Infeksion gepatitlarni qo'ZG'atuvchi viruslar reja


Gripp virusi odamzodning o‘ta havfli dushmanidir


Download 30.08 Kb.
bet2/4
Sana14.09.2023
Hajmi30.08 Kb.
#1678300
1   2   3   4
Bog'liq
INFEKSION GEPATITLARNI QO\'ZG\'ATUVCHI VIRUSLAR

Gripp virusi odamzodning o‘ta havfli dushmanidir Viruslarni o‘rganadigan fan virusologiya deb ataladi. Viruslar o‘simliklarda, hayvonlarda va boshqa organizmlarda (zamburug‘lar, aktinomitsetlar, bakteriyalar) turli-tuman kasalliklar qo‘zg‘atadi.
Tamaki mozaikasi virusining birinchi marta toza preparatini olgan, Nobel mukofoti sovrindori U.Stenli «Viruslar va hayotning tabiati» (“Virusы i priroda jizni”) nomli kitobida virus nima degan savolga quyidagi javobni beradi: “Virus – bu biologiyaning buyuk sirli muammolaridan (zagadka) biridir. Virus o‘ta kichik o‘lchamli bo‘lib, organizmga kirish xususiyatiga ega va deyarli hamma tirik mavjudotlarda kasallik tug‘diradi hamda faqat tirik hujayralardagina ko‘payadi”. Virus organizmda uzoq vaqt tiriklik alomatini namoyon qilmasdan turishi va birdaniga “qayta tirilib”, shu virusga chidamsiz bo‘lgan (moyil) tirik hujayrani kasallantirishi mumkin. U rivojlanish jarayonida o‘zining yangi shakli (formasi)ni hosil qilishi va ko‘plab odam yoki hayvonlarni nobud qilishi ehtimoli bor. SHulardan biri gripp virusidir.
Gripp (Grippe). Sinonimlari: ispanka, epidemik virusli gripp.
Qo‘zg‘atuvchisi - bakterial filtrlardan o‘tuvchi virus. 1918-1919 yillarda katta epidemiyalarga sabab bo‘lgan. Gripp virusi qo‘zg‘atgan kasallik Amerikada boshlanib so‘ngra Evropaga, Osiyoga va butun dunyoga tarqalgan. Bu virus epidemiyasi davrida butun dunyo bo‘yicha 500 million odam kasallanib, ularning 20 milliondan ortig‘i halok bo‘lgan.
1957 yilda gripning yangi epidemiyasi Janubi-sharqiy Osiyoda boshlanib, (“osiyo gripi”) tezda Evropaga etib boradi va u shu yilning kuzigacha butun dunyoni egallagan. 1959 va 1962 yillarda gripp epidemiyasi qaytariladi. Bu epidemiyalar er sharining katta qismida tarqalgani uchun uni pandemiya deb ataladi (Smorodinsev, 1965).
Gripp virusining A tipi 1933 yili U.Smit, K.Endryus va P.Leydloular, V tipi 1940 yilda T. Frensis va T.Medjiyalar, S tipi 1947 yilda R.Teylor tomonidan aniqlangan.
Gripp bir necha o‘n yilda tezgina tarqalib pandemiyalarni keltirib chiqarishi bilan birga milionlab odamlarning hayotiga zomin bo‘ladi. Birinchi gripp haqidagi hujjatlarga asoslangan xabarlar 1580 yilga taalluqli bo‘lib, kasallik Xitoy va Rossiya orqali Afrikaga o‘tib, undan Evropaga etib kelgan va ularning aholisini sezilarli darajada qisqartirgan. XX asrda bu virus ta’sirida uchta pandemiya bo‘lib o‘tgan: 1918-19 y., 1957 y. va 1968 yillar. Buning eng havflisi “ispanka” bo‘lib, 1918-1919 yillarda 50-100 million kishining hayotiga zomin bo‘lgan.
Bu kasallik hozirgi kunda Er sharining barcha hududlariga tarqalibgina qolmasdan, Arktika kengliklari va Tinch okeani orollariga ham etib borgan.
Gripp virusining “cho‘chqa” ,”odam” va “parranda” shtammlarining genetik hosilasi N1N1 shtammidir.
N1N1 gripi Kanada va Turkiyada yuzlab odamlarni kasallantirdi va bugungi kunda Daniya, SHvetsariya, Ukraina va Rossiyaga ham etib keldi. Rossiyada ushbu virus tufayli ko‘plab odamlarning kasallanishi kuzatildi. Butun dunyo sog‘liqni saqlash komitetining 2009 yil avgust oyi hisobotiga asosan bu kasallikning tarqalishi quyidagi xaritada ko‘rsatilgan Masalan, 1918 yilda “ispanka” deb nomlangan gripning pandemiyasi bir chekkadan odamlarni yalpi kasallantira boshladi. Bemorlarda kislorod etishmaslik alomatlari kuzatilib, o‘pkaning xavfli shamollashi paydo bo‘ldi va bir yarim yil ichida dunyoning barcha davlatlariga tarqaldi. Milliarddan ko‘proq aholi bu virusdan kasallandi. Kasallik natijasida 20 milliondan ortiq aholi nobud bo‘ldi. To‘rt yil davom etgan birinchi jahon urushida ham buncha ko‘p odam o‘lmagan edi. Gripp virusi natijasida o‘lim bilan tugashi ancha kam deb hisoblanadi, ammo gripp bilan kasallanganda o‘pka va yurak qon-tomir kasalliklari sababli o‘lim ko‘payadi. Gripp bilan kasallanmaganda bunday bemorlar uzoq muddat yashashlari mumkin edi. Bu xavfli va makkor virus bilan bir necha yillardan buyon kurash olib boriladi. Ammo uning ko‘p sirlari hamon yashirinligicha qolmoqda. Vaksinatsiya kasallikni bir yarim - ikki barobarga kamaytirdi. Ba’zi yillari esa uning samaradorligi nolga aylandi. Orttirilgan immunitet keyingi gripp epidemiyalaridan qutqara olmadi. Virus qaerdan keladi va epidemiyalar orasidagi muddatda u qaerda berkinib yotadi? Nima sababdan har gal virus o‘z xususiyatini o‘zgartiradi va odam immunologik to‘sig‘ini chetlab o‘tadi? Bu muammoning echimi zamonaviy virusologiyaning kun tartibidan olingan emas. Har safar virus o‘z “kiyimini” o‘zgartiradi, yangi virus tipi yangi virus epidemiyasini qo‘zg‘atadi.
Virusning tuzilishiga qaraydigan bo‘lsak, ularni o‘rganish elektron mikroskoplardagina amalga oshiriladi. 1939 yilda A.V.Arden va G.Ruskalalar birinchi marta viruslarni elektron mikroskopda o‘rgandilar. SHu vaqtdan boshlab viruslarning morfologiyasi haqida aniq ma’lumotlar olina boshlandi. Jumladan, gripp virusini elektron mikroskopda o‘rganilib uni murakkab viruslar guruhiga kirishi aniqlandi. Ularning nozik strukturalarini o‘rganish S.Brenner va D.Xornning viruslarni negativ kontrastlab bo‘yash usulini qo‘llashdan boshlandi va viruslarning struktura elementlarini (subbirliklarini) o‘rganish imkoni tug‘ildi. Gripp virusining virioni spiral simmetriya asosida tuzilgan bo‘lib, A va S tiplarining o‘lchamlari 80-120 nm, V tipiniki esa 90-110 nm (3-rasm, A). Virionning markazida oqsilga o‘ralgan bir zanjirli RNK bor (4-rasm, 4). Bu virionning eng stabil qismi bo‘lib, u virus tipiga qarab doimo bir xildir. YUqorida aytilgandek, 3 ta tip gripp virusi mavjud – A, V va S. Bulardan pandemiyalarga sabab bo‘ladigani va eng xavflisi A tipidir. V tipi kam, S tipi esa undan ham kam uchraydi. Demak, asosiy kasallikda rol o‘ynaydigani A tipli gripp virusidir. Virusning markazidagi nukleotid qismi - o‘zagi o‘ta stabil bo‘lishiga qaramay, uning ikkita oqsil– gemaglyutinin va neyraminidaza (4-rasm, 1, 2) tutuvchi tashqi qavati o‘ta o‘zgaruvchandir. SHu ikki oqsili bilan odam organizmi uchrashadi va unga qarshi immunitet hosil qiladi. Ammo bu tashqi qavat oqsillari o‘ta tezlikda o‘zgarib turadi.

Download 30.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling