Induksionli datchiklarning ishlash printsipi, asosiy tavsiflari, konstruktiv parametrlari
Download 268.02 Kb.
|
Induksion datchik (A.Sardor)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fotodiodlar
- Optoelektron asboblar
FotorezistorlarFotorezistor – yarim o’tkazgich fotoelektrik asbob bo’lib, bunda foto o’tkazuvchanlik hodisasi qo’llaniladi, ya’ni optik nurlanish ta’sirida yarim o’tkazgichni elektr o’tkazuvchanligi o’zgaradi. Fotorezistor tuzilishi quyidagi rasmda ko’rsatilgan. rasm. Fotorezistorning tuzilishi va ulanish sxemasi. 1-plyonka yoki plastik 2-dielektrik material. Asosiy kattaliklari: I S ф i ф , (2.31) Qorong’ulik qarshiligi – yoritilmagan fotorezistorlarning qarshiligi qiymati teng diapazonga ega Rk =102109 Om; Ishchi kuchlanishi – ishchi kuchlanish qiymati fotorezistor o’lchamlariga bog’liq, ya’ni elektronlar orasidagi masofaga bog’liq ravishda 1-1000 V gacha tanlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, fotorezistorlarning kattaliklari, tashqi muhit ta’sirida o’zgaradi. Fotorezistorlar afzalligi: yuqori sezgirligi, nurlanishning infraqizil qismida qo’llash mumkinligi, o’lchamlari kichikligi va doimiy tok va o’zgaruvchan tok zanjirlarida qo’llash mumkinligi. FotodiodlarFotodiod deb yarim o’tkazgichli fotoelement asbob bo’lib, bitta elektron- kovakli o’tishga va ikkita chiqishga egadir. Fotodiodlar ikki xil rejimda ishlashi mumkin: 1) tashqi elektr energiya manbaisiz (fotogenerator rejimida); 2) tashqi elektr energiya manbai yordamida (fotoo’zgartgich rejimida). rasm. Diodning tuzilishi Optoelektron asboblarOptoelektron asbob deb elektr signalini optik signalga (nur energiyasi) o’zgartiruvchi, bu energiyani indekatorlarga yoki fotoelektrik o’zgartkichlarga uzatuvchi asboblarga aytiladi. Ko’p tarqalgan optoelektron asboblardan biri optrondir. Optron nurlanish manbasi va qabul qilgichdan tuzilgan bo’ladi. Bu ikkalasi bir korpusga joylashtirilgan va bir biri bilan optik va elektr bog’liklikka ega bo’ladi. Elektron qurilmalarni optronlar aloqa elementi funksiyasini bajaradi, bunda ma’lumot optik nurlar orqali uzatiladi. Buning hisobiga galvanik bog’lanish bo’lmaydi, va elektron uskunalarga salbiy ta’sir etuvchi qayta bog’lanishlar bo’lmaydi. rasm. Optronni tuzilishi. Chiqishlar; .2 - Fotoqabul qilgich; 3-Korpus; 4-Optik muhit; 5-Svetodiod Optronlar ma’lumot to’plash va saqlash qurilmalarida, registorlarda va hisoblash texnikasi qurilmalarida qo’llaniladi. Zamonaviy optoelektrnonlarda nur chiqaruvchi sifatida svetodiodlar, foto qabul qilgich sifatida esa fotorezistorlar, fototiristorlar qo’llaniladi. Qo’llanilgan foto qabul qilgich turiga qarab optronlar – fotorezistorli, fotodiodli, fototranzistorli va fototiristorlilarga bo’linadi. 2.29.- rasm. Optronlarning shartli grafik belgilanishi rezistorli; b) diodli; v) fototranzistorli g) fototiristorli Fotoelektrik asboblarni belgilash tizimi: Fotoelektron asboblar xarf-sonli kod bilan belgilanadi: - birinchi element xarflar; asbob guruxini bildiradi; fr– fotorezistorlar, fd–fotodiodlar; ikkinchi element harflar –asbobni tayyorlangan materialini ko’rsatadi; GO – germaniy, GB – germaniy, legirlangan brom; GZ – germaniy legirlangan oltingugurt bilan; GK – germaniy kremniyli birikma; K-kremniy; KG – kremniy legirlangan geliyli; RG- arsenidli galliy va x.k. uchinchi element –001 dan 999 gacha sonlar ishlab chiqarish nomeri to’rtinchi element – harf, yarim o’tkazgich fotoasboblar podgruppasini belgilaydi; u-Unipolyar fotorezistor, B – bipolyar fotorezistorlar, L – kuchkili fotodiodlar . Svsvlvn, FDGZ-001K – fotodiod, germaniyli, legirlangan oltingugurtli, ishlab chiqarilgan nomeri 001. Optoelektronik datchiklar qishloq va suv xo’jaligida va sanoatda keng qo’llanilib kelinmoqda. 2.30-rasmda yerga ishlov berish agregatini avtomatik bajarishda o’simliklar qatorini nazorat qilish fatodatchikning sxemasi keltirilgan. 2.30-rasm. Yerga ishlov berish agregatini avtomatik boshqarish tizimida o’simliklar qatorini fotodatchik yordamida nazorat qilish sxemasi: 1,2-yorug’lik manbai, 3,4-fotoqarshilik , 5,6-kuchaytirgichlar, 7,8-ijro mexanizmlari. Ushbu datchik ishlov berish agregatining ikki tomonidan joylashtiriladi va ular yoruglik manbasidan (1, 2), fatoqarshilikdan (3, 4), kuchaytirgichdan (5, 6), va ijro mexanizmidan (7, 8) tashkil topgan. Qurilmaning ishlash prinsipi quyidagicha: agregatning chetga chiqishi sodir bo’lsa, yorug’lik manbasi bilan (1 yoki 2) fatoqarshilik (3 yoki 4) oralig’ini o’simlik to’sib qoladi va bunda yorug’lik nuri fotorezistorga tushmay qoladi. Natijada kuchaytirgich chiqishida (5yoki6) signal xolati o’zgaradi va ijro mexanizmini (7 yoki 8) ishlab ketishga sabab bo’ladi, yani ishlov berish agregati avtomatik ravishda xarakat qilishini tashkil etadi. Bugungi kunda fotodatchiklar dalalardagi xashoratlar xarakatini va sonini aniqlashda, metroda xarakatlarni nazorat qilishda, ko’cha yorugligini boshqarish kabi jarayonlarda qo’llanilib kelinmoqda. Download 268.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling