Induvidal loyiha


Download 0.91 Mb.
bet8/24
Sana20.01.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1104261
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
Kurs ishi

Xitoy modeli elektron tijoratning institutsional rivojlanishining ustuvorligini
Xitoy tovarlarini tashqi bozorga surish va Xitoyning o‘zida taqsimlovchi infratuzilmani rivojlantirishni taqozo etadi. Elektron tijoratga Xitoyda nafaqat soliq tushumlari manbai, balki sanoatda ishlab chiqarishni rag‘batlantirishning strategik muhim mexanizmi sifatida ham qaraladi. Aynan shuning uchun ham “Xitoydagi ko‘plab logistikaga oid faoliyat turlari hokimiyat organlari tomonidan boshqariladi va ular tomonidan qattiq nazorat qilinadi”
Boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, Xitoyda davlat tomonidan elektron tijoratni rivojlantirish uchun maqsadga yo‘naltirilgan holda qulay institutsional sharoitlar yaratilmoqda: soliqlarning mavjud emasligidan tortib, to zamonaviy tovar harakatlanishi tizimi hamda imtiyozli bojxona rejimiga qadar. Xitoy iqtisodiyoti soliqlarni elektron tijoratdan ( B2C va C2C ) emas, balki sanoatda ishlab chiqarishdan oladi. Shu bilan birga Xitoyda elektron tijoratda tadbirkorlarga soliq solish borasida hech qanday choralar ko‘rilayotgani yo‘q, deb aytish mumkin emas. Rejalashtirilayotgan soliq islohoti shaxsiy daromad solig‘ini “soliqlarning asosiy turlaridan biriga aylantiradi”, u “korxonalarning daromad solig‘iga nisbatan yanada muhimroq rol o‘ynaydi”.
Shu tarzda, elektron tijoratni institutsional boshqarish sohasida yondashuvlarning butun spektrini topish mumkin: qattiq reglamentatsiya qilishdan tortib, to beparvolikka va ongli rag‘batlantirishgacha. Faqat bir joydagina elektron tijoratning institutsionalizatsiya qilinishiga barcha yondashuvlar yagona – u o‘zida global normalar bilan boshqarilish lozim bo‘lgan global hodisa ekanligini anglashda.
Institutsional ma’noda elektron tijorat hali o‘zining huquqiy toifasiga ega bo‘lmagan va uning normativ-huquqiy holati uzil-kesil belgilanmagan. Ushbu muammo butun xalqaro huquq tizimining muammosidir.
O‘tgan yilning yakunlari bo‘yicha $1 trln chegarasidan o‘tgan jahon ecommerce bozori deyarli pasaymas sur’atlarda o‘smoqda. Joriy yilda u yana qariyb 20% o‘sishi kutilmoqda. O‘sish yetakchilari orasida — Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari. Va hali yosh Xitoy bozori 65% o‘ssada, eng “pishgan” Buyuk Britaniya va Germaniya bozorlari joyida turish niyati yo‘q, ular uchun o‘sish bashorati — tegishlicha 14% va 13%. Ishontiruvchi ko‘rsatkichlar o‘sish manbalari hamda jahon elektron tijoratining gurkirab rivojlanishining ushbu tasvirida Rossiyaning o‘rni haqida o‘ylashga majbur qiladi.9
Hozirgi paytda AQSh internet-savdo hajmi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. 2012 yilda ularning bozor hajmi qariyb $300 mlrd.ni tashkil qildi.
Diagramma 1.2.1

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling