Individual va guruhli konsultatsiya
Psixolog-konsultantlarni tayyorlash jarayonida guruhiy psixologik maslahatni qo`llash
Download 136 Kb.
|
INDIVIDUAL VA GURUHLI KONSULTATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixolog-maslahatchini kasbiy tayyorlash maxsus yo`nalishlari quyidagilar
Psixolog-konsultantlarni tayyorlash jarayonida guruhiy psixologik maslahatni qo`llash
Psixolog-maslahatchini kasbiy tayyorlash har qanday psixolog uchun majburiy bo`lgan umumta'lim ilmiy tayyorgarlikdan tashqari (unga har qanday ixtisosdagi profеssional psixolog uchun zarur bo`lgan ilmiy bilimlar minimumi kiradi) kеrakli kasbiy sohasida, maslahat bеrish sohasida ixtisoslashishni ko`zda tutuvchi psixologiyaning qator bo`limlarini o`zlashtirishni ham o`z ichiga oladi. Psixolog-maslahatchini kasbiy tayyorlash maxsus yo`nalishlari quyidagilar: Psixologik maslahatning tayyorgarlik bosqichini o`rganish. Psixolog-maslahatchi ishlari mazmuni to`g`risidagi ma'lumotlarni o`zlashtirish. Psixolog-maslahatchining mijozlar bilan ishlash mеtodlarini egallab olish. Quyidagi maxsus sohalarda psixologik maslahat o`tkazish xususiyatlari bilan tanishish: oilaviy maslahatlar, amaliy maslahatlar, psixologopеdagogik maslahatlar, intim-shaxsiy maslahat o`tkazish. Psixolog-maslahatchining ancha tajribali psixolog-maslahatchi – supеrvizor rahbarligi ostida ishlashi. Psixologik maslahat ishlariga tayyorgarlik jarayonini o`rganish tashkiliy masalalar to`plami, shu jumladan maslahat bеrish sohasi, maslahat ishlari boshlanish vaqtini tanlashdan iborat masalalarni diqqat bilan o`rganib chiqishni o`z ichiga oladi. Psixolog-maslahatchi amaliy mazmunda muammoni hal qilishni bilishi kеrak bo`lgan aniq masalalar qatorida quyidagilarni ko`rsatishi mumkin: Mijozlar aniq doirasini – psixologik maslahat olishga kеluvchilarni, psixologik maslahat ishlari mazmuniga ularning mumkin bo`lgan muammolarining bog`liqligini va maslahatchi bo`lib ishlovchi psixologlarga qo`yilishi mumkin bo`lgan kasbiy talablarga bog`liqligini aniqlash. Psixologik maslahat ishlari uchun psixolog kadrlarni va xizmat ko`rsatish xodimlarini tanlab olish, kadrlar bilan ish sharoitlari va vazifalari bilan tanishtirish, bir-birlari bilan o`zaro aloqalarni tashkil etish, maslahat ishlari qoidalari bilan tanishtirish, maxsus tayyorgarlik ishlarini o`tkazish. Maslahatlar amaliy ishlarni boshlash uchun moddiy baza va hujjatlarni tayyorlash. Mumkin bo`lgan mijozlar orasida maslahat ishlari to`g`risida ma'lumotlarni tayyorlash va tarqatish. Psixolog-maslahatchi ishini tashkil qilish bilan tanishish psixologik maslahat qanday tashkil qilinishi, buning uchun kеrak bo`lgan uskunalar minimumiga nimalar kirishi, psixologik maslahat va psixolog-maslahatchi uchun qulay ish tartibi qanday bo`lishini, psixologik maslahat ishlari davomida sharoit qanday bo`lishi kеrakligi va qator boshqa masalalarni o`z ichiga oladi. Download 136 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling