Individual taraqqiyot biologiyasi zamonaviy biologiyaning yangi, gurkirab rivojlanayotgan yo’nalishidir


Download 399.84 Kb.
bet1/3
Sana14.12.2022
Hajmi399.84 Kb.
#1002227
  1   2   3
Bog'liq
3 kurs.1 amaliy Riv.bio.


Kirish

Individual taraqqiyot biologiyasi - zamonaviy biologiyaning yangi, gurkirab rivojlanayotgan yo’nalishidir. U asrimiz o’rtalariga kelib embriologiya, sitologiya, genetika, molekulyar biologiyasining tabiiy shaxobchasi sifatida yuzaga keldi. Individual taraqqiyot biologiyasi ontogenezning mexanizmlari va qonuniyatlari haqidagi fandir. Embriologiya (nazariy, solishtirma, eksperimental) rivojlanish biologiyasining poydevori hisoblanadi.


Individual rivojlanish biologiyasi biologiyaning yetakchi fanlari qatoriga kirib, biologiyaning nafaqat nazariy balki amaliy masalalarini yechishida ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Bu fanning muvaffaqiyatlari hisobiga biologiya, zootexnika medisinada zarur muammolar: mayib-majruhlar tug’ilishini ogohlantirish, normal embrional rivojlanishning buzilish sabablarini ochib berish, mayiblarning kelib chiqish, (regenerasiya mexanizmlari) hujayraviy immunitet va to’qimalar nomutanosibligi regenerasiya mexanizmlari, xatarli o’smalarga qarshi kurash, qarish va umrni uzaytirish sabablarini tushunish, baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik sohasida nasldorlikni oshirish va yangi nasliy xususiyatlarni yaratish kabi masalalar hal qilinadi.
Shuning uchun ushbu kurs hayvonlarning yirik sistematik guruhlari jumladan, umurtqali hayvonlar rivojlanish asoslarini ham nazariy, ham amaliy tomondan o’rganishni o’z ichiga oladi.
Murtakning tuzilishi bo’yicha bizning bilimlarimiz qonuniyatlar o’zgarishi to’g’risidagi zamonaviy tasavvurlar bilan hamohang bo’lmog’i zarur.
Ushbu kurs quyidagi yirik bo’limlarni o’z ichiga oladi: murtakdan oldingi rivojlanish, ilk rivojlanishning umumiy qonuniyatlari, organogenez, postembrional rivojlanish, rivojlanishda o’zaro ta’sir etuvchi sistemalar.
Individual taraqqiyot biologiyasini o’rganish nazariy tayyorgarlikni (nazariy darslar - 20 soat; ayrim ilmiy va qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib individual o’rganish - 13 soat); laboratoriya amaliyoti -30 soat; mustaqil bilim olish -27 soatni o’z ichiga oladi.
Laboratoriya amaliyotining vazifasi mikroskopik preparatlar bilan tanishish, amfibiya va qushlar kabi hayvonlar taraqqiyotini laboratoriya yoki tabiat sharoitida sinchiklab o’rganishdan iborat.
Individual taraqqiyot biologiyasining asosiy adabiyotlari B.P.Tokinning “Obщaya embriologiya” (M. 1987) darsligi, I.K. Solixboyevning “Rivojlanish biologiyasi” (T., 1992), “Individual taraqqiyot biologiyasi” (T., 1988) o’quv qo’llanmalari, N.A.Manuilovaning “Gistologiya va embriologiya asoslari” (M., 1973), Yu.I. Afanasyev va N.A.Yurinalar tahriri ostidagi “Gistologiya” o’quv qo’llanmalari hisoblanadi.
Ushbu kursni o’rganish vaqtida ish dasturidan, uslubiy ko’rsatmadan, tavsiya etilgan adabiyotlardan hamda muallifning ma’ruza manbalaridan keng foydalanildi.



Download 399.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling