqintik qilmaydi. Har bir ajralgan hujayralar to’plami alohida embrionni hosil qiladi, undan esa aloxida organizm rivojlanadi. Egizaklar paydo bo’lishi, hozircha sir bo’lib qolmoqda. Ularning kelib chiqishi har xil bo’lishi mumkin. Egizaklar ikkita, yoki bitta tuxumdan rivojlangan bo’lishi mumkin. Uchta egizaklar 3 ta tuxumdan, yoki ikkitasi bitta tuxumdan rivojlangan bo’lishi mumkin. Bunday egizaklar statistik ma’lumotlarga ko’ra, quyidagicha bo’lishi mumkin.
1968 yilda Angliyada birinchi marta Birmingem shahrida 6 nafar egizak tug’ildi. Ulardan 2 nafari o’g’il, 4 nafari qiz bo’lib, onalari pushtsiztikka qarshi preparat bilan davolangan. Egizaklar tug’ilishiga shu dori sabab bo’lgan, deb taxmin qilingan. 1971 yilda Gdanskda egizak tug’ildi. Kaliforniyada egizak tuqqan ona, bolalarining otasini aniqiash uchun shunga murojaat qilgan. Bolalar qonini 40 dan ortiq oqsil bo’yicha tahlil qilinganda, ularning otasi 2 kishi bo’lganligi aniqlandi. XIX asrning boshlarida, embriologlar hisobga ko’ra, 10 ga yaqin shunday holat qayd etilgan.
V.S.Gruzdev (1922) ma’lumotiga ko’ra, Amerikada 2 tuxumdan hosil bo’lgan egizaklarning biri oq, ikkinchisi qora tanli bo’lgan.
Fransiyalik biolog Ellen kuzatishicha, egizaklar tug’ilishi ma’lum qonuniyatga bo’ysunadi. Tabiatda har 87 ta bir farzand tug’ilishiiga 1 ta egizak, 87 ta egizakka 1 ta uchtalik, 87 ta uchtalikka 1 ta to’rttalik, 87 ta to’rttatikka 1 ta beshtalik, 87 ta beshtalikka I ta o’titalik egizak va hokazo to’g’ri keladi. Egizaklar ko’proq amerikatik negrlarda, yaponlarda esa kamroq(10ming bittalikka35 ta lkkitalik egizak) tug’adi.
4 tadan ko’p egizaklar tug’ilishi kam uchraydi. Odamlarda eng ko’pi 6 tagacha egizak tug’ilgan, shulardan eng ko’pi 5 tasi yashab qolgan. Egizaklaming taxminan 75% ikkita tuxumdan, 25% bitta tuxumdan rivojlangan.
"Haqiqiy" yoki bir tuxumdan hosil bo’lgan egizaklarda, bir xil genlar nabori bo’ladi. Shuning uchun ularda to’qimalar bir-biriga to’g’ri keladi, organlarni ko’chirib o’tkazish mumkin, bir xil kasalliklar bilan og’riydi, taxminan bir xil va uzoq yashaydi.
Agar ayol 8 marta tuqqan bo’lsa va u 35-39 yoshda bo’lsa, har xil tuxumdan 41 hosil bo’lgan egizak tug’ishi mumkin. Shu yoshdagi 7 bola tuqqan ayolda bunday imkoniyat kam bo’ladi va hokazo.
Egizak tug’ilishini boshqaradigan gen ayolning X-xromosomasida joylashgan va bu belgi uning qiziga o’tadi.
1755 yilda Vvedensk qishlogining dehqoni Yakov Kirilov 60 yoshda bo’lgan va ikkinchi marta uylangan. Birinchi xotini 21 marta homilador bo’lib, 57 nafar bola tuqqan (4x4]7x3]10x2*57). Ikkinchi xotini 7 marta homilador bo’lib, 15 nafar bola tuqqan (1x3]6x2*l5). U jami 72 bolaning otasi bo’lgan.
1782 yilda Shuysk yuzidan Feodor Vasilev 2 xotindan tug’ilgan 87 bolaning onasi ekanligi haqida Moskvaga xabar berilgan. Birinchi xotini 27 marta homilador bo’lib, (4x4]7x3)16x2*69 nafar farzand ko’zgan bo’lsa, ikkinchi xotini: (2x3)6x2*18 nafar bola tuqqan. O’shanda Vasilev 75 yoshda bo’lib, farzandlarining 83 nafari hayot bo’lgan.
Hindistonda ikkinchi egizak birinchisidan 45 kundan keyin tug’ilganligi haqidagi ma’lumot bor.
Besh, o’ti egizaklar tug’ilishi kam, tug’ilganda ham ular o’ladi. Germaniyaning Xameln shahrida saqlanib qolgan barelefda quyidagi yozuv bor: "1600 yilning 9 yanvari boshlangandan (ayoI) 2 o’g’il va 5 qiz tug’di".

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling