Induksionli datchiklarning ishlash printsipi, asosiy tavsiflari, konstruktiv parametrlari


Download 268.02 Kb.
bet3/8
Sana26.03.2023
Hajmi268.02 Kb.
#1297697
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Induksion datchik (A.Sardor)

Namlik datchiklari




Namlik ko’rsatgichlari xaqida tushuncha


Maxsulotlar va muxit namliklari asosiy ko’rsatgich bo’lib, ularni texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda boshqarish va vaqti-vaqti bilan nazorat qilish va o’lchab turish kerak bo’ladi. Maxsulot tarkibidagi namligi asosan absolyut (I) va nisbiy (U) namlik ko’rsatgichlari bilan baholanadi.


Absolyut namlik quyidagicha ifodalanadi:

  100,%
0

(2.27)


Bu yerda, M – maxsulotdagi namlik massasi;
Mo- absolyut quruq maxsulot massasi.
Namlik esa quyidagicha aniqlanadi:

Ф М М 0 М


100,%


(2.28)



Nisbiy namlik:


У а х 10
а м


(2.29)


bu yerda ax – xaqiqiy absolyut namlik; am – maksimal absolyut namlik.




Namlik datchiklarining klassifikatsiyasi va ish prinsiplari


Ish prinsipi bo’yicha elektrik namlik dachiklari elektrofizikaviy va elektroparametrik turlariga bo’linadi. Elektrofizikaviy datchiklar radiatsion va magnitoyaderli rezonans dachiklarini o’z ichiga oladi. Radiatsion dachiklarning ish prinsipi nam muxitnig infraqizil nurlarni, yuqori chastotali elektromagnit tebralishlarni, - nurlar va neytron nurlanishlarni qabul qilish darajasini o’lchashga



asoslangan bo’ladi. Magnitoyaderli rezonans datchiklarining ish prinsipi esa vodorod atomlari yadrosi va namlikning radiochastotali magnit maydonini qabul qilishi prinsipida ishlaydi.
Elektroparametrik datchiklar konduktometrik, dielkometrik va gigrometrik turlarga bo’linadi. Konduktometrik datchiklar elektrokimyoviy o’zgartirgichlar tarkibiga kiradi va ishlash prinsipi muxitning elektr o’tkazuvchanligini o’zgarishi natijasida namlikni aniqlashga asoslangan bo’ladi. Chiqish ko’rsatgichi bo’lib bunda muxit o’tkazuvchanligi hisoblanadi.
Dielkometrik datchiklar dielektrik singdiruvchanlik (E=2...10 - qattiq jismlar uchun; E=81-suv uchun) yoki dielektrik isrof tangens burchagi qiymatlari bo’yicha namlikni aniqlanadi.
Gigrometrik datchiklar elektronli o’zgartirgichlar guruhiga mansub bo’lib, ularning ishlash prinsipi qo’shimcha gigroskopik zarrachalarning mexanik yoki elektrik xarakteriskalarini o’zgarishiga asoslangan bo’ladi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida gazlar va xavo namliklari datchiklari keng miqyosda qo’llaniladi. Ularning quyidagi turlari mavjud: gigrometrik dilatometrik datchiklar - namlik ta’sirida chiziqli o’lchamlari o’zgarishiga, gigristorlar, elektropsixrometrlar, xarorat - muvozanatli va kondensatsion datchiklar - qarshilik o’zgarishiga hamda radioskopik va infraqizil datchiklar - gaz va xavoning fizikaviy xususiyatlarini o’zgarishiga asoslangan bo’ladi.
Хavo namligini aniqlashning psixrometrik usuli quruq va suv bilan namlangan ikki termometrlarni qo’llashga asoslangan bo’ladi. Bu prinsipda namlikni nazorat tizimi datchiklari-elektropsixrometrlar ishlaydi. Elektropsixrometrning prinsipial sxemasi 2.23-rasmda keltirilgan.
Muvozanatsiz, ko’prikning ikki yelkasiga ikkita bir hil yarimo’tkazgichli termorezistorlar ulangan bo’lib, ular gigroskopik keramik trubkaga joylashtiriladi. Birlamchi trubkanig bir tomoni suvga tushuriladi, ikkinchi tomoni esa xavoda turadi. Ya’ni termorezistor (Rg) quruq trubkada joylashadi va uning xarorati xavo xaroratiga teng bo’ladi. Suv bilan namlanadigan ikkilamchi trubkadagi termorezitorning (R n) qarshiligi namning parlanishiga bog’lik bo’ladi va
bug’lanish jarayonida xaroratning kamayishi hisobiga uning qarshiligi nisbatan yuqori bo’ladi. Хavo namligi qanchalik kam bo’lsa, nam trupka sirtidan suvning parlanishi tezroq bo’ladi. Bunda Rk va Rn orasidagi farq katta bo’ladi va o’zgartirgichdagi (U) chiqish signali kuchliroq bo’ladi.



2.23-rasm. Elektropsixrometrning prinsipial sxemasi.


Maxsulotlar namligini aniqlaydigan elektrik datchiklar konduktometrik (muxitning elektr o’tkazuvchanligi o’zgarishi), dielkometrik (dielektrik singdiruvchanligi E o’zgarishi), radioizotopli, elektroabsorbsionli, ultrotovush va SVCh (o’ta yuqori chastotali) datchiklarga bo’linadi.
Konduktometrik va dielkometrik datchiklar silindrik yoki tekis xavo kondensatorlaridan yasalgan elektrodlardan yoki igolkali elektrodlardan ham tashkil topgan bo’ladi. Maxsulot kondensatorlar orasiga joylashtirib, uning namligi aniqlanadi.

Download 268.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling