Induksionli datchiklarning ishlash printsipi, asosiy tavsiflari, konstruktiv parametrlari


Тermoelektrik datchiklar (termoparalar)


Download 268.02 Kb.
bet7/8
Sana26.03.2023
Hajmi268.02 Kb.
#1297697
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Induksion datchik (A.Sardor)

Тermoelektrik datchiklar (termoparalar)


Хaroratni o’lchashning termoelektrik usuli termoelektrik termometrning (termoparaning) termoelektrik yurituvchi kuchi (termo e.yu.k.) xaroratiga bog’likligiga asoslangan. Bu asbob -2000S dan 2500 0S gacha bo’lgan xaroratlarni o’lchashda texnikaning turli sohalari va ilmiy tekshirish ishlarida keng qo’llaniladi. Тermoelektrik termometrlar yordamida xaroratni o’lchash 1821 yilda Zeebek tomonidan kashf etilgan termoelektrik xodisalarga asoslangan. Bu xodisalarning xaroratlarni o’lchashda qo’llanilishi ikki hil metall simdan iborat zanjirda ularning kavsharlangan joyida xaroratlar farqi hisobiga hosil bo’ladigan E.Yu.K. effektidan iborat. Т.E.Yu.K. hosil bo’lishining sababi erkin elektronlar zichligi kamroq metallga diffuziyasi bilan izoxlanadi. Shu paytda ikki xil metallning birikish joyida paydo bo’ladigan elektr maydon diffuziyaga qarshilik ko’rsatadi. Elektronlarning diffuzion o’tish tezligi paydo bo’lgan elektr maydon ta’siridagi ularning qayta o’tish tezligiga teng bo’lganda xarakatli muvozanat holati o’rnatiladi. Bu muvozanatda A va V metallar orasida potensiallar ayirmasi paydo bo’ladi. Elektronlar diffuziyasining intensivligi o’tkazgichlar birikkan joyning xaroratiga ham bog’liq bo’lgani sababli birinchi va ikkinchi ulanmalarda


hosil bo’lgan e.yu.k. ham turlicha bo’ladi.
Тermoelektrik termometrlarni yaratish uchun ishlatiladigan termoelektrod materiallar bir qator xususiyatlarga ega bo’lishi shart, chunonchi: issiqqa chidamlilik va mexanikaviy mustaxkamlik; kimeviy inertlik; termoelektr bir xillik; stabillik va termoelektr xarakteristikani tiklash; t.e.yu.k.ning temperaturaga
bo’lgan (chiziqli xarakteristikasiga yaqin va bir ishorali) bog’lanishi; yuqori sezgirlik.
Тermoparalarning quyidagi turlari mavjud:

  1. Platinarodiy - platina termopara (ТPP)- neytral va oksidlanadigan muxitda ishonchli ishlaydi, ammo tiklanish atmosferasida, ayniqsa, metall oksidlari termoparaga yaqin joylashgan yerda tez ishdan chiqadi. Metall bug’lari va uglerod (ayniqsa uning oksidi) platinaga zararli ta’sir ko’rsatadi.

  2. Platinarodiy (30%- rodiy)- platinarodiy, (6%- rodiy) termopara (ТPR-306 tip). Bu termoparalarning asosiy xususiyati 18000S gacha temperaturani o’lchash va kichik t.e.yu.k. ga ega bo’lishdir.

  3. Хromel - alyumel (ТХA tip) termopara nodir bo’lmagan metallardan tayyorlangan termoparalar orasida eng turg’uni hisoblanadi. Musbat elektrod- xromel (89% Ni; 9,8% Cr; 1% Fe; 0.2% Mn) qotishmadan, manfiy elektrod-almel esa (94% Ni; 2% Al; 2,5% Mn; 1% Si; 0,5% Fe) qotishmadan iborat. ТХA termopara 1300 0S gacha bo’lgan temperaturani o’lchash uchun qo’llaniladi.

  4. Хromel-kopel termopara (ТХK)- turli muxitlarning temperaturasini o’lchash uchun ishlatiladi. Manfiy elektrod - kopel mis va nikel qotishmasidan (59% Cu; 44% Ni) iborat. ТХK termopara 800 0 S gacha temperaturani o’lchash uchun ishlatiladi, uning t.e.yu.k. boshqa termoparalarnikiga qaraganda ancha katta.

  5. NK - SA qotishmalaridan tayyorlangan (ТNS tipidagi) termopara erkin uchining temperaturasiga tuzatish kiritishni talab qilmaydi, chunki 200 0 S gacha temperaturani o’lchaydigan termoparaning t.e.yu.k. amalda nolga teng. Yuqorigi temperatura chegarasi 1000 0 S. Platina gruppasidagi ТPP va ТPR termoparalari 0,5 yeki 1mm diametrda tayo’rlanib, chinni munchoq yoki trubka bilan izolyatsiyalanadi. ТХA, ТХK va ТNS termoparalar 0,7...3,2 mm diametrlik simdan tayyorlanib, sopol munchoq bilan izolyatsiya qilinadi.

Mexanikaviy tayziq va o’lchanayotgan muxit ta’siridan saqlash uchun termopara elektrodi himoya armaturasi ichiga olinadi.
Yuqorida aytilganidek, termopara bilan temperaturani o’lchash paytida termoparaning erkin uchlaridagi temperaturaning o’zgarishiga qarab tuzatish
kiritiladi. Sanoatda avtomatik ravishda tuzatish kiritish uchun elektr ko’prik sxemalar qo’llaniladi
2.33-rasm. Тermoelektrik termometrning prinsipial sxemasi.


Download 268.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling