Inersiya kuchi-"u baribir mavjud"MI?
Download 54.73 Kb. Pdf ko'rish
|
INERSIYA KUCHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Noinersial sanoq sistemalar(NSS).
- Inersiya kuchlari.
INERSIYA KUCHI–“U BARIBIR MAVJUD”MI? Telyayev S.K. sukhrobtillo@gmail.com Nyutonning harakat qonunlari bajariladigan sanoq sistemalar – inersial sanoq sistemalar (ISS) deb ataladi. Uzoq vaqtlar davomida bunday sanoq sistema sifatida Yer bilan bog‘liq sistema qo`llanilar edi. Biroq, 1851 yilda fransuz fizigi Fuko o‘tkazgan tajriba Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida unda tezlanish paydo bo‘lishini va shu sabab u bilan bog‘liq sanoq sistema inersial bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Endi inersial sanoq sistema sifatida, katta aniqlik bilan, Quyosh yoki olis yulduzlar bilan bog‘liq sanoq sistemalarni ishlatish kerak bo‘lib qoldi.Ammo Quyosh yoki yulduzlarga bog‘langan sanoq sistemalarga nisbatan mexanik harakatni qarab chiqish amalda juda noqulaydir.Aksincha mexanikaning ba’zi masalalarini tezlanishga ega bo‘lgan sanoq sistemalarga nisbatan qarab chiqish ancha qulaylik tug‘diradi. Xo‘sh, qanday qilib Nyuton qonunlarini tezlanish bilan harakat qilayotgan sanoq sistemalarda qo‘llash mumkin? Biroq, shu narsa muhimki,har qancha o‘zgartirish kiritmaylikbunday sistemalarda uning barcha qonunlarni bir xilda bajarilishini ta’minlab bo‘lmaydi. Eslatib o‘tish joiz, Nyutonning qonunlari ichida eng ahamiyatlisi bu–ikkinchi qonundir. Shu qonunni tezlanish bilan harakatlanayotgan sanoq sistemalarda shaklan saqlab qolish uchun quyidagi tushunchalarni kiritamiz: 1. Noinersial sanoq sistemalar(NSS). Noinersial sanoq sistemalar – inersial sanoq sistemalarga nisbatan tezlanuvchan harakat qilayotgan jismlar bilan bog‘langan sanoq sistemalardir. Bunday sistemalarda bevosita Nyuton qonunlari bajarilmaydi. 2. Inersiya kuchlari. Bu kuchlarning real kuchlarga hech qanday aloqasi yo‘q. To‘rt xil fundamental ta’sirlashuv (gravitatsion, elektromagnit, kuchli, kuchsiz) natijasida paydo bo‘ladigan to‘rt xil ta’sir kuchlarining hech biriga inersiya kuchlarini kiritish mumkin emas. Bu kuchlar jismlarning o‘zaro ta’sirlashuvidan paydo bo‘lmaydi. Demakki, NSSda inersial kuchlar uchun Nyutonning uchunchi qonuni bajarilmaydi. Endi eng sodda misolda noinersial sanoq sistemani va inersial kuchlarni qarab chiqaylik. Aravacha polida massali brusok turibdi. Aravacha poli va brusok shunchalar silliqki, ular orasidagi ishqalanish kuchi inobatga olinmasa ham bo`ladi. Arvacha Ox o‘qi bo‘ylab 𝑎𝑎⃗(|𝑎𝑎⃗| = 𝑎𝑎 𝑎𝑎 )tezlanish bilan harakat boshladi. Bunda Yer bilan bog‘langan inersial sanoq sistemada brusokka ta’sir qiladigan barcha kuchlar muvozanatlashgan va brusokning tezlanishi (𝑎𝑎 𝑏𝑏 ) nolga teng. Endi xuddi shu brusok harakatini aravacha bilan bog‘langan NSSda qarab chiqaylik. Bu sistemada ham brusokka ta’sir qiluvchi natijaviy kuch 0 ga teng. Lekin bu sistemadabrusok −𝑎𝑎⃗(𝑎𝑎 𝑏𝑏 = −|𝑎𝑎⃗|)tezlanish bilan harakatlanmoqda. Nyutonning ikkinchi qonuni bajarilishi uchun tabiatan sun’iy bo‘lgan kuch kiritamiz. Mana shu kuch inersiya kuchidir. Bu kuch sanoq sistema noinersialligidan kelib chiqqanligi uchun unga hech qanday aks ta’sir kuchi mavjud bo‘lmaydi. Inersiya kuchini miqdor jihatdan tavsiflash uchun NSS Nyutonning ikkinchi qonuni quyidagicha yozamiz: (1) bu yerda – inersiya kuchi. Bu kuchning ifodasi shaklan Nyutonning ikkinchi qonuniga o‘xshasa-da, mazmunan farq qiladi. Nyutonning ikkinchi qonuni (2) ko‘rinishda yozish sabab va oqibatning to‘g‘ri ketma-ketlikda bayon qilinishiga imkon beradi: (2)- va (1)-ifodalardan ko‘rinib turibdiki inersial sanoq sistemalarda Download 54.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling