Industrial jamiyatdan axborot jamiyatiga o’tish! Axborotlashgan jamiyat
Download 24.98 Kb.
|
Industrial jamiyatdan
Industrial jamiyatdan axborot jamiyatiga o’tish! Axborotlashgan jamiyat - Mustaqil O’zbekistonimizda kibernetika va informatikaning taraqqiyot yo'li qanday kechdi va bu fanlarning rivojlanish istiqbollari qanday, degan savollar xaqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. Kibernetika va informatika soxasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va halq xo'jaligiga joriy etish maqsadida 1956 yilda akademik M.T. O'rozboyev tashabbusi bilan Uzbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibida V.I. Romanovskiy nomli Matematika instituti qoshida xisoblash texnikasi bo'limi ochildi. Unga V.Q.Qobulov raxbar etib tayinlandi va 1958 yilda Respublikamizda ilk bor «Ural-1» rusumli EUM o'rnatildi. 1966 yilda Markaziy Osiyo mintaqasida Uzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarkibida xisoblash markazi bo'lgan Kibernetika instituti, 1978 yilda esa uning asosida Kibernetika ilmiy ishlab chikarish birlashmasi tashkil etildi. Xalq xo'jaligidagi turli masalalarni xal etishda algoritmlashtirish nazariyasini yaratish va rivojlantirishga akademik V.Q. Qobulov boshchiligidagi birlashmaning Yetakchi olimlari O'zbekistonda kibernetikaning tarkib topishi va rivojlanish bosqichiga ulkan xissa qo'shishdi. Tasvirlarni tekshirib bilish va sun`iy intellekt nazariyalari bo'yicha katta maktab yaratgan akademik M.M. Komilov, matematik modellash va xisoblash eksperimenti, matematika va mexanikaning murakkab vazifalarini xal etishning mikdoriy-taxliliy usullari bo'yicha akademiklar F.B. Abutaliyev, B.A. Bondarenko, T. Bo'riyev, axborotni qayta ishlash bo'yicha — akademiklar D.A. Abdullayev, T.F. Bekmuratov, kibernetika fanining turli yo'nalishlari bo'yicha ulkan maktablar o'zagini yaratgan professorlar T.A. Valiyev, F.T. Odilova, Z.T. Odilova, O.M. Nabiyev, D.N. Axmedov, R.S. Sa`dullayev, Z.M. Solixov, N. A. Mo'minov, ta`lim soxasini kompyuterlashtirish bo'yicha ilmiy-uslubiy izlanishlar olib borgan va bu soxaning rivojlanishiga katta xissa qo'shgan professor M.Ziyoxo'jayev va boshqalarning katta xizmatlarini ta`kidlash lozim. Hozirgi kunda akademik V.Q. Qobulovni Uzbekistonning barcha kibernetiklari o'zlarining ustozi sifatida ko'rishadi va shuning uchun xam u insonni xurmat bilan mamlakatimiz kibernetikasining «otaxoni» deyishadi. Davlat tomonidan tartibga solishning muximligi va respublikada axborotlashtirish jarayonini tezlashtirish zaruriyatini xisobga olib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1992 yil 8 dekabr qarori bilan Fan va texnika bo'yicha Davlat Qo'mitasi (FTDK) qoshida Axborotlashtirish bo'yicha bosh boshqarma (Boshaxbor) tuzildi. Zamonaviy jamiyatda insonning ishlab chiqarish faoliyati umumlashgan ishlab chikarish (UICH) doirasida kechmoqda. UICH bir-biri bilan uzviy bog'liq fizik(moddiy) xamda axboriy-mantiqiy qismlardan iborat. Ishlab chiqarishning axboriy-mantiqiy qismiga kuch bergan mamlakatlar yuqori ish unumdorligi va zamonaviy, xaridorgir maxsulotlar ishlab chiqarishga erishganliklari ma`lum. Axboriy-mantikiy ishlab chiqarish (AMICH)ning resurslari asosini axborot, mexnat vositalarini esa xisoblash texnikasi, uning dasturiy ta`minoti, axborot texnologiyalari va boshqalar tashkil qiladi. Mexnat vositalari xamda aqliy mexnatni sarf qiluvchi, tajriba va bilimga ega insonlar AMIChning ishlab chiqarish kuchlarini tashkil qiladi. AMIChning maxsuloti abstrakt ob`ekt (axborot, model) iste`mol predmeti sifatida namoyon bo'lmoqda. Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi xam o'zgaradi. Barcha xarakatlar tovarlarni ishlab chiqarish va iste`mol etishga yo'naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab chiqariladi va iste`mol etiladiki, bu xol aqliy mexnat ulushining oshishiga olib keladi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga extiyoj oshadi. Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Download 24.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling