Индустриал иқтисодиёт


Download 309.05 Kb.
bet68/75
Sana29.01.2023
Hajmi309.05 Kb.
#1137396
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   75
Bog'liq
1 13 темаларLeksiya

E  (N1  N2)  Pts
Bu erda E – reja bo`yicha yillik tejam;
N1 va N2 – tadbir joriy qilinguncha va qilingandan keyingi mahsulot birligiga material sarflash normalari;
P – mahsulot ishlab chiqarishning yillik miqdori;
ts – mahsulotga sarflanadigan xomashyo va materiallar bahosi.
Мehnat buyumi sifatini yaxshilashga sarflangan xarajatlar samaradorligi yangi materiallarni joriy qilingunga qadar va qilingandan keyin mahsulot tannarxlarini solishtirish yo`li bilan aniqlanadi.
Istiqlol va bozor iqtisodiyotiga kirib borish mamlakatning xomashyo resurslarini ko`paytirishga va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga keng yo`l ochib berdi. Respublika sanoatining xomashyo bazasi borasidagi davlatning xo`jalik siyosati qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarining yuqori suratlar bilan taraqqiy etishini taminlovchi xomashyo resurslarining jadallashtirilgan rivojlanishini taminlashdan iborat.
Sanoat xomashyo bazasi rivojining asosiy yo`nalishlari quydagilardan iborat: yangi xomashyo manbalarini aniqlash bo`yicha geologik-qidiruv ishlarini kengaytirish, undiruvchi sanoat tarmoqlarini tezlik bilan rivojlantirish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining sanoat uchun etarli darajada mahsulot etishtirishini va uning tovardorlik qobiliyatini kuchaytirish, suniy materiallar va uning bosuvchi buyumlari turli xillarini yaratish va h.k.
Resurslarni tejash xo`jalik yurituvchi subektlarning sezilarli darajada rivojlanishiga tasir etadi. Shuning uchun ham har bir xo`jalik yurituvchi subekt resurslardan foydalanishga alohida etibor qaratmog`i lozim.
Ko`rib o`tganimizdek, tejamkorlikni amalga oshirish va mahsulotga material sarfini kamaytirishga erishish uchun avvalo xo`jalik yurituvchi xodimlar va xizmatchilar uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini tushunib olishlari hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo`lida xalq xo`jaligining hamma bo`g`inlarida uni moxirona qo`llay bilishi kerak.
Hukumatimiz tomonidan resurslardan samarali foydalanishga katta etibor qaratilmoqda. Аmmo mamlakatimiz aholisi va korxonalari tomonidan bu ishning amalga oshirilishi talabga javob beradigan darajada emas. Shu sababli 2005-2010 yillarda respublikada resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishga katta etibor berilishi va o`tgan yillardagidek isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslik kerak bo`ladi.



Download 309.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling