Induvidal loyiha


Download 0.91 Mb.
bet16/24
Sana20.01.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1104261
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Kurs ishi

Taobao.com Sohibi Alibaba xoldingi hisoblangan taobao, elektron savdo sohasidagi yangi do‘kon emas. Mazkur internet-do‘kon eng yorqin C2C vakili hisoblanadi. Unda deyarli hamma narsa, noutbuklardan tortib, avtomobillargacha sotiladi.

O‘zining g‘arbiy ebay hamkasbidan farqli ravishda taobao bozorda ushbu sohada o‘zlarining foydalanuvchilari uchun bepul ro‘yxatdan o‘tish hisobiga yetakchilikni egalladi.

  1. Tmall.com Tmall ham Alibaba xoldingiga tegishli. Internet-maydon B2C sohasida ishlaydi va o‘zida chakana savdo tarmog‘ining ko‘plab brendlari, xususan gucci, calvin klein, burberry va ko‘plab boshqalar bilan virtual savdo markazini ifoda etadi.

Tmall 2012 yilda daromadlarning 41,5% o‘sishi bilan raqobatchilardan katta farq qilgan holda B2C yetakchisi hisoblanadi.

  1. 360buy.com 360buy — bu Xitoyning elektron tijorat industriyasidagi yana bir gigant. Do‘konning takliflari asosan elektronikani, uy-ro‘zg‘or texnikasini, kiyim-kechakni va kitoblarni qamrab oladi. Saytda, shuningdek onlayn-sayohatlar xizmati va lyuks brendlar uchun savdo markazi mavjud.

Hozirgi vaqtda Xitoyda juda ko‘p odamlar tovarlarni internet yordamida xarid qilishmoqda. Internetda xarid qilish – Xitoyliklarning, xususan yoshlarning o‘rtasida eng rusumli iste’mol qilish usuli. 2010 yildan boshlab Xitoyda uning kollektiv xarid kabi shakli dinamik tarzda rivojlanmoqda. O‘n yillar davomida elektron tijorat Xitoy bozorida kuchli raqobat sharoitida o‘z o‘rnini egallashga ulgurdi. Elektron tijorat ta’siri va ko‘lamining uzluksiz kengayishi bilan birga turli xil savollar ham paydo bo‘lmoqda. Xitoyda uning rivojini boshqarishga to‘g‘ri kelmoqda.
Chen Si Pekin kompaniyalaridan birida ishlaydi. U doimo juda band va ilgari unda do‘konlarda xarid qilishga vaqti bo‘lmagan. Biroq 3 yil avval Chen Si tarmoqda xarid qilishni sinab ko‘rdi va endilikda uni do‘kondagi xaridlar qiziqtirmaydi. Mana uning bu boradagi so‘zlari:
“Men tarmoqda tez-tez xaridlarni amalga oshirib turaman. Bu juda qulay, chunki men buyurgan tovarlarni to‘g‘ri kompaniyaga olib kelishadi. Va men saytda sevimli tovarlarimni muvaffaqiyat bilan tanlay olaman, buning uchun mening ko‘p vaqtim ketmaydi. Endilikda men internetdan xarid qilishga o‘rganib qoldim”. 20
Chen Si kabi ko‘plab yoshlar endilikda tovarlarni uydan chiqmay turib, diqqat bilan turli saytlarda taqqoslashlari mumkin. Bu vaqtni va kuchni, hatto pulni tejaydi. Keyingi yillarda tarmoqda xarid qilish rusumli yoshlarni iste’mol so‘roq qilish natijasida birinchi o‘rinni egalladi. Elektron savdo uchun platforma taqdim qilinadigan web-saytlar uchun bu katta imkoniyatlar. Xitoydagi eng mashhur onlayn internet-do‘kon – Taobao sayti ham dinamik tarzda rivojlanmoqda. Taobao saytining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining boshlig‘i Yan Syao xabar qildi:
“2010 yilning oxiriga kelib saytimizda 370 mln. Mijoz ro‘yxatdan o‘tgan, hur kuni 280 mln. Tovarlar ko‘rsatiladi, 2010 yilda rekord darajadagi kundalik savdo aylanmasi 195 mln. Yuanni tashkil qilgan. Hozirgi vaqtda Taobao sayti Xitoyning internetda xarid qilish bozorida 80% ulushga ega”.
Elektron tijorat 3 ta toifaga bo‘linadi: bu B2B (savdogalar savdogarlar uchun),
B2C (savdogarlar iste’molchilar uchun) va C2C (iste’molchilar iste’molchilar uchun). Xitoyda hozirgi vaqtda B2C modeli dinamik tarzda rivojlanmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2010 yil dekabrga qadar Xitoyda 18 mingta elektron tijorat sayti bo‘lgan, ular orasida 60% B2C modeli bo‘yicha ishlaydi. Xitoyda 2010 yilda xuddi elektron savdoning summasi shu davrga nisbatan 20% o‘sib, 4,5 trillion yuanni tashkil qildi. Ularning orasida 85% dan ortig‘i B2B modeli bo‘yicha amalga oshirilgan, bozordagi B2C modeli bo‘yicha savdo aylanmasi esa analogik davrga nisbatan 97% o‘sib - 510 mlrd.(82.2 mlrd $) yuanni tashkil qilgan, Xitoyning umumiy chakana savdo aylanmasining 3%ini tashkil qilgan.
Jadval 2.2.1

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling