Infilyatsiya va unga qarshi kurashish yo’llari
Oʻzbekistondagi inflyatsiya koʻrsatkichlari
Download 0.79 Mb.
|
jamoliddin infilyatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat!
Oʻzbekistondagi inflyatsiya koʻrsatkichlari
O‘tgan yilda iste’mol narxlari indeksi regulyator prognoz qilgan koʻrsatkichga mos keldi. 2022-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 12,3%ni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi. Xususan, iste’mol narxlari indeksi Markaziy bank tomonidan prognoz qilingan 12−12,5%ga mos keladi. Bunga mavjud inflyatsion jarayonlar, pul-kredit sharoitlari, import inflyatsiyasi ta’sirining saqlanib qolishi va yuqori noaniqliklar sharoiti ta’sir qilishi ta’kidlangandi. O‘tgan yilning dekabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,2%ga oshdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilning dekabr oyida ham mos raqamlarni qayd etgandi. Taqqoslash uchun, 2020-yilning dekabr oyida bu ko‘rsatkich 1,5%ni, 2019-yil dekabrida 1,6%ni tashkil qilgan. O‘tgan yilning dekabr oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egalladi hamda ularning narxlari o‘rtacha 1,7%ga oshdi. Shuningdek, nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,8%ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish 1,1%ga oshgan. Yil boshida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar ko‘rsatkichi o‘rtacha 0,9%ga qimmatlashgandi. Noyabr oyiga kelib esa ko‘rsatkich 1,3%ni tashkil etdi. Bundan tashqari, 2022-yil boshida yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksi darajasi 9,8%ga yetgandi. Regulyator 2023-yil uchun bazaviy ssenariy doirasida 8,5−9,5%gacha pasayishni prognoz qildi. Ekspertlar fikricha, O‘zbekistondagi inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri savdo hamkori bo’lgan mamlakatlardagi inflyatsiya hisoblanadi. Negaki import inflatsiyasining o‘sishi asosiy inflatsiyaning taxminan 38%ni ifodalaydi. Qolaversa, aholining kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari 15,3%ni, tadbirkorlarniki esa 14,3%ni tashkil etdi E’tiboringiz uchun rahmat! Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling