Induvidal loyiha
Download 0.91 Mb.
|
Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- INDUVIDAL LOYIHA MAVZU; ELEKTRON TIJORATDAN FOYDALANISHNING XORIJIY TAJRIBASI(XITOY MISOLIDA) Bajardi; 011-19 Guruh Axmadov Behruz Ilmiy raxbar
- Mavzuning dolzarbligi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TENOLOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI AKT SOHASIDA IQTISODIYOT VA MENEJMENTI FAKULTETI “MENEJMENT VA MARKETING” KAFEDRASI “ELEKTRON TIJORAT” YO’NALISH INDUVIDAL LOYIHA MAVZU; ELEKTRON TIJORATDAN FOYDALANISHNING XORIJIY TAJRIBASI(XITOY MISOLIDA) Bajardi; 011-19 Guruh Axmadov Behruz Ilmiy raxbar: Xakimjanov D.K Komissiya a’zosi Toshkent – 2023
Mundarija Kirish……………………………………………………………………….. 3 I Bob. Elektron tijoratning mamlakat milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi ahamiyati va ro`li………………………………………………………………… 7 1.1 Elektron tijoratning vujudga kelish asoslari……………………… 7 1.2 Elektron tijorat bozori shakllanishining xorijiy tajribasi.……… 14 II Bob. Xitoyda elektron tijoratning rivojlanish xusussiyati, muammo va istiqbollari…………………………………………………………………………29 2.1 Xitoyda elektron tijoratning zamonaviy tahlili. …………………. .29 2.2 XXRda elektron tijoratning rivojlanish muammo va istiqbollari………………………………………………………………………… 37 2.3 O`zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish uchun shart - sharoitlar………………………………………………………………………….. 45 Xulosa……………………………………………………………………….. 58 Foydalangan adabiyotlar ro`yhati…………………………………………… 62 Ilovalar ………………………………………………………………………65 KirishMavzuning dolzarbligi. So'nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish muhim o'zgarishlar yuz tutdi. Internet imkoniyatidan foydalangan holda, elektron malumotlar bilan almashinish imkoniyati tez rivojlandi, shu bilan birga tijorat operatsiyalari va savdo operatsiyalarini amalga oshirish yo`lini tubdan o`zgartirib yubordi. Ichki va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish, an`anaviy savdo shakllariga nisbatan osson va kam vaqt sarf etadigan bo`ldi. Raqamli telekom-munikatsiyadan foydalangan holda ishbilarmonlik faoliyatini amalga oshirish uchun haqiqiy imkoniyat vujudga keldi. Bu esa elektron biznesning rivojlanishini taminlab berdi, uni ichidagi eng asosiy komponent - elektron tijoratdir. Zamonaviy axborot texnologiyalar, matematik model va usullarni, nazariy va metodologik elektron biznes bilan qo`llash, O’zbekistondagi bir qator iqtisodiy masalalarning samarali yechim topishga imkon beradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov inqirozdan keyingi iqtisodiy rivojlanishning eng muhim vazifalarini belgilab, "iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarining qudratli zamonaviy tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan muhim strategik ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha faol investitsion siyosat yuritish vazifalari doimiy e’tiborimizda bo‘ladi." 1 , deya ta'kidladilar. Telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlashtirish jarayoni, zamonaviy bank texnologiyalarini joriy qilinishi, mamlakatning elektron tijorat xizmatlarini bunday samarali rivojlanishi uchun imkon yaratib berdi. Shu bilan birga, elektron tijorat tizimini joriy qilish, an`anaviy iqtisodiy tizimlar va internet tizimlar orqali elektron tijoratni rivojlantirish ko`pgina iqtisodiy va tashkiliy muammolarni yaratdi. Ularning barchasi shoshilinch yechimlarni talab qiladi. Shunday qilib, an'anaviy iqtisodiyotning nazariy va metodologik tarmoqlari uchun mo'ljallangan biznes yuritish uslubiyati, internet makonida foydalanish uchun etarli emas. Elektron tijorat bozorida iqtisodiy muvaffaqiyatga faqat, biznes jarayonining asosiy mexanizmlarini qayta ko'rib chiqish va to`g`ri takomillashtirish taqdirida erishish mumkin. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling