Infilyatsiya va unga qarshi kurashish yo’llari
Download 0.79 Mb.
|
jamoliddin infilyatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Infilyatsiyadan chiqishning usullari
Infilyatsiya turlari
I. pul qadrini tushirib, uning iqtisodiy ahamiyatiga putur yetkazadi, shu bois davlat harajatlarini qisqartirish, soliqlarni oshirish, pul emissiyasini cheklash, monopol narxlarni tartiblash, narx erkinligini taʼminlash, ortiqcha pullarni bankka, qimmatli qogʻozlar bozoriga tortish va boshqalarlardan iborat I.ga qarshi siyosat yuritiladi. I. jahondagi barcha mamlakatlarga xos va xalqaro tus olgan. Masalan, I. surʼatlari 1980-yilda AQShda 10,8, Yaponiyada 7,1, Germaniyada 5,8, Fransiyada 13,3, Buyuk Britaniyada 16,3% ni, 1990-yilda tegishlicha 5,0; 2,4; 2,5; 3; 4,7% ni tashkil qildi. I. shiddati narxlarning oʻsish indeksiga qarab aniqlanadi. Bu indeks Oʻzbekistonda 300 ga yaqin tovarlar narxi oʻzgarishlarini hisobga oladi. Shu paytgacha giperinflatsiya rekord darajaga yetgan davlat bu Zimbabve boʻlib, bu hodisa Zimbabve hukumati yer islohotini 1998-yilda olib borgach sodir boʻlgan. Giperinflatsiya shu darajaga yetganki, 2007-yilga kelib birgina oq non narxi 200 000 000 000 zimbabve dollari boʻlgan. Keyin Zimbabve taslim boʻlib, mamlakat pul birligini AQSH dollariga oʻzgartirgan. Infilyatsiyadan chiqishning usullari Aytish joizki, bir davlatning inflyasiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari ikkinchi bir davlatning iqtisodiy siyosatiga mos bo‘lmasligi mumkin. Ammo mutaxassislar inflyasiyaga qarshi kurashning quyidagi keng tarqalgan usullarini amalda qo‘llashga urinadilar: 1. Faol moliyaviy siyosat. Bu siyosat doirasida davlat soliqlarni oshirib, xarajatlarni kamaytirishga urinadi. Natijada byudjet defitsiti kamaytirilib, talab kamayadi va inflyasiya darajasi ozgina bo‘lsa-da pasayadi. Bu siyosatning salbiy jihati shuki, iqtisodga sarmoya kiritish va ishlab chiqarish hajmining qisqarishi iqtisodiy turg‘unlik va ishsizlik darajasining o‘sishiga zamin yaratadi. 2. Kredit, narx va ish haqi hajmlarining nazorat qilinishi. Bu usul bilan pul oqimi nazorat qilinadi va davlat byudjetidagi pul tanqisligi minimal darajaga tushiriladi. Bu kabi ma’muriy choralar natijasida ish haqining kamayishi va ish o‘rinlarining qisqarishi, aholining davlatga bo‘lgan ishonchini susaytirishi va unga nisbatan norozilik kayfiyatini yuzaga keltirishi mumkin. 3. Pul-kredit munosabatini nazorat qilish. Odatda, bu siyosatni davlatdan mustaqil bo‘lgan Markaziy Bank amalga oshiradi. Markaziy bank muomaladagi naqd pul miqdorini nazorat qiladi va o‘zgartiradi hamda kredit foiz stavkalarini belgilab beradi. Bu usulning ham o‘z ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Har bir davlat o‘z iqtisodi bilan inflyasiyaga muammosiga qarshi turlicha kurash olib boradi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling