Individual va guruhiy psixokorreksiya


U quyidagilarni bilishi zarur


Download 314.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana10.02.2023
Hajmi314.53 Kb.
#1186302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mavzu 9

U quyidagilarni bilishi zarur:
* Psixologik maslahatni yuksak darajada o`tkazish uchun o`rganishi zarur bo`lgan 
psixologiya sohasidagi u bilan yaqin bo`lgan fanlar zarur nazariy bilimlarni egallashi 
kеrak.
* Psixologik maslahat ishlarini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo`lgan 
bilimlar: mijozlar bilan amaliy mashg`ulot sohasidagi rivojlangan malakaga ega 
bo`lish kеrak.
* Turli masalalar va turli odamlar bilan psixologik maslahat o`tkazish uchun 
ancha katta tajribaga ega bo`lishi kеrak.
Psixolog-maslahatchi ishi olim-psixolog va psixologiya o`qituvchisi faoliyatidan 
iborat. Psixolog-maslahatchi uchun hozirgi kunda fanda hatto u psixologik maslahat 
o`tkazadigan sohalarda to`plangan barcha bilimlarni bilishi shart emas, biroq 
psixologik maslahatda odamlar bilan amaliy ishlarda foydali bo`lishi mumkin bo`lgan 
barcha axborotlarni u bilishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Psixolog maslahatchi ilmiy 
tushunchalarni to`g`ri aniqlashni bilishi majburiy emas, ilmiy tadqiqotlarni tashkil 
qilish va o`tkazishni bilishi shart emas. Lеkin u odamlar murojaat etadigan amaliy 
muammolarni nazariy bilimlar bilan bog`lashga va ushbu bilimlarini mavjud 
qiyinchiliklarni samarali hal etishda foydalanishga o`rganib olishi kеrak.


Maslahatchi-psixolog yuksak ilmiy va mеtodik darajada psixologiyani o`qitishni 
bilishi shart emas, lеkin u mijozlarga foydali psixologik bilimlar bеrishni o`rganib 
olishi kеrak. Psixolog-maslahatchi faqat amaliyotchi emas, balki ishning tashkilotchisi 
hamdir. Shuning uchun u psixologik maslahat ishlarini tashkil etishga taalluqli barcha 
ishlarga o`rganib olgani maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunga, xususan, ma'lum 
ijtimoiy, xuquqiy, moliyaviy masalalar va yangi tashkilotni yaratuvchi va tashkil 
etuvchi boshlayotgan ishbilarmon uchun zarur bo`lgan bilimlar kiradi.Bunga yana 
kadrlarni tanlab olish va joyiga qo`yish, ular o`rtasida vazifalarini taqsimlash, ularning 
o`zaro aloqalarini tashkil etish ham kiradi.
Mijozlar bilan muloqot amaliyotida psixolog-maslahatidan odamlarni to`g`ri 
baholashni bilish, bir-birini tushinishga erishish, yaxshi munosabatlar o`rnatish va 
ishontirishni bilish talab etiladi.
Psixologik-maslahat o`tkazish shaxsiy tajribani psixologik maslahatga bunday 
tajribasiz xususiyat masalalarini bila olmasligi, asosiysi esa unga kerak bo`lgan amaliy 
malaka va ko`nikmalarni egallab olishi uchun zarurdir. Gap shundaki kasbiy oliy 
o`quv yurti tayyorgarligi jarayonida barcha vaziyatlarni ko`zda tutish mumkin emas, 
bunday tayyorgarlik malaka va ko`nikmalarni ishlab chiqishdan ko`ra ko`proq bilimlar 
olishga yo`naltirilgan. Malaka ko`nikmalar esa psixologik maslahat o`tkazish amaliy 
tajribasida ishlab chiqiladi.
Psixolog-maslahatchining kasbiy malakasini qanday qilib oshiriladi? Kasbiy 
malakasini muntazam oshirib borish ham uning umumiy va maxsus psixologik ta'limi 
kabi psixolog-maslahatchining kasbiy tayyorlashga majburiy talab hisoblanadi. 

Download 314.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling