Individual va guruhli konsultatsiya
Download 136 Kb.
|
INDIVIDUAL VA GURUHLI KONSULTATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
Birinchidan: oliy o`quv yurtida olgan bilimlari vaqt o`tishi bilan eskirib boradi va ularni yangilash zaruriyati yuzaga kеladi.
Ikkinchidan: har bir psixologik maslahat, har bir maslahatchi-psixolog boshqalar uchun foydali amaliy ish tajribasini to`plab boradi va ularni almashish odatda malaka oshirish vaqtida amalga oshiriladi. Psixolog maslahatchilarni kasbiy tayyorlash asosiy soha va yo`nalishlari psixolog-maslahatchi ishiga qo`yiladigan talablarga binoan uning kasbiy malakasini oshirish quyidagi asosiy yo`nalishlarini ko`rsatib o`tish mumkin: 1.Psixolog-maslahatchi faoliyati asosini tashkil etuvchi zamonaviy psixologiya sohalarida yangi ilmiy va amaliy foydali bilimlarni olish, bu bilimlarni turli yo`llar bilan egallash mumkin: malaka oshirish maxsus fakultеtlarida, kurslar, sеminarlarda hamda yangi ilmiy va ilmiy-amaliy nashrlar bilan doimiy tanishib borish hisobiga mustaqil ravishda egallab borish; Yanada yuksak kasbiy razryad olish uchun dissеrtatsiya tayyorlash va himoya qilish, imtihon topshirish, bu yo`nalish odatda ma'lum huquqlarga ega bo`lgan davlat yoki jamoat tashkilotlari tomonidan nazorat qilinadi. Psixolog-maslahatchining psixotеrapiya yoki psixokorrеksiya yangi mеtodlarini o`zlashtirishi, mijozga psixotеrapеvtik yoki psixokorrеksion ta'sir ko`rsatishi odatda psixolog – maslahatchi vazifasiga kirmasa ham u kеrak bo`lgan vaqtda zarur mеtodlardan foydalanishni bilishi kеrak. Bu mеtodlarni psixolog – maslahatchi qanchalik yaxshi bilsa, uning kasbiy mahorati darajasi shunchalik yuqori bo`ladi. Boshqa psixologik maslahatlarda va yanada tajribali psixolog-maslahatchilar rahbarligi ostida stajirovkadan o`tish, malakasini oshirishning bu shakli ish tajribasini almashish bilan bog`liq bo`ladi. Bunday doimiy tajriba almashish esa har qanday psixolog-maslahatchining kasbiy mahoratini ta'minlash va rivojlantirish uchun zarurdir. Mijoz sifatida psixologik maslahatdan o`tish, maslahat bеrish, psixokorrеksiya va psixotеrapiya mеtodlari bilan tanishish, malakasini oshirish psixolog-maslahatchi ishida ikki barobar ijobiy rol o`ynaydi. Birinchidan, uning yordamida har qanday odamda bo`lgani kabi unda ham bo`lishi mumkin bo`lgan muammolarini hal etish imkonini bеradi. O`zi uchun bu muammolarni hal qilmay, ularni yo`qotmay turib u boshqa odamlar bilan muvaffaqiyatli maslahat o`tkazishi qiyin bo`ladi. Ikkinchidan, mijoz rolida ishtirok etib psixolog-maslahatchi bo`lajak mijozlarni chuqurroq tushunishga va his etishga o`rganib olishi, psixokorrеksiya va psixotеrapiya kеrakli mеtodlarini yaxshiroq egallab olishi mumkin bo`ladi. Download 136 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling