3.2.4.INDUVIDIAL LOYIHALARNING TARKIBI VA TUZULISHI
Induvidial loyihanning tarkibida tanlangan mavzuni aniqliyligi, dolzabliyligi, ilmiyliyligi va amaliyligi ko‘rsatib o‘tiladi.Induvidial loyihalarni tuzilishi jihatdan keltirilgan umumiy maʼlumotlar: sahifalar soni, qisqacha mavjud bo‘lgan bo‘lim va boblar tavfsilotlari, keltirilgan jadval, rasm, diagramma, foydalanilgan adabiyotlar sonlari va ilovadagi maʼlumotlar xaqida axborot keltirilishi shart.
3.3. DASTURIY QISM
Dasturiy qismda o‘z navbatida quyudagi bo‘limlarga bo‘linadi (12-15 bet):
1) Masalaning qo‘yilishi
2) Induvidial loyiha mavzusi bo‘yicha algoritm yaratilishi;
3) Algoritmni dasturiy taʼminot yordamida amalga oshirish
4) Yaratilgan dasturning imkoniyatlari
3.3.1. MASALANING QO‘YILISHI
Tanlangan Induvidial loyihalar mavzusi bilan bog‘liq muammoni to‘laligicha tushuntiriladi. Masalani tanlanishi va unga bog‘liq muammolar tasnifi keltiriladi.
3.3.2.INDUVIDIAL LOYIHALAR MAVZUSI BO‘YICHA ALGORITM YARATILISHI
Bu bo‘limda yuqoridagi tahlil natijasiga qarab, eng optimal algoritm yaratiladi. Yaratilgan algoritm blok-sxema, grafiklarda ko‘rsatilishi va algoritmning har bir qadami haqida tushuntirishlar beriladi.
3.3.3. ALGORITMNI DASTURIY TAʼMINOT YORDAMIDA AMALGA OSHIRISH
Induvidial loyiha mavzusini mohiyatidan kelib chiqqan, yuqoridagi imkoniyatlaridan foydalangan holda algoritm asosida dasturiy taʼminot yaratiladi. Ularning xar bir qismi, bo‘limlari bo‘yicha tushuntirishlar beriladi va dasturiy taʼminotning kompilyasiyasi amalga oshiriladi. Yaratilgan dasturiy taʼminot ilova tariqasidaInduvidial loyihalarning ilova qismida keltiriladi.
3.3.4. YARATILGAN DASTURNING IMKONIYATLARI
Dasturni yaratishda foydalanilgan qo‘shimcha kutubxona, komponentlar maʼlumotlar omborlari qisqacha taʼriflanadi. Bundan tashqari yaratilgan dasturning imkoniyatlari aniq taʼriflanadi.
3.4. XULOSA
Xulosada Induvidial loyihalarga qisqacha annotatsiya yoziladi. Bundan tashqari ishning asosiy nuqtalari, induvidial loyihalar bajarilishida olingan natijalar ko‘rsatilishi kerak. (2-4 bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |