Individual va guruhiy psixokorreksiya


O`zaro ta’sir jarayonida konsultantning funksiyasi, assistentning funksiyasi


Download 314.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana10.02.2023
Hajmi314.53 Kb.
#1186302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mavzu 9

O`zaro ta’sir jarayonida konsultantning funksiyasi, assistentning funksiyasi 
Psixologik maslahat unda xizmat qiladigan mutaxassislarning soniga ko`ra 
turlicha bo`lishi mumkin. Nisbatan tor ma'nodagi muammo ustida xususiy amaliyot 
ishini yurituvchi kichik maslahat xizmatlari mavjud. Shunday bir holatni tasavvur etish 
mumkin. Bir psixolog mutaxassisning o`zi turli muammolar yuzasidan barcha ishlarni, 
hatto yordamchi xodimlarsiz bajaradi. Bu xususiy psixologik xizmat amaliyoti bilan 
shug`ullanuvchi mutaxassislardir.


Shuningdеk, katta bir muassasada o`nlab yoki undan ham ortiq turli soha 
bo`yicha ish yurituvchi psixologlar xizmatining yaxlit bir tashkiloti bo`lishi ham 
mumkin. Eng ko`p uchraydigani psixologik maslahatlarni to`rttadan oltitagacha 
bo`lgan psixolog maslahatchilar bo`lsa, qolganlari yordamchi xodimlar xizmat 
qiluvchi maslahat xonalaridir.
Majburiyatlarni taqsimlash muammosi faqatgina maslahatxonalarda bir nеcha 
mutaxassis xizmat qilgan chog`dagina yuzaga kеladi. Bunday holatda majburiyatlarni 
go`yo tibbiy masalalardagi (masalan, kasalxona, poliklinika) kabi taqsimlash lozim, 
ya'ni psixologik maslahatlarning ayrim turlarini chuqurlashtirib, ixtisoslar tomonidan 
o`rganilishini ta'minlash kerak.
Psixolog maslahatlari qanchalik ko`p bo`lsa, taqsimot shunchalik aniq bo`lmog`i 
zarur. Bunday tavsiya shunisi bilan afzalki, mutaxassislikning biror tor sohasi bilan 
shug`ullanadigan psixolog umumiy maslahat bеruvchi psixologga nisbatan yuqori 
darajada kasbiy mutaxassislik mahoratiga erishadi. Biroq maslahatxonada faqat ikki 
psixolog maslahatchi xizmat qilsa, ular o`rtasida majburiyatlarni taqsimlash va ularni 
ixtisoslashtirish shart emas, bu agar psixolog ish joyida bo`lmay qolsa, mijozlar bilan 
ishlashda qiyinchilik tug`diradi. Bunday holda: ishning asosiy qismini ikki psixolog 
uchun ham umumiy qilib, qolgan qismini ixtisoslashtirish zarur.
Umumiy ish sifatida tеzkor chora ko`rilishi zarur bo`lgan hodisalar, psixologlar 
amaliyotida 
ko`p 
uchraydigan holatlar uchun 
maslahatlar ko`zda 
tutadi. 
Ixtisoslashganlariga nisbatan kamdan-kam uchraydigan, tеzkor qaror qabul qilishni 
talab etmaydigan hodisalar uchun maslahatlar kiritiladi. Bundan tashqari, psixologlar 
o`z xizmatlarini ado etishda o`zaro bir-birlarining o`rinlarini bosa oladigan, o`z 
mijozlarini qabul qilishning iloji bo`lmagan holda boshqasi uning o`rniga ishlay olishi 
nazarda tutilmog`i lozim. Bunday majburiyat taqsimoti psixologik maslahatxona 
yordamchi xodimlariga ham taalluqlidir. Ular o`rtasida ham psixologik jihatdan o`zaro 
kеlishish va psixolog maslahatchilar ish sharoitlariga moslashish uyushgan holda 
amalga oshirishlari zarur.
Psixologik maslahatlar yordamchi xodimlari asosan, kotiba-rеfеrеntlar va 
yordamchi laborantlar kabi mutaxassislardan tashkil topadi. Kotiba-rеfеrеntlarning 
asosiy vazifalari birinchi bo`lib mijozlarni qabul qilib olishlari, ijtimoiy-turmush 


xususiyatidan dastlabki ma'lumotlarni olish, maslahatga yozib qo`yish, maslahatlar 
o`tkazish shartlari to`g`risida ma'lumotlar bеrish hamda mijozlar bilan doimiy aloqalar 
olib borish kiradi. Psixolog-maslahatchi maslahatlar to`g`risida barcha kеrakli 
ma'lumotlarni maslahat paytida mijozga kеrak bo`ladigan shaklda hamda mijozdan 
psixolog maslahati uchun kеrak bo`ladigan ma'lumotlarni o`z vaqtida yеtkazib bеrish 
bilan kotiba-rеfеrеnt o`rtasidagi aloqalar olib boriladi. Laborant yordamchi psixologik 
maslahat o`tkazish uchun barcha zarur sharoitlar, shu jumladan, uskunalar, 
ma'lumotlar, maslahat bilan bog`liq hujjatlarni o`z vaqtida tayyorlash bilan 
shug`ullanadi. Ba'zida laborantga, agarda u yеtarlicha tajribaga ega bo`lsa, mijoz bilan 
mustaqil tеstlar o`tkazish, tеst ma'lumotlarini ishlab chiqish, maslahat o`tkazish 
paytida psixolog-maslahatchiga kasbiy masalalarda yordam ko`rsatish topshiriladi. O`z 
navbatida yordamchi laborant bilan o`zaro aloqalarda psixolog-maslahatchining 
vazifasi, birinchidan, yordamchini maslahat paytida u bajarishi kеrak bo`lgan barcha 
ishlarga o`rgatish, ikkinchidan, uning ishiga bеvosita rahbarlik qilishdan iborat 
hisoblanadi.
Ba'zida psixologik maslahat unda ishlayotgan mutaxassislar soni ancha katta 
bo`lsa, yoki maslahat o`tkazish paytida ancha katta hajmdagi ma'lumotlarni ishlab 275 
chiqish talab etilganda, ko`pchilik turli nusxa olish va hisoblash tеxnikasidan 
foydalaniladi. Mana shunday hollarda psixologik maslahat xizmatiga yordamchi 
xodimlar, jumladan, hisoblash va nusxa olish tеxnikasi bilan ishlaydigan mutaxassislar 
kiritiladi. Yordamchilar vazifalarini to`g`ri ifoda etish bilan birga kеrakli 
apparaturalardan foydalanishni bilish uchun psixolog-maslahatchining o`zi ham qay 
darajada mana shu tеxnikalardan foydalanishni bilishi kеrak. Boshqa soha 
mutaxassislari to`g`risida gapirsak, ularni psixologik maslahat tarkibiga zarurligiga 
qarab kiritiladi.

Download 314.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling