Industrial iqtisodiyot


“Angren” EIZda mashxur xitoy brendi


Download 1.74 Mb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi1.74 Mb.
#1055905
1   2   3
Bog'liq
Farg’ona Politexnika instituti

“Angren” EIZda mashxur xitoy brendi
Press-tur ishtirokchilarining ilk manzili Xitoynning Sinszyan Xalqaro savdo jamiyati investitsiya mablag'lari hisobidan ishga tushirilgan “Limax Gold Textile” MCHJ korxonasi bo'ldi. Bu yerda jahonga mashhur “Limax” brendi ostida yiliga 10,8 million juft paypoq, 337 ming tonna spandeks ip, 500 tonna poliestir ip, 60 tonna neylon ip hamda 80 tonna rezina ip mahsulotlari ishlab chiqariladi. 2017 yilda ish faoliyatini yo'lga qo'ygan korxona joriy yilda 30,9 milliard so'mlik mahsulot ishlab chiqarib, Qozog'iston, Rossiya, Qirg'iziston davlatlariga 1,7 million dollarlik mahsulot eksport qilishga erishdi.
Yuqori quvvatda ishlayotgan zamonaviy uskunalarni boshqarib turgan ishchilarning aytishicha, har bir stanok 1 soatda 100 juft paypoq ishlab chiqaradi. Korxonaga 230 ta stanok o'rnatilgan bo'lib, 269 ta doimiy ish o'rni yaratilgan. “Limax Gold Textile” MCHJ direktor o'rinbosari Wei Ai Guo kelgusi rejalar bilan o'rtoqlashar ekan, yaqin yillarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi hamda mahalliylashtirish ko'rsatkichlarini yanada oshirish niyatida ekanini bildirdi.
Mahalliylashtirish ko'rsatkichi ortmoqda
Sanoat zonasidagi yana bir yirik korxona “Quality devices” MCHJda “Artel” va “Shivaki” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan yuqori sifatli televizor, monitor va mikroto'lqinli pech mahsulotlari nafaqat mahalliy bozorlarimiz, balki bir qancha xorij davlatlariga katta miqdorda etkazib berilmoqda. 2019 yilda ishga tushgan loyihaning umumiy qiymati 12,084 million dollar. Shundan 1,02 million dollari Turkiyaning “Ilr sabah insaat anonym sirketi” tomonidan to'g'ridan to'g'ri investitsiya tarzida kiritilgan.
4,8 gektar maydonni egallagan korxona hududi bir nechta ishlab chiqarish tsexi hamda omborxonalarni o'z ichiga oladi. Bu yerda mahalliylashtirish ko'rsatkichi 65 foiz bo'lib, televizor panellari, texnik bazasi, tashqi va ichki ramkalar hamda metall mahsulotlari kabi asosiy uskunalar korxonaning o'zida ishlab chiqariladi. 2021 yilning may-iyun oylari televizorning led chiroqlarini ham mahalliylashtirish ko'zda tutilgan.
Ishlab chiqarish sexlarida aosiy vazifani “aqlli” texnologiyalar yordamida zamonaviy uskunalar bajarsada, ularni boshqarib turish talab etiladi. Diqqatni jamlagan holda barcha jarayonlarni nazorat qilish oson emas. Ammo korxonada mehnat qilayotgan yosh mutaxassislar buni a'lo darajada uddalamoqda. Bu yerdagi 550 nafar ishchining aksariyati maxsus bilimlarga ega, o'rta maxsus ta'limni tamomlagan yosh yigit-qizlar ekani, bejiz emas. Bugungi kunda “Quality devices” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga xorijda ham talab ortib bormoqda. Shu bois, joriy yilda ishlab chiqarilgan 667,6 milliard so'mlik mahsulotdan 4,8 million dollarlik qismi Ozarbayjon, Qozog'iston, Tojikiston, Afg'oniston davlartlariga eksport qilindi. Kelgusida korxona eksport geografiyasini yanada kengaytirish niyatida.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling